Xitoy manbalaridan bu davlatning Qang‘yuy deb atalgani ma’lum. Mil. avv. III asrda unga saklar asos solishgan. Qadimshunoslarning aniqlashicha, Toshkent vohasida miloddan avvalgi III asrda asos solingan, Qanqa – Qang‘xa shahar-qal’asi saklarning o‘sha kezlardagi poytaxti Qang‘dez bo‘lgan. Xitoy manbalarida bu shahar Bityan deb atalgan. Qang‘ davlatining asosiy shaharlari Sirdaryo sohillari bo‘ylab joylashgan. Miloddan avvalgi II asr oxirida Qang‘ qudratli davlat birlashmasiga aylanadi. U ning hu kmdorlari o‘z nomidan tangalar zarb qildir ganlar. Davlatning madaniy markazlaridan biri Toshkent vohasi edi. Ayni shu hududda o‘troq ziroatchilik va hunarmandchilik madaniyati v ujudga kelgan. Uning hududidan Buyuk Ipak yo‘lining shimoliy tarmog‘i o‘tganligi davlat iqtisodining gullab-yashna shi ga imkon yaratdi. Lekin ayni shu hol ko‘chmanchi qabilalar bilan u rushlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Bu urushlarda qang‘arlar (Qang‘ davlati aholisini shunday atashgan) ko‘pincha g‘olib chiqar edilar. Milodiy III asrda Qang‘ davlati parchalanib ketdi.