Kremniyli va xrom-kremniyli po‟latlarning 50C2, 30XC markalari prujina hamda ressorlar ishlab
chiqarish uchun mo‟ljallangan. Xrom-molibdenli po‟latlarning 20XMA, 30XMA markalari juda
mustahkam, yaxshi payvandlanadi, shtamplanadi, ammo qimmat turadi. Xrom-vanadiyli po‟latlarning
45XФ, 45ХФА kabi markalari juda mustahkam, yeyilishga chidamli bo‟lib, avtomobillarning detallari,
o‟qlar, vallar tayyorlashda ishlatiladi.
Kam legirlangan po‟latlar qurilishda ishlatiladi. U uglerodli po‟latga nisbatan mustahkamroq,
zarbiy yuklanish ta‟siriga yaxshi qarshi tura oladi. Bu po‟latdan foydalanish konstruksiyaning massasini
15-30% ga kamaytirish imkonini beradi.
Kam legirlangan po‟latning quyidagi markalari mavjud: 14Г2, 10Г2С2, 10Г2С9, 16Г2АФД, 09Г2С, 15ХСНД, 15Г2СФ, . . . .
Do'stlaringiz bilan baham: |