Real kristallarning tuzilishi. Kristall panjara nuqsonlari. Keyingi yillarda elektron
mikroskop va rentgen analizlari real kristallarning tuzilishida turli nuqsonlar mavjud
bo‟lishini kо‟rsatdi. Bu nuqsonlar uch guruhga - nuqtaviy, chiziqli va sirt nuqsonlarga
bо‟linadi.
Nuqtaviy nuqsonlarga vakansiyalar, ya„ni kristall panjaraning bо‟sh joylari va oraliq atomlar
- tugunlar oralig‟iga siljigan atomlar kiradi .Bu nuqson metallarda diffuzion jarayonlarning
kechishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Chiziqli nuqsonlarning eng muhim turi – dislokatsiyalardir Metallning atomlar siljigan
(sirpangan) sohasi bilan atomlar siljimagan sohasi orasidagi chegara dislokatsiya deb
ataladi.
84
Do'stlaringiz bilan baham: |