O’ZBEKISTON RES’UBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DIREKTOR VA MUTAXASSISLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
“MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHISI” YO’NALISHI
42-guruh
Mavzu: Bizning inoq mamlakatimiz
Mustaqil ishi
Qabul qildi: Valiyeva Feruza
Tinglovchi: Nosirova Adolat
MAVZU. Bizning inoq mamlakatimiz
Reja:
1. O’zbekiston umumiy uyimiz
2. Millatlararo munosabatlar
3. Mustaqillik davrida millatlararo totuvlikning ta’minlanishi.
4. O’zbekistonda diniy bag‘rikenglik va vijdon erkinligi
1.O’zbekiston umumiy uyimiz
Bu dunyodagi har bir millat – Yaratganning buyuk mo‘jizasi. Chunki har bir millat jami odamzotga xos o‘ta noyob fazilatlarni o‘z tili, an’ana va qadriyatlari, båtakror turmush tarzi orqali go‘zal bir shaklda namoyon etadi. Bir millat vakili boshqa millatning hayoti, turmush tarzi bilan tanishar ekan, o‘zi uchun yangi bilim va xulosalar oladi, tajriba orttiradi. Millat va elatlarning ko‘pligi va xilma-xilligi insonga o‘zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlarning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyatini tushunib yåtish imkonini båradi. Ma’lumki, barcha insonlarning qadimiy ildizlari umumiy va mushtarak. Jahondagi turli millatlarning tili, turmush tarzi va urf-odatlari bir-birinikidan farq qilsa-da, ularning orzu-intilishlari, moddiy va ma’naviy ehtiyojlari, hayot falsafasi bir-biriga yaqin. Barcha millat vakillari ozod va erkin yashashni, oila qurib, farzand o‘stirib, o‘zidan munosib zurriyod qoldirishni, kuyqo‘shiqlar kuylab, hayotdan zavqlanishni, baxtli bo‘lishni istaydi. Shu bilan birga ezgulikni qadrlab, yovuzlikni qoralaydi. 42 Tarixiy misollar ham buni yaqqol tasdiqlaydi. Masalan, o‘tgan asrda fashizm dunyo xalqlari hayotiga xavf solganida butun insoniyat unga qarshi kurashga otlangan edi. 2011-yilning mart oyida Yaponiyada qattiq zilzila oqibatida shahar va qishloqlar vayron, ming-minglab odamlar qurbon bo‘lib, bu yurt og‘ir ahvolga tushib qolganida jahondagi barcha davlat va millat vakillari bu fojiali kunlarda yapon xalqi bilan birdam bo‘lib, undan båg‘araz yordamini ayamadi. Bizning milliy g‘oyamiz xalqimizning orzu-intilishlarini haqqoniy aks ettirgani uchun har qanday millatchilikdan, boshqa elat va xalqlarga nisbatan månsimaslikdan mutlaqo xoli. Xalqimiz azaldan do‘stlik, birodarlik g‘oyalarini ulug‘lab, boshqa millat vakillari bilan tinchlik, hamkorlik, hamjihatlik, mehr-oqibat asosida yashaydi. El-yurtimiz yon-atrofdagi, dunyoning olis mintaqalaridagi xalqlar bilan ham qadim-qadimdan hamkorlikka intilib kålgan. Sohibqiron Amir Tåmur bobomizning Fransiya qiroli bilan maktub orqali fikr almashgani, Yevropaning boshqa mamlakatlari, jumladan, Angliya qiroli Genrix IV, Kastiliya va Leon qiroli Genrix III de Trastamaralar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgani buning yaqqol dalilidir. Millatlararo hamjihatlik g‘oyasi xalqimizning ezgu insoniy fazilatlarini ifoda etadi va kålajakda bu an’analarni yanada boyitish va rivojlantirishni nazarda tutadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston dunyodagi barcha xalqlar va mamlakatlar bilan do‘stona hamkorlik aloqalarini o‘rnatib, ularni doimo mustahkamlab kelayotgani millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashga munosib hissa bo‘lib qo‘shilmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimiz jahondagi turli davlatlar bilan uzoq muddatga mo‘ljallangan hamkorlik shartnomalari asosida o‘zaro manfaatli do‘stona munosabatlarni rivojlantirib kelmoqda. 43 Millatlararo hamjihatlikka raxna soluvchi illat, bu – millatchilik va shovinizmdir. Bunday zararli g‘oyalar ta’siriga tushgan jamiyat halokatga uchraydi. XX asrda dunyoning ko‘plab xalqlarini asoratga solishga intilgan fashizm g‘oyasi bunga misol bo‘la oladi. Millatchilik bir millatni ulug‘lab, boshqa millatlarni kamsitish, millat ajratishni bildiradi. Shovinizm – millatchilikning bir turi bo‘lib, boshqa millatlarni mensimaslik, o‘zini ularga nisbatan ustun qo‘yishga intilish. «Fashizm» italyancha so‘z bo‘lib, to‘da, bog‘lam degan ma’nolarni anglatadi hamda ommaviy qirg‘in va zo‘ravonlik bilan siyosat olib boradigan yovuz kuchlarga aytiladi. Hozirgi kunda ham turli g‘oyaviy va mafkuraviy yo‘llar bilan biron-bir xalq yoki millatga xos urf-odat, an’ana hamda qadriyatlarni kamsitish, yo‘q qilishga qaratilgan tahdidlar såzilib turibdi. Bunday tajovuzlar ta’siriga tushmaslik uchun doimo hushyor va ogoh bo‘lish, ilm-ma’rifatga tayanib yashash talab qilinadi. Bu haqda fikr yuritganda, Yurtboshimizning quyidagi mulohazalarini doimo esda tutishimiz lozim: «Agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo‘lsa, buni såzish, ko‘rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta’siri va oqibatlarini tåzda ilg‘ab yåtish nihoyatda qiyin. Mana shunday vaziyatda odam o‘z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o‘tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog‘lom någizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo‘lmasa, har turli ma’naviy tahdidlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishdagi ta’siriga bardosh bårishi amrimahol»1 . Shunday qilib, muayyan mamlakatga nom bårgan millat bilan unda yashaydigan boshqa el-u elat vakillari o‘rtasidagi hamjihatlik ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimizda bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar teng huquq va imkoniyatlar yaratish davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.
Shu asosda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi. Millatlararo do‘stlik va birdamlik munosabatlarini mustahkamlash, barcha millatlarning o‘z qadriyatlarini saqlab qolishi uchun teng sharoitlar yaratib berish, milliy madaniy markazlar faoliyatini kuchaytirish kabi dolzarb vazifalarni amalga oshirish borasidagi xayrli ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi.
Amalga oshirilayotgan ezgu sa’y-harakatlar natijasida bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari hamjihatlikda, bir oila farzandidek yashab, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Shuningdek, 143 ta milliy-madaniy markaz samarali faoliyat yuritmoqda. Respublikamizdagi barcha milliy madaniy markazlar davlat miqyosidagi umumxalq bayramlari, tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan «O‘zbekiston - umumiy uyimiz», «Bizning kuchimiz - birlik va hamjihatlikda» kabi festivallar millatlararo do‘stlik rishtalarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |