74
Plastmassalar metallmas material bo‟lib, tabiiy va sintetik polimerlar asosida olinadi va ulardan
plastik deformatsiyalash usullari bilan buyumlar hosil qilinadi.
Polimerlar yuqori molekulyar massadan
iborat moddadir. Ularning molekulalari bir xil guruhdagi atomlar - zvenolardan tashkil topgan.
Plastmassa tarkibiga polimer (smola)lardam tashqari to‟ldirgichlar, stabilizatorlar, qotirgichlr va maxsus
qo‟shilmalr, organik hamda noorganik moddalar ham kiradi.
Tabiiy gaz, neft mahsulotlari, ko‟mir, yog‟och plastmassalar tayorlash uchun xom xomashyo
manbai bo‟lib xizmat qiladi. Plastmassalar xossasini asosan belgilab beruvchi polimerlar ikkita guruhga:
termonplastik va termoreaktiv polimerlarga bo‟linadi. Ularning birinchisi qizdirilganda yumshaydi,
sovitilganda qotadi, qayta qizdirilganda bu polimerlar (smolalar) yumshash va qotish xossalarini
saqlaydi. Termoplastik plastmassalar gruppasiga poliettilen (yuqori bosimda olinadigan ПЭД
, past
bosimda olinadigan ПЭНД), polistrol, ftoroplastlar gruppasiga polietilen ( yuqori bosimda olindigan
ПЭВД, past bosimda olinadigan ПЭНД), polistrol, ftoroplastlar, organic shishalar kiradi.
Ploikondensasion smolalar, deb ataluvchi termoreaktiv polimerlar 150-180
o
C gacha qizdirilganda
kimyoviy reakjsiya tufayli qaytmaydigan qattiq holatga o‟tadi. Bunda polimerlarning ipsimon
molekulalaridan fazoviy fikr “konstruksiyalar” paydo bo‟ladi. Termoreaktiv polimerlarga
fenoloformaldegid (masalan, bagelit smolasi, fenoplast), poliefir, epoksid va kremniy-organik polimerlar
kiradi.
Qo‟shimchalar qo‟shilmagan polimerlar sodda, to‟ldirilmagan, qo‟shimchalar qo‟shilgani (ular
ko‟proq) murakkab, to‟ldirlgan polimerlar deb ataladi. To‟ldirgichlar turiga ko‟ra plastmassalar press-
kukunlarga, volokpolimerarning zichligi 0,9 dan 2,2 g/sm
3
gacha. To‟ldirgichlar plastmassalarni kam
o‟zgartiradi, shuning uchun ularning zichligi uncha katta emas (1,1 dan 1,6g/sm
3
gacha), bu ularning
afzalligidir. G‟ovak plastmassalarning zichligi undan kichik
0,01
0,2 g/sm
3
.
Ishlatilishiga ko‟ra plastmassalar bir necha asosiy gruppaga bo‟linadi: mashina detallari
uchun ishlatiladigan konstruksion plastmassalar termoreaktiv smolalardan iborat kompazitsiyadir;
agressiv muhitda ishlaydigan detallar uchun qo‟llaniladigan karroziyabardosh plastmassalarga kiradigan
ftoroplastlar va polixlorvinlarning kislatalar solinadigan rezervuar devorlarini qoplashda ishlatiladi;
issiqlikni himoya qiladigan (asbottekstolit va shisha-tekstolit) plastmassalar; qistirma-zichlambop
plastmassalar; elektr ezalitsion materiallar (getinaks, ftoroplastlar); friksion materiallar (asbotekstolitlar);
antifireksion; yorug‟lik o‟tkazadigan (organik oyna); manzarali materiallar (getinakslar).
Plastmassadan buyumlar presslash, bosim ostida qo‟yish plastmassa listlarni shtamplash va boshqa
usullar bilan olinadi. Presslash termoreaktiv plastmassalarni 130-150
0
C tempraturagacha qizdirilgan
pressqoliplarga presslab buyumlar olish keng tarqalgan usullardandir. Plastmassalarga mexanik ishlov
berish oson. Plastmassalarga ishlov berishning o‟ziga xos tomonlari ularning xossalari bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: