II. O’tgan mavzuni so’rash: 1.Mahmud G'aznaviy davrida G'aznaviylar davlatining hududi kengayib, davlat chegarasi shimoliy g'arbda qaysi hududgacha yetgan edi?
A.Ray va Isfahon shaharlarigacha B.Kaspiy dengizigacha
C.Shimoliy Hindistonning katta qismini egallagan edi D.Xorazm va Orol dengizigacha
2.Mahmud G'aznaviy davrida G'aznaviylar davlatining hududi kengayib, davlat chegarasi sharqda qaysi hududgacha yetgan edi?
A.Ray va Isfahon shaharlarigacha B.Kaspiy dengizigacha
C.Shimoliy Hindistonning katta qismini egallagan edi D.Xorazm va Orol dengizigacha
3.Mas'ud G'aznaviy hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.
A.997-1030-yillar B.1030-1041 -yillar C.1017- 1030-yillar D.976-997-yillar
4.Qachon G'aznaviylar davlati butunlay tugatilgan edi?
A.1041-yil B.1186-yil C.1146-yil D.1086-yil
5.Sulton Mas'udga bag'ishlangan asarlarni aniqlang.
A."Qonuni Mas'udiy", "Tarixi Mas'udiy" B."Qonuni Mas'udiy", "Tarixi Rashidiy"
C."Shohnoma", "Qonuni Mas'udiy", "Tarixi Mas"udiy" D.Barchasi to'g'ri
6.G'aznaviylar davlatida viloyatda boshqaruv ishlari kim tomonidan amalga oshirilgan?
A.voliy B.rais C.amid D.kutvol
7.G'aznaviylar davlatida harbiy qismlar boshlig'i ... deb atalgan.
A.sipohsolor B.sarxang C.solor D. sayyid
III.Yangi mavzu bayoni: 992-yilda Horun Bug‘roxon boshliq qoraxoniylar Movarounnahrga tomon ujum boshlaydilar. Bu davrda somoniylar sulolasi chuqur ichki ziddiyatlar girdobiga tushib qolgan edi. Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg‘ol qiladilar. Nuh ibn Mansur qoraxoniylarga qarshi kurashish uchun G‘aznadagi noibi Sobuqteginni yordamga chaqiradi. U yigirma ming kishili qo‘shin bilan Movarounnahrga yetib keladi. Nuh bilan birlashib, bir necha janglardan so‘ng qoraxoniylar noibi qo‘shinlari tor-mor qilinadi. Buning evaziga Nuh Sobuqteginni Xurosonning noibi etib tayinlaydi. Natijada G‘azna va Xurosonda Sobuqtegin va o‘g‘li Mahmudning siyosiy hukmronligi mustahkamlanadi. 996-yilda qoraxoniylar Movarounnahr tomon yana hujum boshlaydilar. Shunday og‘ir bir sharoitda xiyonat ro‘y beradi. Ya’ni Sobuqtegin qo‘shini Buxoroni egallaydi. So‘ngra u qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ular o‘rtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qo‘liga o‘tadi. Sobuqtegin esa Amudaryodan janubdagi yerlarga, shu jumladan, Xurosonda hukmdor bo‘lib oladi. Somoniylarga Movarounnahrning markaziy qismigina beriladi, xolos. Biroq ko‘p vaqt o‘tmay, 999-yilda Buxoroning Nasr Eloqxon boshchiligida qoraxoniylar tomonidan zabt etilishi bilan somoniylar hukmronligi batamom barham topdi. Qoraxoniylar endi Xurosonni ham o‘z davlatiga qo‘shib olish uchun harakat qiladilar. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay qoraxoniylar va g‘aznaviylar o‘rtasida shid- datli urushlar boshlanadi. 1006- va 1008-yillarda qoraxoniylar Xuroson ustiga ikki marta qo‘shin tortadilar. Lekin Mahmud G‘aznaviy qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni o‘z davlati tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq bo‘ladi. Bu davrda saljuqiylar g‘aznaviylarga xavf sola boshlaydi. Saljuqiylar bilan jiddiy kurash boshlanadi. Bundan foydalangan qoraxoniylarning mahalliy hukmdori «bug‘roxon» unvonini olgan. Ibrohim Bo‘ritegin 1038-yilda Amudaryo bo‘yi viloyatlari-Xuttalon, Vaxsh va Chag‘oniyonni g‘aznaviylardan tortib oladi. Ko‘p vaqt o‘tmay, u Movarounnahrni va Farg‘onani o‘ziga bo‘ysundirib, mustaqil siyosat yurita boshlaydi. Natijada qoraxoniylar ikki mustaqil davlatga ajralib ketadi. Biri poytaxti Bolosog‘unda bo‘lgan Sharqiy qoraxoniylar, ikkinchisi markazi Samarqandda bo‘lgan Movarounnahrdagi Qoraxoniylar davlati edi. Qoraxoniy hukmdorlari garchi bu davrda hali o‘troq hayotga ko‘chmagan bo‘lsalar ham, dehqonchilik vohalari va shaharlarning madaniy ahamiyatini yaxshi anglar edilar. Ular Bolasog‘un, Qoshg‘ar, Taroz, O‘zgan, Samarqand va Buxoro kabi shaharlarni davlat yoki viloyat poytaxtiga aylantirib, shaharlar bilan aloqa bog‘lashga harakat qiladilar. Siyosiy jihatdan tobora zaiflashib borayotgan Qoraxoniylar davlati o‘zining avvalgi mavqeyini yo‘qotib, saljuqiylar tazyiqiga uchraydi va unga qaram bo‘lib qoladi. XII asrning 30-yillari oxiriga kelganda Qoraxoniylar davlati sharqdan kelgan yangi istilochilar-ko‘chmanchi qoraxitoylar (mo‘g‘ullarga mansub qabila) hujumiga duchor bo‘ldi. Go‘rxon Bolosog‘un shahrini Qoraxitoylar davlatining poytaxtiga aylantirgan. Yettisuvga joylashib olgan qoraxitoylar tez orada Sirdaryoning o‘rta oqimiga tomon yurish boshlaydilar. Ularning jangovar qo‘shinlari avval Shosh va Farg‘onaga, so‘ngra Zarafshon va Qashqadaryo viloyatiga bostirib kiradi. 1137-yilda ular Xo‘jand shahri yaqinida qoraxoniylarning eloqxoni Mahmudga qaqshatqich zarba beradilar. O‘zaro sulh tuzilib, qoraxoniylardan katta tovon olingach, o‘z yurtlariga qaytib ketadilar. Lekin sulh uzoqqa cho‘zilmaydi. Oradan to‘rt yil o‘tgach qoraxitoylar yana Movarounnahrga yurish qiladilar. 1141-yilda bo‘lib o‘tgan jangda qoraxitoylar g‘alaba qozonadi. Oqibatda Qoraxoniylar davlati tugatiladi.