Kurs ishining ob’ekti: O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari haqida keng yoritib berish.
Kurs ishining maqsadi: O‘zbekistоn sоg‘liqni saqlash sohasidagi o‘zagarishlar hamda O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish
Kurs ishining vazifalari:
O‘zbekistоn sоg‘liqni saqlash sоhasidagi yangi qоnun va qarоrlarning ishlab chiqilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida;
O‘zbеkiston rеspublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining aholi sog‘lig‘ini saqlashning gigiеnik asoslarini mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan tadbirlari va qarorlari;
Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar;
Tizimdagi islohotlarning yangi ustuvor yoʻnalishlari;
Kurs ishining tarkibi: Kurs ishi tarkibi Kirish, 2 ta bob, 5 ta bo‘lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat
I.BOB. O‘ZBEKISTОN SОG‘LIQNI SAQLASH SOHASIDAGI O‘ZAGARISHLAR 1.1. O‘zbekistоn sоg‘liqni saqlash sоhasidagi yangi qоnun va qarоrlarning ishlab chiqilishi
Xususiy tibbiyotni rivojlantirish ham bugungi tibbiy-ijtimoiy islohotlarning muhim yoʻnalishidir. Xususiy tibbiyot muassasalarini rivojlantirish boʻyicha sezilarli ishlar amalga oshirilib, bugungi kunda mamlakatimizda 5 mingdan ziyod xususiy klinikalar faoliyat yuritayapti. Joriy yilning oʻtgan olti oyida mamlakatimiz boʻyicha 434 ta yangi xususiy tibbiyot muassasalari tashkil etildi. Shundan 18 ta loyiha chet el investitsiyasi ishtirokida amalga oshirildi.
Ayni paytda tibbiyot tizimini yanada takomillashtirish, sogʻliqni saqlash sohasiga investitsiyalar oqimini koʻpaytirish, investorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida sogʻliqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik tizimi joriy etilmoqda.
Eʼtiborli jihati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 16-apreldagi “Sogʻliqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori tibbiyot sohasida yangi davrni boshlab berdi. Ushbu hujjat davlat hamda xususiy sektorlarning birgalikda ishlashi, investorlarning yurtimiz hududida, davlat sektorida faol ish yuritishi uchun huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi. Endilikda investorlar oʻzlariga qulay boʻlgan muhitda, oʻzlari istagan davlat tibbiyot muassasalariga investitsiya kiritish imkoniyatiga ega.
Aholi salomatligini asrashda muhim tuzilma – shoshilinch tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish, faoliyat samaradorligi va tezkorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar takomillashib borayotir. Bunda Prezidentimizning 2018-yil 16-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etdi.
Soʻnggi ikki yil ichida tez tibbiy yordam xizmatining maxsus sanitar avtotransport parki qariyb 1500 ta yangi avtomashinalarni harid qilish evaziga batamom yangilanib, ularning umumiy soni 2400 ga yetkazildi. Natijada, tizimning maxsus avtotransportga boʻlgan talabi mamlakatimiz tarixida birinchi marta toʻliq qoplandi. Tez tibbiy yordam mashinalarining 10 foizini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan, xorijda ishlab chiqarilgan reanimobillar tashkil etmoqda. Natijada tez tibbiy yordam xizmati xalqaro mezonlar darajasiga koʻtarildi.
Birgina joriy yilning 9 oyida shoshilinch tibbiy yordam xizmatiga jami 10 million 700 mingga yaqin bemor murojaat qilgan, shulardan qariyb 7 million 800 ming nafari 103 tez tibbiy xizmati boʻyicha, 2 900 mingga yaqin bemor esa statsionar muassasalarga murojaat etishgan. Ulardan 2 200 mingga yaqiniga ambulator va 700 mingdan ziyodiga esa statsionar yordam koʻrsatilgan.
Bundan tashqari, aholi chaqiruvlarini avtomatik belgilash kabi muhim vazifalarni bajarish maqsadida tez tibbiy yordam boshqarmasining avtomatlashtirilgan tizimini yaratish, Sall-markazlarni xalqaro talablarga koʻra toʻliq jihozlash, tibbiyot xodimlari yetib kelgunga qadar va shifoxonagacha boʻlgan bosqichda tibbiy yordamni takomillashtirish bilan bogʻliq muhim chora-tadbirlar amalga oshirilayapti.
Yurtimizda tibbiyotning jadallik bilan rivojlanayotganini shu vaktgacha jazm etilmagan oʻta murakkab va noyob operatsiyalar oʻzimizda muvaffakkiyatli amalga oshirila boshlanida ham koʻirsh mumkin. Bu borada soʻnggi yillarda muhim loyihalar amalga oshirilayapti. Xorijdagi tibbiy klinikalar bilan hamkorlikda qator xususiy tibbiyot muassasalari tashkil etilmoqda. Shu bilan birga, davlat tibbiyot muassasalari faoliyati ham zamon talabidan kelib chiqib takomillashayapti.
Hozirda mamlakatimizda xirurgiya, kardiologiya, koʻz mikroxirurgiyasi, urologiya, endokrinologiya, onkologiya, nevrologiya, allergologiya kabi ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari soni 16 taga yetdi. Shuningdek, tumanlarda 306 ta ixtisoslashgan boʻlimlar, viloyat markazlarida respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining 10 ta filiali tashkil qilindi.
Quvonarlisi, joriy yilning oʻtgan olti oyi davomida Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan hududlarda 53,8 mingdan ortiq aholi tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi, 1358 ta operativ muolajalar bajarildi, shulardan 775 tasi yuqori texnologiyali operatsiyalardir. Natijada yuqori texnologiyali operatsiyalar ulushi 57 foizga yetdi. Yangi diagnostik usullar soni 144 tani va yangi davolash usullari 208 tani tashkil qildi.
Shu oʻrinda ayrim misollarga toʻxtalib oʻtsak. Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida buyrak koʻchirib oʻtkazish boʻyicha operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarib kelinmoqda. Shuningdek, Respublika Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti olimlari jahon tibbiyotining ilgʻor yoʻnalishi — oʻzak hujayra transplantatsiyasini oʻzlashtirib, hozirda uni muvaffaqiyatli yoʻlga qoʻydi. Oʻtgan yil Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida mamlakatimiz tibbiyoti tarixida birinchi marta jigarni koʻchirib oʻtkazish operatsiyasi yuqori natija bilan oʻtkazildi.
Darhaqiqat, zamonaviy tibbiyotni yuqori texnologiyalarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Shunga koʻra, transplantologiya rivojiga alohida eʼtibor qaratilmoqda va bu kelgusida ham davom etadi. Kelgusida mamlakatdamizda molekulyar va nuklear tibbiyot, robot yordamidagi operatsiyalar uchun uskunalar va davolashning boshqa yuqori texnologiyali jarrohlik usullarini joriy qilish ham koʻzlanmoqda.
Sogʻliqni saqlash rivoji yoʻlidagi ulkan maqsadlarni oʻz vaqtida roʻyobga chiqarish tibbiyot sohasida mehnat qilayotgan 70 ming nafardan ziyod shifokorlar va koʻp ming sonli oʻrta tibbiyot xodimlarining sharafli burchidir. Shu bois, xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun munosib sharoit yaratish va mehnatga yarasha haq toʻlash choralari koʻrilayapti.
Bizga esa ushbu eʼtiborga monand halol mehnat qilish, davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan zamonaviy tibbiy xizmatdan aholining barcha qatlamini bahramand etish va xalqimizni rozi qilish vazifasi yuklanmoqda. Ishonamizki, bunday masʼuliyatli vazifani uddalash uchun tibbiyotimizning ilmiy va amaliy salohiyati yetarli. Barchamiz bahamjihat boʻlib, imkoniyatlarni toʻliq ishga solib mehnat qilsak, “salomatlik posboni”, degan ulugʻ nomga munosib boʻlishga, xalqimizning ishonchi va mehrini qozonishga albatta erishamiz.
Fuqarоlar sоg‘ligini saqlash to‘g‘risida
1-mоdda. Fuqarоlar sоg‘ligini saqlash to‘g‘risidagi qоnun va хujjatlari. Fuqarоlar sоg‘ligini saqlash to‘g‘risidagi qоnun хujjatlari ushbu Qоnun hamda bоshqa kоnun хujjatlaridan ibоrat.
Qоraqalpоg‘istоn Respublikasida fuqarоlarning sоg‘ligini saqlash sоhasidagi хuquqiy munоsabatlar Qоraqоlpоg‘istоn Respublikasining qоnun хujjatlari bilan ham tartibga sоlinadi.
Basharti хalqarо shartnоmada fuqarоlarning sоg‘ligini saqlash to‘g‘risidagi qоnun хujjatlaridagidan o‘zgacha qоidalar belgilangan bo‘lsa, u хоlda хalqarо shartnоma qоidalari qo‘llaniladi.
2-mоdda. Fuqarоlar sоg‘linin saqlash to‘g‘risidagi qоnun хuj-jatlarining asоsiy vazifalari.
Fuqarоlarning sоg‘liqni saqlashga dоir хuquqlari davlat tоmоnidan kafоlatlanishi ta’minlanishi; fuqarоlar sоg‘lоm turmush tarzini shakllantirish; davlat оrganlari kоrхоnalar, muassasalar, tashkilоtlar jamоat birlashmalarining fuqarоlari, sоg‘liqni saqlash sоhasidagi faоliyatini хuquqiy jihatdan tartibga sоlish.
3-mоdda. Fuqarоlar sоg‘ligini saqlashning asоsiy principlari.
Fuqarоlar sоg‘ligini saqlashning asоsiy principlari quyidagilardan ibоrat: sоg‘liqni saqlash sоhasida insоn хuquqlariga riоya qilinishi; ahоlining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan baхramand bo‘la оlishi; prоfilaktika chоra-tadbirlarining ustunligi chоra-tadbirlarning ustunligi; sоg‘ligini yo‘kоtgan taqdirda fuqarоlarning ijtimоiy himоya qilinishi; tibbiyot fanining amaliyot bilan birligi.
II. Fuqarоlarning sоg‘ligini huquqkiy jihatdan
muхоfaza qilish.
13-mоdda. Fuqarоlarning sоg‘liqni saqlash huquqi.
O‘zbekistоn Respublikasi fuqarоlari sоg‘liqni saqlash bоrasida dahlsiz huquqqa egadirlar. Davlat yoshi, jinsi, millati, tili, dinga munоsabati ijtimоiy kelib chikishi e’tiqоdi shaхsiy va ijtimоiy mavqeidan qat’iy nazar fuqarоlarning sоg‘ligini saqlashni ta’minlaydi. Davlat fuqarоlarda kasalliklarning har qanday shakllari bоrligidan qat’iy nazar ularning kamsitishlaridan himоya qilinishi kafоlatlaydi. Ushbu qоidalarni buzishda aybdоr shaхslar qоnunda belgilangan tartibda javоbgar bo‘ladilar.
15-mоdda. Fuqarоlarning sоg‘likka ta’sir etuvchi оmillar haqida aхbоrоt оlish huquqi.
Fuqarоlar sоg‘likka ta’sir etuvchi оmillar haqida shu jumladan yashash хududining sanitariya-epidemiоlоgik jihatdan хоtirjamligi to‘g‘risida, оvqatlanishining оqilоna nоrmalari хususida tоvarlar, ishlar, хizmatlar ularning хavfizligi, sanitariya nоrmalari va qоidalariga muvоfiqligi to‘g‘risida o‘z vaqtida va aniq aхbоrоt оlish huquqiga ega.
1.2. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash sohasini moliyalashtirish tizimining tahlili
Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishning samarali tizimini joriy etish, tibbiy xizmatlar bozorida zamonaviy raqobat muhitini yaratish, xususiy tibbiyot tashkilotlari faoliyatini yana-da qo‘llab-quvvatlash, shu asosda aholining kafolatlangan va sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsad qilingan.
Prezidentning “Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish tizimining samaradorligini oshirish va tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida bozor mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.
2020–2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish strategiyasi tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda shakllantirilgan:
2021 yil 1 yanvardan boshlab byudjet hisobidan saqlanadigan koykalar fondi buyurtma asosida moliyalashtiriladigan tibbiyot muassasalari ro‘yxati;
2021–2022 yillarda masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga qayta tashkil etilgan holda, davlat ulushlari auksion savdolari orqali xususiy investorlarga tibbiy faoliyatni amalga oshirish sharti bilan sotiladigan tibbiyot muassasalari ro‘yxati;
2021–2023 yillarda tibbiy faoliyatni amalga oshirish yoki uni tashkil etish sohasida amaliy tajribaga ega tadbirkorlik subyektlariga davlat-xususiy sheriklik asosida ishonchli boshqaruvga beriladigan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari ro‘yxati maʼqullanadi.
Belgilanishicha, davlat mulki obyektlarini sotishdan tushadigan mablag‘lar, istisno tariqasida, qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasiga qoldiriladigan mablag‘lar, shuningdek, baholovchi tashkilot va savdo tashkilotchisi xizmatlari uchun xarajatlar chegirilgan holda, Sog‘liqni saqlash vazirligining Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi va sog‘liqni saqlash tizimining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun maqsadli sarflanadi.
Ushbu band bilan bog‘liq chora-tadbirlarni o‘z vaqtida
va samarali amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbarlari shaxsan javobgar ekanligi belgilab qo‘yiladi.
Belgilab qo‘yilishicha, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab:
a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga ayrim tibbiy yordam turlarini davlat va xususiy tibbiyot tashkilotlarida olish huquqini beruvchi tibbiy yo‘llanmalar joriy etiladi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun yo‘llanma (order) olishning quyidagi tartibi o‘rnatiladi:
bemor yashash joyi bo‘yicha qishloq vrachlik punkti yoki oilaviy poliklinikaning yo‘llanmasi va boshqa zarur hujjatlarni tegishli tibbiyot birlashmasining markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga sog‘liqni saqlash milliy integratsiyalashgan axborot tizimi (SSMIAT) orqali yuboradi;
tuman (shahar) markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalari bemorning tibbiy hujjatlarini ko‘rib chiqish va uni, zarur hollarda, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalarini, shuningdek, ular bo‘yicha tuzilgan xulosani bemor murojaat qilgan kundan eʼtiboran ikki ish kunidan kechiktirmay SSMIATga kiritadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiyot tashkilotlari tuman (shahar) tibbiyot tashkilotlari tomonidan yagona integratsiyalashgan axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlar asosida bemor murojaatidan so‘ng ikki ish kuni ichida, zarur hollarda, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi va unga yo‘llanma (order) beradi yoxud ularni olish uchun SSMIAT orqali navbatga qo‘yadi.
Bunda, bemorlar o‘z so‘rovlariga ko‘ra murojaatining ko‘rib chiqilishi holati hamda yo‘llanma (order) olish yoxud bepul davolanish uchun navbati haqidagi axborotni real vaqt rejimida elektron shaxsiy kabinet orqali, shuningdek, qisqa xabar (SMS) ko‘rinishida olish tizimi yaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxati tasdiqlanadi.
Belgilab qo‘yilishicha:
ushbu bandda nazarda tutilgan ro‘yxatga muvofiq imtiyozli toifadagi shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat turlari va hajmlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi;
kam taʼminlangan oilalarga mansub shaxslar toifasiga kiruvchi fuqarolar 2021 yil 1 yanvardan respublikaning barcha hududlarida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga muvofiq aniqlanadi.
Tibbiy xizmat bo‘yicha bemorlarning elektron navbatini tashkil etgan davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalariga beg‘araz yordam doirasida kelgan tibbiy texnika va jihozlardan, agar O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, pullik tibbiy xizmatlarni tashkil etishda foydalanishga ruxsat beriladi.
2021 yil 1 martdan boshlab tibbiy faoliyatni litsenziyalashning quyidagilarni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:
tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berish haqidagi arizani umumiy tartibda ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish muddati amaldagi 20 kundan 15 kungacha qisqartiriladi;
tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlari buzilgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishi faqat bunday buzilishlarga yo‘l qo‘yilgan tibbiy ixtisoslik turi qismida tugatiladi (to‘xtatiladi) va litsenziya amaldagi boshqa tibbiy ixtisoslik turlari qismida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtiriladi;
qo‘shimcha tibbiy ixtisoslik turiga yoki tashkilot filialiga litsenziya olishda, litsenziya talabgorining xohishiga ko‘ra, uning litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini o‘rganish faqat so‘ralayotgan tibbiy ixtisoslik turi hamda tashkilot filiali qismida o‘tkaziladi va ushbu ixtisoslik turiga (filialga) litsenziya belgilangan tartibda mavjud litsenziyaning amal qilish muddatiga beriladi. Bunda amaldagi litsenziya tegishli qo‘shimchalar kiritilgan holda qayta rasmiylashtiriladi.
2020 yil 1 noyabrdan boshlab Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forumning (IAF) to‘laqonli aʼzosi bo‘lgan organlar tomonidan “Oziq-ovqat va dori vositalari boshqarmasi” (FDA) va (yoki) “Yevropa muvofiqligi” (SE) xalqaro standartlari talablariga muvofiq sertifikatlangan tibbiy texnikalar O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishida ularning xavfsizligi, sifati va samaradorligini aniqlash maqsadida laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilmaydi va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun murojaat qilingan kundan eʼtiboran o‘n besh kundan kechiktirmay ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Belgilanishicha, nazarda tutilgan tartib ro‘yxatda keltirilgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tibbiy texnikalarga nisbatan tatbiq etiladi.
2021 yil 1 martdan boshlab belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shifokorlar ko‘rsatmalarini uy sharoitlarida bajarish va bemorlarni o‘z uylarida parvarish qilish – “hamshiralik ishi” faoliyatini amalga oshirish tartibi joriy etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 fevralga qadar hamshiralik ishi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq tartib-taomillarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |