O’zbekiston sanatoriyalari geografiyasi Mundarija kirish I bob. O’zbekiston sanatoriyalari haqida



Download 47,66 Kb.
bet5/6
Sana26.02.2022
Hajmi47,66 Kb.
#471095
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’zbekiston sanatoriyalari geografiyasi

Sanatoriy (lot. sano — davolayman, sogʻaytiraman) — davolashprofilaktika muassasasi Slarda tabiiy davolash omillari (iqlim, mineral suvlar, shifobaxsh balchiq va boshqalar) bilan bir qatorda davo badan tarbiyasi qoʻllaniladi, parhez ovkatlar beriladi, davo va dam olish tartibiga amal qilinadi. Sanoat korxonalariga yaqin joylarda ishchixizmatchilar uchun sanatoriyprofilaktoriylar tashkil qilinadi (qarang Profilaktoriy). Sanatoriyprofilaktoriylar korxona maʼmuriyati va kasaba uyushmalari nazoratida boʻladi. Oʻzbekiston S.larida iqlim, kuyosh, balneobalchiq bilan davolash, davolash fizkulturasi va terrenkurdan keng foydalaniladi. Slar kurortlarda va iqlimi, tabiati, sanitariyagigiyena shartsharoitlari qulay boʻlgan yerlarda (mahalliy S.) joylashadi. Bularga Shohimardon, Oqgosh, Chorvoq dam olish zonalari kiradi (qarang Kurort).
2.2. Mamlakatimizning ma`muriy-hududiy bo`linishi.
Yurtimiz aholisini oʻzi yashab turgan odatdagi iqlim sharoitlarida soiyumlashtirish uchun noyob tabiiy iqlim omillariga ega boʻlgan Slar bor. Bularga "Oqtosh", "Zomin", "Kosonsoy", "Miroqi" S.lari kiradi. Shuningdek, respublikada mineral suvlarning barcha turlarini oʻz ichiga olgan boy gidromineral resurslar mavjud. "Chimyon" Seida "Matsesta" suviga oʻxshash sulfidli (vodorod sulfidli) suv, "Chortoq", "Nihol" S.sida yod va brom miqdori yuqori boʻlgan yodbromli suv, "Chinobod", "Turon", "Boʻston", "Botanika", "Sitorai Mohi Xosa", "Kosonsoy" Slarida Saki, Yevpatoriya kurortlarining suvidan qolishmaydigan kam minerallashgan gidrokarbonat, natriy xloridli suv, "Abu Ali ibn Sino" S.sida tabiiy radionli suv bor. Bu shifobaxsh suvlardan bemorlar ichadilar, vanna (dush) qabul qiladilar va davo maqsadlarida foydalanadilar. Bu Slar hozirgi kun talabiga javob beradigan zamonaviy davolashdiagnostika bazasiga ega. Slarda davolashdiagnostika muolajalarini olib borish uchun malakali shifokorlar, tibbiy asbobuskunalar bilan jihozlangan xonalar va lablar mavjud. Oʻzbekistonda kattalar, bolalar va oilaviy Slar bor. Tibbiy yoʻnalishiga qarab Slar sil bilan ogʻrigan bemorlar uchun (bu Slarga yoʻllanma bepul), qon aylanish aʼzolari, ovqat hazm qilish aʼzolari, nafas olish aʼzolari kasalliklari, moddalar almashinuvining buzilishi, asab tizimi va tayanchharakat aʼzolari, endokrin kasalliklarini davolashga moʻljallangan boʻladi. Slar bir va koʻp profilli boʻlishi mumkin. Respublikamizdagi bir profilli Slarga "Umid gulshani" (ginekologik va andrologik); "Sitorai Mohi Xosa" (buyraktosh), "Oktosh", "Zomin" (nafas olish aʼzolari) kiradi.
Sanatoriykurortda davolash samaradorligi va natijalarning barqarorligi bemorlarni S. va kurortlarga toʻgʻri tanlab yuborishga bogʻliq. S.ga bemorlar davolashprofilaktika muassasalarida tibbiy koʻriqdan oʻtkazilib, keyin yuboriladi. Vrach bemorga sanatoriykurort kartasini toʻldirib beradi. S.ga, asosan, kasalliklarning boshlangʻich davrida, shuningdek, statsionarda davolashga ehtiyoji boʻlmagan surunkali kasalliklar bilan kasallangan hamda turli kasalliklar va operatsiyalarni boshidan kechirgan bemorlarni tuzalish bosqichida yuboriladi.
Bolalar S.lari surunkali kasalliklar rivojlanishining oldini olishda kasal bolalarni kompleks davolashning muhim tomonlaridan hisoblanadi. Bolalarni S.ga vrach koʻrsatmasiga muvofiq yuboriladi. Revmatizm, sil, tayanchharakat aʼzolari funksiyasining buzilishi, nafas aʼzolari, ovqat hazm qilish aʼzolari, buyrak, siydik chiqarish yoʻllari va moddalar almashinuvining buzilishi kasalliklari, psixonevrologik kasalliklar, teri kasalliklari, osteomiyelit, revmatoidli artrit bilan ogʻrigan bolalar S.lari mavjud. Ixtisoslashtirilgan bolalar S.laridan tashkdri "Ona va bola" S.lari bor. Barcha bolalar Slarida tarbiyaviypedagogik ishlar olib boriladi. Davolash muddati uzaytirilgan Sda bolalar maktab dasturi boʻyicha oʻqiydi.[1]

"KOSONSOY” sanatoriyasi – Namangan viloyati Chotqol tog’ tizmalari etagida, Kosonsoy daryosi bo’yida joylashgan, iqlimiy va balneologik sanatoriydir.Sanatoriy xarakat-tayanch, yurak-qon tomir, oshqozon-ichak, a’zolari va asab tizimi kasalliklarini davolash uchun mo’ljallangan.Asosiy davolash omillari: musaffo havoli tog iqlimi (havoda kislorod zichligi 26 foiz) va tarkibi sulfat-xlorid-gidrokarbonad-natriyli, harorati 27 C tabiiy ma`danli suvidir. U ichish yo’li bilan hamda mineral vannalar qabul qilish yo’li bilan bemorlarni davolashda ishlatiladi.Sanatoriyda bemorlar shifobaxsh balchiq, parafin-ozokerit, uqalash, fizioterapiya, davolash jismoniy tarbiyasi, fitoterapiya va parhez ovqatlanish usullari bilan davolanadilar. Tashxis qo’yishda va davolashda zamonaviy uskunalar, klinik bioximik laboratoriya, shuningdek kardiolog, nevropatolog, ginekolog, stomatolog va boshqa mutaxassislar faoliyat ko’rsatadilar.Yotoq xonalari shinam qilib bezatilgan, barcha qulayliklarga ega bo’lgan bir va ikki o’rinli xonalardan iborat. Oshxonada shirin, lazzatli parhez taomlar tayyorlanadi, "vitaminli stol” tashkil etilgan. Dam oluvchilar uchun madaniyat saroyi, kutubxona va maishiy xizmat ko’rsatish xonalari mavjud. Ekskursiyalar tashkil etiladi.


"CHORTOQ” sanatoriyasi Namangan shahridan 25 km masofada, Chortoqsoy daryosi yoqasida, Chotqol tog’ adirlarida, dengiz satxidan 650 metr balandlikda joylashgan balneologik va iqlimiy kurortdir.


Yurak-qon tomir, ovqat xazm qilish va tayanch-harakat a’zolari, asab tizimi, ginekologik va teri kasalliklari bilan og’rigan bemorlar uchun shifobaxsh tabiiy omillari mavjud bo’lib, yod, bromli va boshqa ko’pgina minerallarga boy bo’lgan termal ma’danli suvlari ichish va vannalar berish uchun qo’llaniladi. Shifobaxsh balchiq applikatsiya va galvano-balchiq usulida beriladi.
O’tkir miokard infarktini kechirgan bemorlarning sog’ligini tiklash uchun reabilitatsiya bo’limi faoliyat ko’rsatadi.
Zamonaviy tashxislash va davolash asbob-uskunalari yordamida fizioterapiya, lazer bilan davolash, suv bilan davolash, davolash badantarbiyasi, uqalash, psixoterapiya, fitobar va parhez ovqatlar sizning sog’ligingizni tiklash uchun faoliyat ko’rsatadi.
Yotoq binolari barcha qulayliklarga ega bo’lgan bir va ikki xonalardan iborat. Madaniyat saroyi, kutubxona, turli sport maydonchalari, sartaroshxona, aloqa bo’limi sizning xizmatingizda. Turli xildagi sayohat va ekskursiyalar uyushtiriladi.
"Zomin” sanatoriyasi – Jizzax viloyatidagi iqlimiy kurort, Turkiston tog’ tizmasining shimoliy etaklarida, dengiz sathidan 2000 metr balandlikda, qo’riqxona xududida joylashgan. Chiroyli tog’ manzarasi, musaffo havo, quyosh nurlarining mo’lligi, ultrabinafsha radiatsiyasining yuqoriligi iqlimiy profilaktik va terapevtik muolajalar o’tkazishga qulay sharoitlar yaratadi. Davolash uchun ko’rsatmalar: nafas olish a’zolari va nerv tizimi kasalliklari (funksional).
Sanatoriyda 3 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalarni ota-onalari bilan birga qabul qilish uchun "Ona-bola” bo’limi tashkil qilingan. "Zomin” sanatoriysi eng yangi davolash-tashxislash apparatlari bilan jihozlangan.Asosiy davolash omili tog’ iqlimidir. Bundan tashqari, suv bilan davolash (sun’iy marvaridli, yod-bromli, igna bargli vannalar, dushlar, suv havzasi), fizioterapevtik, davolash badan tarbiyasi, torrenkur, uqalash, sauna, hamda bronxial astmali bemorlarni davolash uchun galokameradan foydalaniladi. Yotoq binosi shinam, bir va ikki o’rinli palatalardan tashkil topgan. Shu binoda klub, kutubxona, bar, bolalar uchun attraksionlari bo’lgan o’yin xonalari, sport maydonchalari mavjud. Ekskursiyalar tashkil qilinadi.
"Abu Ali Ibn Sino” sanatoriyasi – qadimiy va hamisha navqiron Samarqandning Nurobod tumanida joylashgan. Bu sanatoriy asab tizimi, yurak-qon tomir, tayanch-xarakat, teri kasalliklariga duchor bo’lgan bemorlarni davolaydi.
Sanatoriyning asosiy xosiyati rodonli suvidir. Termal (37-43o C), tarkibi tabiiy rodonli (20-25 mKiG`p), xlorid-sulfat? Natriyli? Kam ishqorli (pH-8,1) va azot gazli suvidir. Xususiyatiga ko’ra, u mashxur Sxaltuba suviga o’xshash. Sanatoriyning davolash va diagnostika xonalari zamonaviy tibbiyot apparatlari va uskunalari bilan jihozlangan.
Bemorlarni davolashda fizioterapiya, davolash fizkulturasi, massaj, paraffin, balchiq va igna bilan davolash, o’t-giyohlardan damlamalar tayyorlash, ichaklarni yuvish, ingalyatsiya usullaridan foydalaniladi. Sanatoriyda parhezli ovqatlanish yaxshi yo’lga qo’yilgan.
Dam oluvchilar qulay ikki qavatli yotoqxona binosiga bir hamda ikki kishilik xonalarga joylashtiriladi. Yozgi va qishki klub, diskoteka, sport maydonchasi, xhoyxona dam oluvchilar xizmatida.
Sayohat paytida sizga jahonning barcha mamlakatlaridan minglab sayyohlarni jalb etgan qadimiy Samarqandning so’nmas obidalarini ko’rsatishadi.
"Oltinsoy” sanatoriyasi Navoiy shahridan 80 km shimoliy-sharqda Oqtog’ yon-bag’rida joylashgan. Hududning balandligi dengiz sathidan 400 metr yuqorida, havoharorati yil davomida yanvar oyida -13 C dan iyul oyida +27.5 C gacha, o’rtacha 13.1 C ni tashkil etadi.
Bu yerda davolash uchun ishlatiladigan mineral suv 1979-yilda Sirdaryo gidrogeologiya ekspeditsiyasi tomonidan ichimlik suvini izlash vaqtida topilgan. Oltinsoy sanatoriysida bemorlarni davolash uchun 1p va 2n skvajinalaridan olinadigan mineral suvlar ishlatiladi.
Terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy tekshirish instituti va "Gidroingeo” Gp labaratoriyalarida bajarilgan analiz natijalariga ko’ra, mazkur suvlar kam minerallashgan azotli yuqori haroratli kremniyli natriy sulfat + xloridli, kuchsiz ishqoriy yumshoq suvlar turkumiga kirib, 2l/s debit bilan chiqadi. Suv tarkibida quyidagi spetsefik komponentlar va mikroelementlar mavjud: radon, ftor, mishyak, selen, mis, rux va boshqalar meyordan kam miqdorda.
Mazkur suvlar yurak-qon tomir sistemasi, asab sistemasi, tayanch-harakat sistemasi, endokrin sistemasi, siydik ayirish sistemasi, ginekologik va teri kasalliklarida vanna ko’rinishida davolashga hamda oshqozon-ichak kasalliklarida davolovchi-oshxona suvi sifatida ishlatishga tavsiya etiladi.
Sanatoriyda bemorlarga malakali shifokorlar ginekolog, kardiolog, terapevt, nevropatolog, stomatolog xizmat ko’rsatishadi. EKG, UTT va klinik-bioximik laboratoriya tekshirishlari bajariladi.
"Sitorai Moxi Xosa” sanatoriyasi iqlimiy va balneologik kurort. U Zarafshon daryosi vohasida, dengiz sathidan 500 metr balandlikda, Buxoro shahrining sharqiy chekkasida Buxoro amirining sobiq qarorgohi hududidagi so’lim bir maskanda joylashgan.
Davolash omillaridan oqlimi va sulfat-xlorid natriyli madanli suvi hisoblanadi va ular buyrak, asab tizimi, xarakat va hazm a’zolari kasalliklarida qo’llaniladi. Sanatoriyda zamonaviy tashxislash va davolash xonalari, fizioterapiya, lazeroterapiya, balchiq bilan davolash, jizmoniy tarbiya, uqalash, fitobar va parhezli ovqatlantirish sog’ligingizni tiklash maqsadlarida xizmat qiladi.
Yotoq binosi bir va ikki o’rinli shinam xonalardan iborat. Shinam oshxona, klub, sport maydonchalari, kutubxona, muzey, basseyn, sauna. Sizning xizmatingizda Buxoro shahrining tarixiy obidalariga ekskursiyalar tashkil qilinadi.
"Xonqa” sanatoriyasi zamonaviy arxitektura yutuqlari asosida bunyod qilingan, Amudaryo qirg’og’iga yaqinjoylashgan balneologik kurort. Uch qavatdan iborat bo’lgan yotoq, davolash va oshxona majmuasi bir-biriga tutashgan bo’lib, davolanuvchilar uchun qulay imkoniyatlar yaratadi.
Yurak qon-tomir, asab tizimi, ginekologik, tayanch-harakat a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlar uchun shifobaxsh tabiiy omillar mavjud. Yod, brom va boshqa ko’pgina minerallarga boy madanli suvlar ichish va vannalar berish uchun qo’llaniladi.
Zamonaviy tashxislash va davolash asbob-uskunalar, fizioterapiya, lazeroterapiya, davolash jismoniy tarbiya, uqalash, ignarefleksoterapiya va parhez ovqatlanish sizning sog’ligingizni tiklash uchun qo’llaniladi.
Alohida loyiha bo’yicha bunyod qilingan qishki bog’da turli xil subtropik gullar va daraxtlar atrofga anvoyi xidlar taratib, tovlanib turipti. Bunday xolat dam oluvhcilarni o’ziga maftun etadi va kayfiyatni ko’taradi. Sizning xizmatingizda katta va yorug’ oshxona, kutubxona, sport maydonchasi, pochta. Qadimiy Xiva shahriga sayohatlar uyushtiriladi.
"Qashqadaryo Sohili” sanatoriyasi Qarshi shahrida, Qashqadaryo vohasidagi so’lim joylardan biri bo’lgan Qashqadaryo daryosining soxilida, dengiz satxidan 600 metr balandlikda joylashgan, iqlimiy balneologik sihatgohdir.
Musaffo havo surunkali buyrak, yurak, qon-tomir, tayanch-harakat a’zolari, asab, ovqat xazm qilish a’zolari va ginekologik kasalliklarni davolashda muhim omildir.
Tashxis qo’yishda zamonaviy kompyuterli ultra tovush tekshiruvi, kompyuterli EKG, endoskopiya, klinik va bioximik laboratoriya, nevropatolog, gastroentrolog, kardiolog, stomatolog, ginekolog, okulist, urolog shifokorlari faoliyat ko’rsatadilar.
Davolashda musaffo havo, quyosh vannalari, shifobaxsh balchiq, ozokerit-parafin, madanlivannalar, dushlar, basseyn, sauna, davolash jismoniy tarbiya, igna-refleksoterapiya, uqalash, psixoterapiya, yuqori va past kuchlanishli toklar, lazeroterapiya, duodenal zondlash va ichaklarni yuvosh, parhez ovqatlanish kabi usullardan foydalaniladi.
1100-1130 metr chuqurlikdan termal kam minerallashgan, tarkibida xlorid-sulfat kaltsiy natriyli organik moddalarga boy suv davolash jarayonida keng qo’llaniladi.
Sanatoriy - harakat-tayanch, yurak qon-tomir va nevrologik kasalliklarga chalingan dam oluvchilarni sog`lomlashtirish uchun ixtisoslashtirilgan. Tabiiy davolash omillari - brom va boshqa mikroelementlarga boy termal mineral suvdan iborat.
Mazkur sanatoriya - harakat-tayanch tizimi, kardiologik, nevrologik, ginekologik, urologik kasalliklarga chalingan dam oluvchilarni sog`lomlashtirish uchun ixtisoslashtirilgan. Asosiy davo usullari: kuchli oltingugurtli va yodobromli ma’danli suv, tabiiy qum.
Geleoterapiya - «bunda quyosh nurlari bilan davolash-terlashni kuchaytirish natijasida buyrak faoliyati yengillashadi, o’zini his qilish yaxshilanadi, tetiklik paydo bo’ladi, ishchanlik oshadi, qon tarkibi yaxshilanadi, organizmni vitamin D bilan ta’minlaydi, kasallik qo’zg`atuvchi mikroblarni o’ldiradi.
O’zbekiston Respublikasidagi Chortoq sanatoriyasi – Namangan viloyati, Chortoq tumanida, Chortoq-Soy daryosi vodiysida, Namangandan 25 km uzoqlikda, Chotqol tizmasining janubiy yon bag’irlarida, dengiz sathidan 650 m balandlikda joylashgan balneologik kurort bo’lib, ushbu muassasa yil davomida faoliyat yuritadi. Chortoq sanatoriyasi xuddi Chinobod sanatoriyasi kabi mineral suvi tufayli 1949-yilda bunyod etilgan. Toshkent shahridan Chortoq sanatoriysigacha bo’lgan masofa taxminan 250 kilometrni tashkil etadi.
Sanatoriyada davolanuvchilar mussaffo tog’ havosidan bahra olish bilan birga u yerdagi betakror go’zal tog’ manzaralarini tomosha qilib sayr qilishlari mumkin. Mijozlar tinchlik va osudalikda maroq bilan hordiq chiqaradilar.
Sanatoriya yurak-qon tomir tizimi, asab kasalliklari, teri muammolari, ginekologiya va urologiya davolash uchun ixtisoslashtirilgan. Chortoq sanatoriyasi 900 o’rinli bo’lib, yotoqxona binolari bir va ikki kishilik palatalardan iborat. Yotoqxona binolari ozoda va shinam.
Iqlimi yumshoq, kontinental, yozi quruq va issiq, qishi yumshoq. Yanvarning o’rtacha oylik harorati -1,4 ° C, iyulda + 23 ° C. Nisbiy namlik – 52% tashkil etadi.
Dam olish maskani o’rmonlar va bog’lar bilan o’ralgan. U yerda siz nafaqat davolanishingiz, balki maroqli dam olishingiz va tabiatdan kuch olishingiz mumkin. Mijozlarning aksariyati Chortoqqa tashrif buyurganlarida, yovvoyi o’simliklar va hayvonlar mavjud bo’lgan tog’larni va tabiiy joylarni ziyorat qilishni afzal ko’rishadi. Siz hatto kechasi va kunduzi ochiq osmon ostida uxlab, katta zavq olishingiz mumkin. Ba’zi bemorlar tunda musiqa asboblarini chalishib, musiqa ostida yulduzlarni sanashadi, raqsga tushishadi va hayotdan zavqlanishadi. Sanatoriyada klub, kutubxona, sport maydonchalari, sartaroshxona, pochta aloqasi bo’limi va ekskursiyalar mavjud.
Asosiy terapevtik tabiiy omillar termal sulfat-xlorid, kam minerallashgan natriy mineral suvlari (2 g/l gacha) va termal, gipertermal (42° dan yuqori), vannalar uchun ishlatiladigan yodli, yuqori sho’rlangan xlorli kaltsiy-natriyli suvlar (20-50 g/l). Sanatoriya zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan davolash-diagnostika bazasi mavjud.
Chortoq sanatoriyasi – davolash uchun ko’rsatmalari:
–harakat organlarining kasalliklari;– asab tizimining kasalliklari;– ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari;– ginekologik kasalliklar;– osteoartikulyar tizim
Balneoterapiya muassasasida 40 ta hammom, basseyn va dush mavjud. Bundan tashqari, zamonaviy fizioterapiya, lazer terapiyasi, mashqlar terapiyasi, massaj, psixoterapiya keng qo’llaniladi. Oʻtkir miokard infarktini boshdan kechirgan bemorlar uchun sog’ligini tiklash maqsadida reabilitatsiya boʻlimi faoliyat yuritadi.
Yod-bromli vannalar gipotonik, qon tomirlarini kengaytiruvchi ta’sir ko’rsatadi, qon oqimini normallashtiradi, organizmning himoya funksiyasini rag’batlantiradi hamda yallig’lanishga qarshi xususiyatlarga ega.
Shifobaxsh tabiiy sharoit — yod-brom va boshqa mikroelementlarga boy bo’lgan termal mineral suvlar, ichish uchun va hammom uchun qabul qilinadi, dastur shaklida terapevtik loy va galvanik loy ham mavjud.
Shifobaxsh mineral suvli vannalar tomirlarni kengaytiradi va qon oqimi tezligini barqarorlashtiradi, organizmning himoya vazifasini oshiradi, yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Shifobaxsh chortoq tog’ suvi ko’plab ichki kasalliklariga davo bo’ladi va organizmning barcha azolari uchun foydali hisoblanadi. Chortoq sanatoriyasi davolanuvchilariga Chortoq suvidan tashqari shifobaxsh giyohlardan tayyorlanuvchi damlamalar hamda dori darmonlar berib boriladi.
Sanatoriya tijorat xususiy tashkiloti bo’lib, yuqori sifatli xizmatlarni ko’rsatishga intiladi. Ushbu tibbiyot muassasasi xizmatlarining asosiy iste’molchilari mehnat faoliyatiga ega odamlar bo’lib, ular uchun xizmatlarning narxi arzonlashtirilgan holda belgilanadi. Sanatoriyaning geografik joylashuvi yurak-qon tomir kasalliklari bilan og’rigan bemorlar uchun sabab va ehtiyot chorasi emas, chunki u dengiz sathidan 642 metr balandlikda joylashgan.
Tibbiy xizmatlardan tashqari, bu yerda bemorlarning maroqli hordiq chiqarishlari uchun sport va madaniy tadbirlar, jumladan, raqslar, konsertlar, filmlar, shaxmat, kartalar, billiard va yana boshqa sharoitlar yaratilgan.
Sanatoriya narxlari: Dam olish maskanlari kartalari oldindan rasmiylashtiriladi va ularni kelishdan oldin bron qilish kerak. Bitta kurort kartasi 14 kunga beriladi va uning narxi xonalarning dizayni, mavsumiyligi va qavatlar soniga qarab belgilanadi.

“UMID GULSHANI” sanatoriyasi 2000 yilda ochilgan. Sanatoriya poytaxtdan 18 km shimoli-sharqda joylashgan. Iqlimi kontinental, quyoshning yorqinligi, toza havo nafaqat dam olish uchun, balki sog’lig’ini yaxshilash uchun ham eng qulay sharoitlarni yaratadi. Sanatoriyaning eshiklari doimo kattalar uchun ham bolalar uchun ochiqdir. Dam olish vaqtingizda shifokorlar sizga barcha muammolaringizni unutishga va xayrixohlik, tinchlik va farovonlik dunyosiga kirib olishingizga yordam beraadi. Sanatoriya muhtasham zallari va dam olish joylari kuchli zamonaviy diagnostika va terapevtik tibbiy uskunalar bilan jihozlangan.


“Umid Gulshani” sanatoriyasi ona bo’lish tuyg’usini unutgan ayollarga qisqa muddat ichida onalik quvonchini baxsh etayotganligi sababli, nafaqat yurtimizda, balki qo’shni davlatlarda ham shon shuxrati yuksalib bormoqda. Sanatoriya andrologiya va ginekologiya bo’limlaridan iborat bo’lib, u yerda ayol va erkaklar bepushtlik sabablari tashxislanadi. Hamda ularning bepushtlik va reproduktiv a’zolar kasalliklari muvaffaqiyatli davolanadi.
“Umid Gulshani” sanatoriyasining xona fondi besh qavatli bino bo’lib, u yerda yotoqxonalari, tibbiyot punkti, oshxonasi, madaniy-ko’ngilochar majmuasi mavjud. Sanatoriyaning yotoqxonalari barcha qulayliklarga ega bo’lib, barcha xonalarda dush, hammom, hojatxona, televizor hamda muzlatgich bilan jihozlanga. Lyuks xonalarida konditsioner va balkon ham mavjud bo’ladi. Yotoqxonalar va tibbiyot binolari o’tish joylari bilan bir-biriga bog’langan bo’lib, u yerda lift ham mavjud. Sanatoriya hududi landshaft parkini o’zida aks ettiradi.
“Umid Gulshani” sanatoriyasi turar joylari:
Bir xonali, ikki kishilik xonalar;
Ikki xonali, ikki kishilik suitlar;
Lyuks xonalar (kirish zali, mehmonxonasi, yotoq xonasi, vannali hammom, televizor, muzlatgich, konditsioner, choynak)
“Umid Gulshani” sanatoriyasidagi ovqatlanish tartiblari:
Yo’llanma narxi kuniga uch mahal ovqatlanishni o’z ichiga oladi. Dam oluvchilar sanatoriya oshxonasi binosida ovqatlanishadi. Ratsionda doimiy ravishda – vitaminli stol, sabzavotlar, mevalar, kompotlar, kefir, yangi sut mavjud. Oshqozon kasalliklari, yurak kasalliklari, endokrin kasalliklari va siydik yo’llari kasalliklari bilan og’rigan bemorlar uchun malakali mutaxassislar tomonidan maxsus ovqatlanish menyusi taqdim etiladi, ularning taomlari vitaminlar va foydali moddalarga boy bo’ladi. Taomlar tibbiy oshxonaning o’ziga xos xususiyatlarini yaxshi biladigan mutaxassislar tomonidan tayyorlanadi. Ovqatlanish menyusi dietolog mutaxassisi bilan kelishilgan holda bo’lib, muvozanatli etti kunlik parhez hisoblanadi. Hamda siz qulay va shinam fito-barda oddiy choy, qahva, o’simlik choyi, kislorodli kokteyldan bahramand bo’lishingiz mumkin.
“Umid Gulshani” sanatoriyasi infrastrukturasi:
Umid Gulshani sanatoriysi o’z mijozlari uchun katta ko’ngilochar markazni taklif etadi. Shuningdek,
– Bilyard xonasi;
– Stol tennisi;
– Shaxmat;
– Simulyatorlar;
– Kosmetologiya idorasi;
– Kutubxona;
– Basseyn;
– Sauna;
– Disko;
– Fito bar;
– Mini hayvonot bog’i;
– sportzal;
Qo’riqlanadigan avtoturargoh sizning xizmatingizda bo’ladi.
Madaniy dasturlarda sizning yuragingizda unutilmas iz qoldiradigan raqs oqshomlari, diskotekalar, rassomlar bilan uchrashuvlar, kino, muqaddas joylarga sayohatlar, tog’larda, teleferikda ekskursiyalar mavjud.
“Umid Gulshani” sanatoriyasi tibbiyot yo’nalishlari:
– Terapevtik kasallik (qon aylanish organlari, nafas olish organlari, ovqat hazm qilish organlari, tayanch-harakat tizimi);
– Ginekologik kasalliklar (kasalliklar – ayol jinsiy a’zolarining yallig’lanish jarayonlari, bachadon va bachadon bo’yni bachadonining, tuxumdonlarning yallig’lanish jarayonlari. Xavfsiz o’smalar: bachadon miomasi 8 xaftaga qadar, adenomioma, endometrioz, tuxumdon kistalari, hayz davrining buzilishi, bepushtlik, vaginismus, sovuqlik, klimakterik sindrom);
– Urologik kasallik (siydik yo’li infektsiyasi, surunkali prostatit, surunkali pielonefrit, diffuz prostata giperplaziyasi, erektil disfunktsiya, erkaklarning bepushtligi);
– Dermatologik kasallik (remissiyada toshbaqa kasalligi, ekzema, neyrodermatit, alopesiya, seboreya, remilitsiyada vitiligo)
– Endokrin kasalliklar (diabetes mellitus, gipotireoz, termiotoksikoz, semirish, metabolik sindrom, zob)
– Yurak kasalligi (yurak ishemik kasalligi, angina pektorisi, gipertoniya, gipotoniya, revmatizm);
– Nevrologik va asab-psixiatrik kasalliklar (nevrozlar, radikulit, nevrit, osteoxondroz, disk churrasi, miyada qon aylanishining buzilishi, depressiya, uyquning buzilishi);
Sanatoriyada siz davolanish vaqtida xohishinggizga qarab, Amirsoy, Bildirsoy va Chimyonga sayohat uyushtirishingiz ham mumkin hisoblanadi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Nurafshon» sanatoriyasi yurtimizning eng go‘zal va so‘lim maskanlaridan biri bo‘lgan Farg‘ona vodiysida joylashgan bo‘lib, balneologik kurort maskani hisoblanadi. U Farg‘ona shahridan 32 km masofadagi Qatron tog‘ tizimida, dengiz sathidan 450 metr balandlikda, Oltiariqsoy hududida joylashgan.
Sanatoriya joylashgan hudud iqlimi keskin kontinental, yozi issiq va quruq, qishi esa yumshoq bo‘ladi. Dam olish maskanining asosiy shifobaxsh omillari — bu minerallashuvi turlicha bo‘lgan (tarkibi 5 dan 95 g/l gacha) oltingugurtli mineral suvlar hisoblanadi. Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, sanatoriyaga Jizzax viloyatidagi Baliqli ko‘lining balchig‘i keltirilib davolash ishlarida keng foydalaniladi.
«Nurafshon» sanatoriyasining umumiy yer maydoni 12,3 gektarga teng bo‘lib, 114 o‘rinli sog‘lomlashtirish muassasasi yiliga 2000-2500 nafar dam oluvchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega. Sanatoriyada 2 ta yotoq bo‘limi mavjud bo‘lib, barcha qulayliklarga ega. Bino va inshootlarni isitish sanatoriya qozonxonasi orqali bajariladi. Bundan tashkari, sanatoriyada suv ta'minoti, tozalash inshooti bo‘limlari ham mavjud.
«Nurafshon» sanatoriyasida ayni paytda 98 nafar ishchi-xodim faoliyat ko‘rsatmokda. Ulardan 3 nafari shifokor, 23 nafar hamshira, 19 nafar kichik tibbiy xodimlar, 12 nafar oshxona xodimlari, 41 nafar texnik ishchi-xodimlar dam oluvchilarga sifatli tibbiy-sog‘lomlashtirish xizmatini amalga oshiradi.
"Nurafshon" sanatoriyasida ayni paytda 98 nafar ishchi-xodimlar tibbiy-sog'lomlashtirish xizmatini amalga oshiradi
«Nurafshon» sanatoriyasida davolashning asosini oltingugurtli mineral suvlar bilan vanna qabul qilish tashkil etadi. Oltingugurtli mineral suvi inson tanasidagi quyidagi kasalliklarni davolashga ijobiy ta'sir etadi:
Yurak qon-tomir tizimi kasalliklari;
Harakat-tayanch organlari kasalliklari;
Asab tizimi kasalliklari;
Teri kasalliklari;
Ayollar jinsiy a'zolari kasalliklari;
Urologik kasalliklar.
«Nurafshon» sanatoriyasida hozirda oltingugurtli suv vannasidan tashqari issiqlik bilan davolash, parafin, balchiq (maxsus), uqalash muolajasi, fizioterapiya xonalari, d’arsonval, elektroforez, amplipuls, lazerterapiya, ultratovush bilan davolash, umumiy va mahalliy ultrabinafsha nurlari bilan davolash, nafas yo‘llarini dori moddalarni ingalyasiya yo‘li bilan dori yuborib davolash, ultrabinafsha nurlarini yo‘naltirilgan ravishda davolash fitobochka, sirkulyar dush, suvosti massaji kabi muolajalar mavjud.
Muolajadan tashqari dam oluvchilarga ertalabki gigienik badantarbiya va davolash badantarbiyasi, terrenkur, umumiy tartib va parhyez buyuriladi.
«Nurafshon» sanatoriyasida keyingi yillar davomida yangi davolash usullari kiritilishi bilan davolash sifatini yanada yaxshilashga erishilmoqda.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Nurafshon» sanatoriyasi, eng avvalo, Jamiyat xodimlari va ularning oila a'lolari dam olishi, mehnat faoliyati davomida ma'lum ma'noda yo‘qotilgan salomatliklarini tiklashlari uchun tashkil etilgan.
Shu o‘rinda bir narsani alohida ta'kidlash kerakki, sanatoriyada xordiq chiqarish «O‘zbekiston MET» AJ faxriylari uchun bepul, ishchi-xodimlariga 40%, ularning oila a'zolariga esa 50% li imtiyozga ega yo‘llanmalar orqali amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, dam olish maskanida boshqa fuqarolar ham dam olib, davolanishlari mumkin.
2021 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan sanatoriya-kurort muassasalari soni 217 tani tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritgan sanatoriya-kurort muassasalari soni:
Toshkent viloyatida – 40 ta
Farg‘ona viloyatida – 39 ta
Samarqand viloyatida – 25 ta
Qashqadaryo viloyatida – 21 ta
Namangan viloyatida – 20 ta
Toshkent shahrida – 15 ta
Andijon viloyatida – 11 ta
Jizzax viloyatida – 10 ta
Surxondaryo viloyatida – 8 ta
Qoraqalpog‘iston R. – 8 ta
Navoiy viloyatida – 7 ta
Xorazm viloyatida – 6 ta
Buxoro viloyatida – 4 ta
Sirdaryo viloyatida – 2 tani tashkil etmoqda.


XULOSA
Kurs ishimning mazmuni shundan iboratki Xulosa qilib shuni aytish kerakki, har qanday hudud iqtisodiy geografik o`rniga baho berishda uning yirik transport tugunlariga, fan-texnika markazlariga nisbatan joylashganligi muhim ko`rsatkich hisoblanadi. Shu jihatdan olib qaraganda O`zbekistonning iqtisodiy geografik o`rni tobora yaxshilanib bormoqda.
Iqtisodiy geografik o`rin mamlakat va mintaqalar xo`jaligining tarkibiy tuzilishi, ixtisoslashuvi hamda ularning istiqbolda rivojlanish yo`llarini ham ma`lum darajada belgilab beradi. Shu bilan birga u qulay investitsiya makonini vujudga keltirishda, qo`shma korxonalar qurishda, erkin iqtisodiy mintaqalarni shakllantirishda ham muhim, ba`zan hal qiluvchi omil sifatida xizmat qiladi.



Download 47,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish