O'zbekiston ryespublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Download 6,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/408
Sana30.12.2021
Hajmi6,1 Mb.
#90276
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   408
Bog'liq
materialshunoslik

Duralyuminiylar  (Д1,  Д2,...,  Д16)  tarkibida  3,8...4,9  %  mis,  magniy  va  marganes  bо‟lgan 
qotishmalardir.  Д1  markali  duralyuminiy  3,8...4,8%Cu,  0,4...0,8%Mg,  0,4...0,8%Mn,    0,7%    gacha  Si   
va  Fe,  0,3%  gacha  Zn,  0,1%  gacha  Ni,  qolgani  alyuminiydan  iborat  bо‟lib,  normal  duralyuminiy  deb 
ataladi. Duralyuminiy strukturasining tuzilishi 34-rasm a da keltirilgan. 
Alyuminiyning  bolg‟alab,  shtamplab,  prokatlab  buyumlar  olish  uchun  ishlatiladigan  qotishmalari 
AK4,  AK5,  AK6  kabi  markalanadi.  Bunday  qotishmalardan  aviatsiya  dvigatellarining  porshenlari, 
samolyot vintlarining qanotlari kabi buyumlar tayyorlanadi. 
Al-C-Mg-Mn  turkumiga  kiruvchi  qotishmalar  termik  ishlanganda  mustahkamligi  oshadi. 
Duralyuminiylarni  termik  ishlash  usuli  bilan  mustahkamlash  uchun  ular  toblanib,  eskirtiriladi.  Buning 
uchun  qotishma  495…505 
0
S  gacha  qizdiriladi  va  suvda  sovitiladi,  sо‟ngra  5…6  kun  uy  haroratida 
ushlab turiladi, ya„ni tabiiy eskirtiriladi. Eskirtirish natijasida mustahkamlik yangi toblangan qotishmaga 
qaraganda  qariyib  70…75%  ga  oshadi.  Eskirtirish  jarayonida  qotishma  tarkibidagi  misning 
alyuminiydagi  qattiq  eritmasi  (α-qattiq  eritma)  parchalanadi.  Agarda  eskirtirish  jarayoni  yuqoriroq 
haroratlarda  (100…150 
0
S)  10…24  soat  davomida  olib  borilsa  (sun„iy  eskirtirish)  qattiq  eritma 
parchalanmaydi, qotishma kristall panjarasidagi mis atomlarining joylashish tartibi о‟zgaradi.    
Alyuminiyning  quymabop  qotishmalari  Al-Si  tizimidagi  qotishmalar  bо‟lib,  siluminlar  deb  ataladi. 
33-rasm b da siluminning mikrostukturasini ko‟rinishi tsvirlangan. 
Bu qotishmalar AЛ  harflari va raqamlar bilan markalanadi, masalan, AЛ1, AЛ2, AЛ3, ..., AЛ18. 
AЛ2 markali qotishma normal silumin bо‟lib, faqat modifikatsiyalash yо‟li bilan puxtalanadi. AЛ3, 
AЛ5  va  AЛ6    markali  qotishmalar  kam  kremniyli,  ammo  mis,  magniy  va  marganes  bilan  qо‟shimcha 
legirlangan  siluminlar  bо‟lib,  bu  qotishmalarning  quyilish  xossalari  normal  siluminlarnikiga  qaraganda 
pastroq,  ammo  mexanikaviy  xossalari  yuqoridir.  Bu  qotishmalar  modifikatsiyalash  va  sо‟ngra  termik 
ishlash yо‟li bilan puxtalanadi. 
AЛ11 markali Qotishma Al-Si-Zn tizimidagi qotishmalardan bо‟lib, uning qо‟yilish xossalari yuqori, 
uni modifikatsiyalash yо‟li bilan puxtalash mumkin. Bu qotishmadan murakkab shaklli detallar qо‟yiladi. 
САП ( pishirilgan  alyuminiyli pudralar) qotishmalari ham A97 markali suyuq alyuminiyni purkash 
orqali  hosil  qilinadi.  Bu  poroshokning  tarkibiga  qanchalik  kо‟p    Al
2
O
3
    qо‟shilsa,  qotishmaning 
mustahkamligi,  qattiqligi  va  issiqbardoshligi  shuncha  yuqori  bо‟ladi.  САП  lar  450
0
C  da  ham  uzoq 
yuklanish ta„siriga bardosh bera  oladi.  
Kо‟pgina  hollarda  porshen  shtoklari,  kompressor  kо‟rakchalari,  elektrodvigatel  о‟ramlari,  issiqlik 
almashinuvchilar, reaktiv dvigatellarida boshqariladigan sistemaning vintellari kabi  qism va uzellar shu 
qotishmalardan tayyorlanadi 

Download 6,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish