2-ilova
.
Legirlovchi elementlarning pо‟lat strukturasiga va
xossalariga ta„siri
Agar po‟lat tarkibida ugleroddan tashqari boshqa elementlar ham mavjud
bo‟lsa, Fe-Fe
3
C digrammasidagi faza o‟zgarish chiziqlari o‟zgaradi. Ferrit, austenit,
sementit fazalaridagi uglerodning erishi va ularning muvozanat harorati turlicha
bo‟ladi. Demak, qotishmaga o‟zga qo‟shimchalar qo‟shib, struktura o‟zgarishlariga
erishish orqali po‟lat xossalarini boshqarish mumkin. Bunday maqsadda qo‟shiladigan
qo‟shimchalarni legirlovchi elementlar, qotishmalarni esa legirlangan po’latlar
deyiladi. Po‟lat ishlab chiqarish amaliyotida legirlovchi elementlar sifatida Cr, Mo, Co,
Ni, V, Ti, W, Zr, Nb, Mn va Si kabi elementlar qo‟llaniladi, ular po‟latning fizik,
mexanik va texnologik xossalarini yaxshilaydi.
Legirlovchi elementlar po‟lat polimorfizmiga ham ta‟sir qiladi. Polimorf
o‟zgarish harorati temirda erigan elementlarning xususiyati va miqdoriga bog‟liq
bo‟ladi.
Legirlangan po‟lat uglerodli po‟latda yo‟q xossalarga ega, uglerodli po‟latdagi
kamchiliklar legirlangan po‟latda bo‟lmaydi. Legirlangan po‟latlardan foydalanish
metall sarfini kamaytiradi, buyumning puxtaligi va uzoq muddat ishlashini
ta‟minlaydi.
Quyida legirlovchi elementlarning po‟lat xossalariga qanday ta‟sir etishi
ko‟rsatilgan:
1.
Xrom – po‟latning qattiqligi, mustahkamligini oshiradi, plastikligini esa ozgina
kamaytiradi. Xrom miqdori 13% dan ortiq bo‟lsa, po‟lat korroziyabardosh bo‟ladfi;
2.
Nikel – po‟latning mustahkamligi, plastikligi, korroziyabardoshligi va zarbga
qarshiligini oshiradi;
3.
Volfram – po‟latning qattiqligi va qizdirilgan holatdagi chidamliligini keskin
oshiradi;
Ba’zi tezkesar po’latlarning kimyoviy tarkibi (% da)
Po‟lat markasi
C
Cr
W
Mo
V
Co
P18
0,8
3,8 - 4,4
17,0 – 18,5
< 1,0
1,0 – 1,4
-
P12
0,8 – 0,9
3,1 – 3,6
12,0 – 13,0
< 1,0
1,5 – 1,9
-
P9(ЭИ262)
0,85 - 0,95
3,8 – 4,4
8,5 – 10,0
< 1,0
2,0 – 2,6
-
P6M5(ЭИ298)
0,82 - 0,90
3,8 – 4,4
5,5 – 6,5
5,0 – 5,5 1,7 – 2,1
-
P6M5K5
0,80 – 0,88
3,8 – 4,3
6,0 – 7,0
4,8 – 5,3 1,7 – 2,2 4,8 – 5,3
P6M5Ф2К8 (ЭП658)
0,95 – 1,05
3,8 – 4,4
5,5 – 6,6
4,6 – 5,2 1,8 – 2,4 7,5 – 8,5
P9M4K8
1,0 – 1,1
3,0 – 3,6
8,5 – 9,6
3,8 – 4,3 2,1 – 2,5 7,5 – 8,5
Bu pо‟latlardan parmalar, frezalar, protyajkalar, metalni о‟yib tushiruvchi asboblar
(dolbyaklar), arralar, egovlar kabi asboblar tayyorlanadi. Kesish asbobining
issiqbardoshligini oshirish uchun u 1210...1230
0
S
Do'stlaringiz bilan baham: |