O’zbekiston tarixi 7-sinf



Download 1,2 Mb.
bet52/122
Sana23.06.2022
Hajmi1,2 Mb.
#694089
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   122
Bog'liq
KONSPEKT 7SINF OZB TARIX SONGGI

III.Yangi mavzu bayoni:

962-963-yillarda G‘azna viloyatini Alptegin noib va lashkar amiri sifatida boshqargan. U G‘azna va Qobul viloyatlarini musta­qil idora etishga intilib, G‘aznaviylar davlatiga asos solgan. Mazkur yosh turkiy davlatning poytaxti G‘azna shahrida qaror topgan. G‘aznaviylarning siyosiy nufuzi Sobuqtegin davrida (977-997) ortib, somoniylar tomonidan e’tirof etilgan. Mah­mud G‘aznaviy davrida (997-1030) esa uning hududi kenga­yib, Sharqning eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan. Davlat chegarasi g‘arbda Ray va Isfahon shaharlari, Kaspiy dengizi, shimoli g‘arbda Xorazm va Orol dengizigacha cho‘zilgan. Sharqda esa Shimoliy Hindistonning kattagina qismini o‘z ichiga olgan va Janubiy Balujistongacha yetgan edi. Somo­niylar sulolasi barham topgach, Mahmud G‘aznaviy Xuroson hududini, so‘ng Xorazm davlatini (1017) ham o‘z saltanatiga qo‘shib olgan.
G‘aznaviylar davlat tuzumi va boshqaruv tizimlari azaldan rivojlanib kelayotgan turkiy davlatchilik asosida qurilgan bo‘lsa-da, biroq u o‘ziga xos mahkamachilik xususiyatiga ega edi. Vazirlik tizimida harbiy, elchilik va rasmiy tadbirlar, moliya kabi hamda xabar-pochta devonlar faoliyat ko‘rsatgan. Viloyat hukmdori voliy, shahar hokimi rais deb yuritilgan. Viloyatda boshqaruv ishlari amid, shaharlarda esa kutvol tomonidan amalga oshirilgan. Davlat qudratli qo‘shinga ega edi. Bosh qo‘mondon - sipohsolor, lashkarboshi - solor, harbiy qismlar boshlig‘i esa sarxang deb atalgan. Qo‘shinda harbiy kemalar (daryo va dengiz floti) ham mavjud bo‘lgan.
G‘aznaviylar davlatida ilm-fan va madaniyat, xususan, adabiyot rivojlangan. Mahmud G‘aznaviy turkiy ona tili bi­lan bir qatorda fors, arab va pahlaviy tillarini ham mukammal bilgan, she’r bitgan. Poytaxt saroyida 400 dan ortiq olim, shoir va san’atkorlar ijod qilgan. Abu Rayhon Beruniy, Nosir Xusrav, Gardiyziy va Bayhaqiy kabi buyuk mutafakkirlar G‘aznada yashaganlar. Beruniy «Qonuni Ma’sudiy», Bayhaqiy «Tarixi Ma’sudiy» asarlarini sulton Ma’sudga bag‘ishlaganlar. Abul Qosim Firdavsiy mashhur «Shohnoma» dostonini Mahmud G‘aznaviyga taqdim etgan. G‘aznaviylar davlatida qurilish va me’morchilikka ham jiddiy e’tibor berilgan. G‘azna, Balx, Nishopur, Lohur va boshqa shaharlarda ko‘plab madrasalar, masjid, xonaqoh va saroylar bino qilinib, kutubxonalar faoliyat ko‘rsatgan. Bog‘-u chorbog‘lar barpo etilib, xususan poytaxt G‘azna shahri gullab-yashnagan.
Atamalarni o’rganing:

  1. Viloyat hukmdori- voliy,

  2. Shahar hokimi –rais

  3. Bosh qo‘mondon - sipohsolor,

  4. Lashkarboshi - solor,

  5. Harbiy qismlar boshlig‘i - sarxang


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish