asbobsozlik pо‟latlari va alohida xossali pо‟latlar sinflariga bо‟linadi.
Кonstruktsion pо‟latlar mashina detallari tayyorlash uchun, asbobsozlik pо‟latlari esa kesuvchi, о‟lchov
asboblari va shtamp asboblari tayyorlash uchun ishlatiladi.
Legirlangan po‟latlar tegishli harflar va raqamlar bilan markalanadi. Legirlangan po‟lat
markasidagi harflar legirlovchi elementlarni, raqamlar esa ularning % hisobidagi miqdorini bildiradi.
Po‟lat markasida oldin turgan raqamlar shu po‟latning tarkibidagi uglerod miqdorini foizning yuzdan bir
ulushlari hisobida ifodalaydi, harflardan keyin turgan raqamlar esa shu harflar bilan ko‟rsatilgan
elementlarning foiz hisobidagi o‟rtacha miqdorini bildiradi. Masalan, 15X18H22B6M2L markali
legirlangan po‟lat 0,15%C; 18%Cr; 22%Ni; 6%W; 2%Mo bo‟lgan quymakorlik po‟latidir. Legirlovchi
elementning miqdori 1% dan kam bo‟lsa, raqam yozilmaydi. Po‟lat tarkibidagi fosfor miqdori 0,03%
dan, oltingugurt miqdori ham 0,03% dan kamligini, shuningdek, po‟latning yuqori sifatli ekanligini
ko‟rsatish uchun shu po‟lat markasining oxiriga A harfi yoziladi.
Ba‟zi hollarda markadagi belgilar sonini kamaytirish uchun GOST dan bir qadar chetga chiqiladi.
Masalan, tarkibida 1% dan ortiq uglerod bo‟lgan po‟latning markasida shu uglerod miqdorini
ko‟rsatuvchi raqamlar yozilmaydi. Masalan, X12M – bu po‟lat tarkibida uglerod miqdori 1,45
1,70 %.
Agar po‟lat markasining oldida ikkita raqam bo‟lsa, uglerodning miqdori foizning yuzdan bir
ulushi hisobida, bitta raqam bo‟lsa o‟ndan bir ulushi hisobida ekanligini bildiradi. Masalan, 9XC –
markali legirlangan asbobsozlik po‟latlarida o‟rta hisobda 0,9% uglerod bor. Legirlangan po‟lat
tarkibidagi uglerod miqdori 0,04% gacha bo‟lsa, po‟lat markasi oldiga ikkita nol, 0,04
0,08% gacha
bo‟lganda esa bitta nol yoziladi. Masalan, 00X18H10 markali po‟latda uglerod miqdori 0,04% dan kam.
Legirlangan po‟latni markalashda legirlovchi elementlar quyidagi harflar bilan belgilanadi: X –
xrom; H – nikel; A – azot; B – volfram; Ф – vanadiy; Г – marganes; П – fosfor; Д – mis; Ю –
alyuminiy; Ц – sirkoniy; Б – niobiy; E – selen. Bu belgilardan tashqari po‟latlarning butun boshli
guruhini xarakterlovchi harflar ham qabul qilingan: Ш – sharikli podshipnikbop, Е – magnitlanadigan va
Э – elektrotexnik.
Standatga kirmagan po‟latlar ЭИ va ЭП harflari va undan keyin qo‟yiladigan tartib raqamlari bilan
belgilanadi. Masalan, ЭИ 154, ЭП 398 (bu yerda, Э – zavod nomini, И – po‟latning tadqiqiyligini, П –
po‟latning sinaluvchan ekanligini bildiradi).
Do'stlaringiz bilan baham: |