Qalayli bronzalar mis-qalay tizimidagi qotishmalardir. Tarkibida 5... 6% dan ortiq qalay bо‟lgan
qotishmalarni bosim bilan ishlab bо‟lmaydi, chunki ular mo‟rtlashadi, ular quymabop bronzalardir.
Deformatsiyabop bronzalar jumlasiga Бр.OФ6,5-0,15; Бр.OФ4-0,25; Бр.OЦ4-3 va boshqalar
kiradi. Bunday bronzalar list, chiviq, sim, tasma, truba va boshqa buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Quymabop bronzalar jumlasiga Бр.O10, Бр.OЦСН3-7-5-1, Бр.OЦС3-12-5, Бр.OФ10-1,
Бр.OЦ10-2 va boshqa markali bronzalar kiradi. Quymabop bronzalardan mashinalarning yuqori bosimli
bug‟da va shur suvda ishlaydigan detallari quyiladi.
Qalay qimmat turadigan metall bо‟lganligi uchun qalayli bronzalar zarur hollarda ishlatiladi.
Kо‟pincha ularning о‟rniga maxsus bronzalar (alyuminiyli, kremniyli, marganesli, berilliyli,
qо‟rg‟oshinli) dan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |