O’zbekiston taraqqiyotida axborot-kommunikatsiya sohasining tutgan o’rni va ahamiyati ulkandir. Aloqa vositalari orqali uzatiladigan axborot jamiyat rivojining eng muhim shartlaridan biri bo’lib qoldi



Download 143,38 Kb.
bet1/6
Sana01.07.2022
Hajmi143,38 Kb.
#723153
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi 210422081755


SO’Z BOSHI
“Innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish – O’zbekiston uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo’lidir”, “Bu o’rinda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, xalqaro sifat standartlariga o’tish bo’yicha qabul qilingan tarmoq dasturlarini amalga oshirishni tezlashtirish vazifasi qo’yilmoqda. O’z navbatida, bu mamlakatimizning ham tashqi, ham ichki bozorda barqaror mavqega ega bo’lishini ta’minlash imkonini beradi” deb ta’kidlanadi O’zbekiston Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimovning “Jahon moliyaviy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” deb nomlangan asarida [1]. 
O’zbekiston taraqqiyotida axborot-kommunikatsiya sohasining tutgan o’rni va ahamiyati ulkandir. Aloqa vositalari orqali uzatiladigan axborot jamiyat rivojining eng muhim shartlaridan biri bo’lib qoldi. U ishlab chiqarish resursi, insonlar orasidagi aloqaning ta’minlovchi qudratli vosita bo’lib hisoblanadi. Shu sababli xalq xo’jaligi va jamiyatning axborot uzatish tezligi hamda sifatiga bo’lgan talablari ham o’sib bormoqda.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining axborot-kommunikatsiya tarmoqlari va vositalari – bu mamlakat iqtisodiyotida alohida muhim ahamiyatga molik, takomillashib borayotgan kompleksdir. Bu o’rinda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish masalalari ham muhim o’rin egallaydi.
Aloqa sohasining keyingi rivoji borgan sari yangi, yuqori chastotalar diapazonini o’zlashtirish yo’lidan bormoqda. O’ta qisqa to’lqin diapazonidan foydalanib radiokanalni tashkil etish uchun keng chastotalar polosasini talab etadigan modulyatsiya­ning yangi turlari, xususan, chastotaviy modulyatsiyalashning tarqalishiga olib keldi. Modulyatsiya yangi turlarining va tegishli o’lchash vositalarining parametrlarini o’lchash zarurati yuzaga keldi. Bu bilan yonma-yon ravishda chastotaviy zichlanishli ko’p kanalli optik aloqa tizimlari rivojlandi. Bu tizim­larning o’ziga xos xususiyatlariga asosan ularni qurish va ishlatish jarayonida sozlash uchun maxsus o’lchash vosita­larigina emas, balki yangi atamashunoslik ham paydo bo’ldi.
Elektr kabellar va tolali optik kabel­lar bo’yicha tashkil etiladigan hozirgi zamon raqamli uza­tish tizimlarining, shuningdek, mobil aloqa tizi­mi­ning paydo bo’lishi o’lchash vositalarini rivojlanishida muammolarni, ya’ni «metrologiya ta’minoti» muammosini yuzaga keltirdi. Yangi tipdagi parametrlar, xususan, «djitter» yoki «vander» kabi atamalar kirib keldiki, endi bularni ona tilimizda shu holda qabul qilib ishlashga to’g’ri keldi. Ularni o’lchash uchun tegishli asboblar ham yaratildi.
Raqamli aloqa tizimlari paydo bo’lishi bilan, yangi, umuman aytganda fizik kattaliklarga taalluqli bo’lmagan o’lchash masalalari paydo bo’ldi. Jumladan, masalan, xato­liklar koeffitsienti o’lchagichi ma’lum vaqt intervalida xato qabul qilingan simvollar sonini qabul qilingan simvollar soniga nisbatini o’lchash uchun mo’ljallangan bo’lib, fizik kattalik emas (bunday etalon yo’q), biroq mazkur parametr raqamli uzatish tizimi ishlash sifatini belgilovchi asosiy parametrlardan biri. Shunday o’lchash vositalari jumlasiga axborotni, signallarni paketli uzatishda apparaturaning to’g’ri ishlashini nazorat qilish uchun mo’ljallangan ko’p sonli «protokollar tahlilla­gichlari»ni ham kiritish mumkin.
An’anaviy o’lchash vositalari ro’yxati ham kengaydi, masalan, o’lchov signallari generatorlari oilasi psevdotaso­difiy ketma-ketliklar generatori bilan, turli tahlilla­gich­lar oilasi logik holatlar tahlillagichi bilan boyidi.

Download 143,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish