Mineral-keramik qattiq qotishmalar
Mashinasozlikda metallkeramik qattiq qotishmalardan tashqari qiyin suyuqlanadigan Al
2
O
3
,
Gr
2
O
3
, SiO
2
, oksidlari asosida tayyorlanadigan arzon yangi asbobsozlik materiali ham ishlatiladi.
Mineral-keramik materiallar tarkibida noyob va qimmatbaho volfram, kobalt kabi elementlar bo‟lmaydi.
Hozirgi vaqtda mikrolit deb ataladigan ЦМ-332, shuningdek termakorund kabi mineral-keramik
materiallar keng qo‟llaniladi. Ular qattiqligi (90-95 HRA), issiqlikka va yeyilishiga chidamliliga ko‟ra
qattiq qotishmalardan ustun turadi. Mikrolit uchun kimyoviy barqarorligining yuqoriligi va yetarli
darajada mustahkam ekanligi xosdir. Mikrolit plastinkali asboblar ish jarayonida 1200
0
C gacha
qiziganda ham o‟zining qattiqligini yo‟qotmaydi. Shuning uchun ulardan cho‟yan, rangli metall va
ularning qotishmalaridan yasalgan buyumlarga, metallmas materiallarga katta tezlikda, kichik kesish
chuqurligida surib tozalab va qisman tozalab ishlov berishda foydalanish yaxshi samara beradi.
Mikrolit plastinkalari quyidagi texnalogiya bo‟yicha tayyorlanadi: tayyorlangan kukun
shakllantiriladi, presslanadi, so‟ngra 1750-1900
0
C haroratda pishiriladi. Plastinkalarni bosim ostida
qaynoq holda quyish yo‟li bilan (shlaker usuli) ham olish mumkin. Asboblarning dastalariga plastinkalar
kavsharlanadi yoki mexanik usulida mahkamlanadi.
So‟nggi vaqtlarda metall kesish asboblarining ish qismlariga yopishtirish uchun yangi o‟ta qattiq
asbobsozlik materiallari ishlab chiqish qo‟llanilmoqda: ularga bor nitridi polikristtallari asosida
yaratilgan elborlar (0,1; 05 va 10 markalari) va olmoslar kiradi. Bor kub nitridining polikristallari
o‟zining issiqbardoshligi bilan (1300
0
C gacha) kesish asboblari uchun mo‟ljallangan barcha asbobsozlik
materiallaridan ustun turadi, chunonchi olmosdan 1,9 marta, tez qirqar po‟latdan 2,3 marta, qattiq
qotishmalardan 1,7 marta ustun turadi. Polikristallar uzunligi 3,5 - 8 mm, diametri 3-5 mm bo‟lgan
silindrik va sferik ko‟rinishlarda tayyorlanadi. Polikristallar keskichlarning dastalariga montaj qilinib,
vacuum ostida kavsharlash yoki polikristallni po‟lat vtulkaga issiqlayin presslab kiritish yo‟li bilan
mahkamlanadi.
Elbor bilan jihozlangan kesish asboblari istalgan qattiqlikdagi cho‟yan va po‟latga katta
tezliklarda ishlov berish uchun mo‟ljallangan. Borning kub nitrididan yasalgan keskichalarning
toblangan, qattiqligi 63-66 HRC
Э
bo‟lgan po‟latlarga ishlov berishdagi chidamliligi qattiq qotishmadan
yasalgan keskichlarnikidan o‟n martadan ko‟p ortiq. Bunday keskichlar bilan cho‟yanga ishlov berishda
aniq ishlov berish sharoitida sirtning g‟adir-budirligini R
a
=0,63-1,25 mkm ga yetkazish mumkin.
Karbonado va ballas tipidagi olmos polikristallari bilan jihozlangan kesish asboblari titan qotishmalari,
mineral-keramika, qattiq qotishmalarga ishlov berishda foydalaniladi. Bunday keskichning po‟xtaligi
qattiq qotishmadan yasalgan keskichnikidan 6-10 marta katta. Olmoslarning sintetik polikristallari
2500
0
C haroratda juda yuqori bosim ostida grafitdan olinadi. Bu olmoslar alohida fraksiyalarga ajratiladi
va turli olmos asboblar tayyorlashda foydaliniladi.
Shuni qayd qilish kerakki, po‟lat va chuyan detallar elbordan yasalgan abraziv asbob bilan
olmosdan yasalgan asbobga qaraganda yaxshi silliqlanadi, chunki bor nitridining temirga kimyoviy
aloqadorligi yo‟q va uning issiqbardoshligi yuqori.
Do'stlaringiz bilan baham: |