Yuqorida qayl etilganidek, androgenlar oqsil sintezini kuchaytiradilar, ya'ni anabolik faollikga
egadirlar. Bu skelet mushaklari, qator parenximatoz a'zolar, suyak to‘qimasi vaznini ortishida namoyon
bo‘ladi. Tananing umumiy vazni bunda ortib ketadi. Organizmdan azot, fosfor va kalsiyning ajralishi
sekinlashadi. Erkaklar jinsiy bezlari gormon preparatlarining androgenlik faolligi ularning anabolik
ta'siridan foydalanishni cheklaydi. Shu sababli and-rogen faolligi kuchsiz anabolik xossalari ortiqroq
bo‘lgan sintetik vositalar yaratilgan. Ular steroid brikmalardir. Ushbu brikmalarning asosiy biologik
ta'siridan va tuzilishidan kelib chiqqan xolda ularni anabolik steroidlar deb atashgan. Ushbu preparatlar
44
faolligini biologik yo‘l bilan aniqlash mumkin. Ushbu uslublardan biri axta qilingan kalamushlarning
m. levator ani massasini ortishini aniqlashga asoslangan. Tabobat amaliyotida qator anabolik steroidlar
qo‘llaniladi. Faol va davomli ta'sir ko‘rsatuvchi preparatlarga fenobolin (nandrolon fenilpropionat,
durabolin, nerobolil) va retabolil (nandrolon, dekanoat, dekadurabolin) mansubdir. Fenobolin 7-15 kun,
retabolil – 3 xafta ta'sir ko‘rsatadi. Ularning ta'siri asta sekin rivojlanadi (fenobolinniki 1-2 kundan
keyin, retabolilniki 2-3 kundan keyin). Preparatlarning yog‘li eritmalari mushakga kiritiladi.
Metandrostenolon (dianabol, nerobol) davomsiz ta'sir ko‘rsatadi. Uni tabletkalar ko‘rinishida 1 kunda 1-
2 marta beriladi Boshqa anabolik steroidlar – oksandrolon, stanozol, etilestrenol, silabolin xam
sintezlangan. Anabolik steroidlar oqsil sinteziga imkoniyat tug‘diradilar. Ularni qo‘llaganda ishtaxa
yaxshilanadi, tana vaz-ni ortadi. Osteoporozda suyaklarning kalsifikatsiyasi tezlashadi. Ushbu moddalar
regeneratsiya jarayoniga ijobiy ta'sir etadilar. Anabolik steroidlarni kaxeksiya, asteniya,
glyukokortikoidlarni davomli qo‘llaganda, nur bilan davolashdan so‘ng, osteoporozda, regeneratsiya
jarayonlarini kuchaytirish uchun (masalan suyaklar singanda) qo‘llaniladi. Qayd etilgan preparatlarni
qo‘llaganda ularning gormonal faolliklari bilan bog‘liq bo‘lgan noxush ta'sirlarni rivojlanishi mumkin.
Ayollarda maskulinizatsiyalovchi ta'sirot odatda kamroq darajada namoyon bo‘ladi. Ko‘ngil aynash,
shishlar, suyaklarda ortiqcha kalsiy to‘planishi, ba'zan jigar funksiyasining buzilishi mumkin. Anabolik
steroidlarni xomiladorlik, emizish davrida, prostata bezining raki, jigar xastaliklarida qo‘llash
taqiqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: