Xolding kompaniyalari - korporatsiya shakllaridan biri. Xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlari “aksiyalarining nazorat paketi" kompaniyaning ixtiyorida bo’ladi. Bundan maqsad yagona tarmoq va ilmiy-texnikaviy siyosat yurgizish, umumiy manfaatlar yo’lida aksionerlik jamiyatlari faoliyatlari ustidan nazorat o’rnatish va dividendlar ko’rinishida fоyda olishdir. Xolding kompaniyasiga misol tariqasida mamlakatimizda tashkil etilgan 15 ta qishloq xo’jalik mashinasozlik korxonalarini birlashtirgan "O’zqishloqxo’jalikmash-xolding", "O’zmevasabzavotuzumsanoat-xolding" va "O’zbekneftgaz" Milliy xolding kompaniyalarini kiritish mumkin. Shuningdek, "O’zbekyengilsanoat" kompaniyasi, "O’zqurilishmaterial" davlat aksiyadorlik kompaniyalari hаm faoliyat ko’rsatmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |