O’zbekiston res’ublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Millatlararo totuvlik – milliy bosh g‘oyamizning asosiy tamoyili



Download 244,31 Kb.
bet4/8
Sana12.07.2022
Hajmi244,31 Kb.
#783373
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bizning inoq mamlakatimiz

Millatlararo totuvlik – milliy bosh g‘oyamizning asosiy tamoyili. Millatlararo totuvlik g‘oyasi-milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri bo‘lib, mamlakatimizda istiqomat qilib kelayotgan barcha etnik vakillari bilan, avvalambor, o‘zbek millati va Shu bilan birga o‘zlarining o‘rtasida ko‘p yillarga mo‘ljallangan ezgulik, ishonchlilik, do‘stonalik, yakdillik, qarindoshlik, ma’naviy-axloqiy va mafkuraviy yaqinlik va birdamlik, murosalilik va boshqa insoniylik munosabatlari mavjudligini va kelajakda ham u yanada kamol topishini ifodalaydi. Bu g‘oya jamiyatimizda to‘la-to‘kis amal qilishi uchun, u zarur bo‘lgan huquqiy qonunlar bilan ta’minlangan. Markaziy Osiyo hududida qadimdan beri yashab kelayotgan barcha millat va elatlarning tarixi mufassal ko‘rib chiqilsagina, millatlararo totuvlik g‘oyasining naqadar chuqur va baquvvat tomirlari mavjudligiga amin bo‘lishimiz mumkin bo‘ladi. Vaqti kelib, bu tomirlar to‘g‘risida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib boriladi va qanchadan-qancha badiiy asarlar yoziladi.
Millatlararo totuvlik g‘oyasining mazmun-mohiyati, uning jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatini to‘g‘ri anglash uchun, Markaziy Osiyo xalqlarining kamida uch ming yillik madaniy va ma’naviy tarixini yaxshi bilishimiz talab qilinadi. Shuni yaxshi anglashimiz kerakki, hozir bu g‘oya jamiyatimizning barcha jabha va sohalarida uzul-kesil amal qilib kelishi tasodifiy bir hol emas, balki u zaruriy hodisa sifatida xalqimizning ongi va qalbida etishib, shakllanib, uning hayotida ming bor marta sinovlardan o‘tib, duri-gavhardek baholanib va ma’qullanib kelgan.
3.Mustaqillik davrida milliy milliy – madaniy markazlarining shakllanishi va rivojlanishi.
O‘zbekiston polietnik davlatlar qatoriga kiradi. Asrlar davomida bu erda o‘zbeklar bilan yonma-yon tojiklar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, qirg‘izlar, turkmanlar, uyg‘urlar va boshqa ko‘pgina xalqlarning vakillari ahil va inoq yashab kelishgan. Shuni aytish mumkinki, mamlakatimizning ko‘pmillatliligiga xalqimizning ochiqko‘ngilligi va mehmondo‘stligi ham sabab bo‘lgan. Bu mintaqadan o‘tgan Buyuk Ipak yo‘li esa iqtisodiy, madaniy va ma’naviy aloqalarning kengayishiga xizmat qilgan. Shu o‘rinda ayrim dalillarga murojaat qilamiz:

  • 1897 yilda respublikamizning hozirgi hududida 70 millat vakili yashagan. 1927 yilga kelib 90 millat va elat vakili istiqomat qilgan. 1959 yilda 113 millat vakili ro‘yxatga olingan. Bugun esa 130 dan ortiq millat va elat vakillari bor. Mamlakat aholisi (2015 yil birinchi yarmida): 31 million 022 ming 500 kishi.

  • Shundan 25 milliondan ortiq (81.8%) kishi o‘zbeklar.

  • 6 millionga yaqin (18.9%) kishi boshqa millatlar vakillari.Ulardan:

  • Tojiklar – 1,5 millionga yaqin (4.7%)

  • Ruslar – 1 millionga yaqin (3.3%)

  • Qozoqlar – 900 ming atrofida (3.1%)

  • Qoraqalpoqlar – 800 mingdan ko‘proq (2.1%)

  • Tatarlar – 250 mingga yaqin (0.9%)

  • Qirg‘izlar – 250 ming (0.9%)

  • Koreyslar – 150 ming atrofida (0.5%)

  • Turkmanlar – 165 mingdan ko‘proq (0.6%)

  • Ukrainlar – 87 ming, ozarbayjonlar – 43 ming, armanlar – 40 ming, beloruslar – 21,5 ming, yahudiylar 11 ming, moldovanlar – 5,5 ming, nemislar - 5 mingdan ortiqroqdirlar.

Hozirgi kunda yurtimizda 140 dan ziyod milliy madaniy markazlar faoliyat yuritmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan mazkur markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida 1992 yil yanvarda Respublika “Baynalmilal madaniyatlar markazi” tashkil etilgan. U jamiyatimizdagi tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash, milliy va umumbashariy an’analarni ravnaq toptirish, ularning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilishga baholi qudrat o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Tashkil etilayotgan ko‘plab tadbirlar, konsert dasturlari, kechalar, festivallar, ko‘rik-tanlovlar, konferensiyalar Shular jumlasidandir. Masalan, “O‘zbekiston — umumiy uyimiz”, “Vatan yagonadir, Vatan bittadir”, “Qudratimiz — birlik va hamjihatlikda” kabi shiorlar ostidagi festivallar ko‘p millatli aholimizning chinakam do‘stlik bayramiga aylanib ulgurgan, desak, mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Har yili milliy ayyomlarimiz ham markazimiz boshchiligida milliy madaniy markazlar bilan birgalikda munosib nishonlanmoqda.
Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, bugun O‘zbekiston televidenie va radiosida 10 tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman, tatar, uyg‘ur, ozarbayjon) ko‘rsatuv va eshittirishlar olib boriladi. Gazetalar 10 tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, koreys, tojik, turkman, ukrain, ingliz), jurnallar esa 8 tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman) bosiladi. O‘rta va oliy ta’lim 7 tilda: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillarida amalga oshiriladi.

Download 244,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish