«Baliq skeleti» sxemasi
- muammoning butun doirasi
(maydoni)ni ifoda etish va
uning
echimini
topishga
imkoniyat beradi.
Tizimli,
ijodiy,
tahliliy
mushohada
qilish
ko'nikmalarini rivojlantiradi
225
kesib ishlanish xususiyatlarini yaxshilash, po‟latni toblashda vujudga kelgan ichki kuchlarni yo‟qotish
va boshqalardan iborat.
11.2 – rasm. Po‟latlarni termik ishlash uchun qizdirish haroratlari intervali.
Evtektoidgacha bo‟lgan po‟latni Ас
3
kritik nuqtadan, evtektoiddan keyingi va evtektoid po‟latini
А
сm
kritik nuqtadan 30...50
0
C yuqori haroratlargacha qizdirib, shu haroratda biroz vaqt tutib turilgandan
keyin havoda sovitish jarayoni normallash deb ataladi. Normallashdan ko‟zda tutilgan maqsad –
po‟latni mayda donali qilish uchun uning qayta kristallanishini amalga oshirish, ichki kuchlarni
yo‟qotish, po‟latni plastik deformatsiyalanishga, uzil-kesil termik ishlashga va bosim ostida ishlashga
tayyorlash (unda gomogen struktura hosil qilish)dir. Po‟latni normallash uchun uni yumshatishga
nisbatan kamroq vaqt sarflanadi, shuning uchun kam uglerodli po‟latlar (tarkibida 0,6% gacha uglerodi
bo‟lgan po‟latlar) yumshatilmasdan normallanadi.
Po‟latni Ас
3
va Ас
1
kritik nuqtalardan 30... 50
0
C yuqori haroratlargacha qizdirib, shu haroratda
zarur o‟zgarish sodir bo‟lguncha tutib turgandan keyin tez (moyda, suvda, ...) sovitish jarayoniga
toblash deb ataladi.
Toblash natijasida po‟latning qattiqligi ortib, plastikligi pasayadi. Evtektoidgacha bo‟lgan po‟lat
toblanganda uning strukturasi mayda donali ninasimon martensitdan iborat bo‟ladi. Agarda po‟lat Ас
3
chizig‟idan 150-200
0
Cyuqori haroratlargacha qizdirilib, so‟ngra toblansa undagi austenit donalari o‟sib,
po‟latda darzlar, deformatsiyalar paydo bo‟ladi. Bunday po‟latning strukturasi turli donali ninasimon
martensitdan iborat bo‟lib, uning zarbiy qovushoqligi past bo‟ladi.
Shuningdek, evtektoidgacha bo‟lgan po‟latni toblash uchun uni Ас
3
kritik nuqtalardan past
haroratgacha qizdirish (chala toblash) ham yaxshi natija bermaydi. Chunki, bunday po‟latning
strukturasi ferrit va martensitdan iborat bo‟ladi, uning tarkibida saqlanib qolgan ferrit po‟latning
qattiqligini va bo‟shatilgandan keyingi mexaniq xossalarini pasaytiradi.
Po‟latlarni Ас
1
kritik nuqtalardan past haroratlargacha qizdirib, ma„lum vaqt tutib turgandan
so‟ng sovitish jarayoniga bo‟shatish deyiladi. Bo‟shatish harorati qancha yuqori bo‟lsa toblangan po‟lat
buyumning qattiqligi shuncha pasayadi.
Bo‟shatishning quyidagi turlari ma„lum:
226
Past haroratda (180...200
0
C) bo‟shatish. Toblangan buyumning qattiqligini saqlab qolgan holda
uni ichki kuchlanishlardan xoli qilish uchun shu usuldan foydalaniladi. Po‟latning strukturasi bu holda
Do'stlaringiz bilan baham: |