O’zbekiston resrublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Umumta’lim maktab o’qituvchilarining AKT savodxonligini oshirish samaralari



Download 3,56 Mb.
bet20/27
Sana24.01.2022
Hajmi3,56 Mb.
#407258
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
Bitiruv ishi (Ilmurodova Dilobar)

Umumta’lim maktab o’qituvchilarining AKT savodxonligini oshirish samaralari

O’qituvchi barkamol avlod ta‘lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxs bo’lib,
nafaqat ma‘naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o’rnak bo’lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini ham namoyon eta olishi, yetuk o’qituvchi sifatida malakali kadrlarni tayy'orlash ishiga o’zining munosib hissasini qo’shishi zarur.Pedagogik mahoratga ega bo’lish, o’qituvchi uchun ta‘lim-tarbiya samaradorligini ta‘minlovchi zamin bo’libgina qolmasdan, ayni vaqtda, uning jamiyatdagi obro’-e‘tiborini ham oshiradi, o’quvchilarga nisbatan hurmat yuzaga keladi. Kasbiy mahoratni oshirish yo’lida amaliy harakatlami tashkil etish pedagogik faoliyatda yo’l qo’yilgan yoki qo’yilayotgan xatolardan holi bo’lish, o’quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi.

Bugungi kunda o’qituvchilarimiz nafaqat o’z sohalarining bilimdoni shu bilan bir qatorda Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalana olishlari lozim bo’ladi.

Davlatimiz rahbarining “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni, shuningdek, qator qarorlari qabul qilindi.

Mamlakatimizda 2018–2021 yillarda O’zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan bo’lib, unda xalq ta’limi tizimidagi amalga oshirilishi lozim bo’lgan masalalar rejalashtirib olingan. Bu chora-tadbirlar dasturining uchinchi bo’limida Xalq ta’limi tizimida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga bag’ishlangan bo’lib, 2021-yil so’ngiga qadar amalga oshirish belgilab qo’yilgan.

Xalq taʼlimi tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarishning eng muhim sharti hisoblanadi, shuningdek, oʻquv-tarbiya jarayonida taʼlimning innovatsion shakllari va usullarini qoʻllashga koʻmaklashadi. O’qituvchilar dars jarayonlarini tashkil etishlarida AKT vositalaridan samarali foydalanishlari ta’lim usullari va o’qitish jarayonini yangicha yondashuv asosida tashkil etish shakllarini sifatli ravishda qulaylashtirib, o’zgartirish imkonini bermoqda.

Bundan ko’rinadiki, Xalq ta’limi tizimida o’qitish samadorligini oshirish, tayyorlanayotgan mutaxassislarga zamon talablari darajasidagi mukammal bilimlarni yetkaza olish o’qituvchilarning zimmasiga yuklangan vazifadir. Elektron ko’rinishda taqdim etilgan axborot bilan ishlash, Axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) dan foydalangan holda dars mashg’ulotlarini tashkil etish, shu bilan qatorda o’quvchilarning AKT salohiyatlarini shakllantirish faqat informatika fani o’qituvchilari emas, balki, barcha fan o’qituvchilarining vazifasidir.

XXI asrda mehnat bozori ish o’rinlarini o’zgarishiga, yangilarini paydo bo’lishiga ta’sir etar ekan, ta’lim tizimi ham shunga mos ravishda javob berishi kerak. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) ta’lim jarayoniga joriy etish o’quvchilarga XXI asrda muvaffaqqiyatga erishish uchun muhim bo’lgan ko’nikmalarni shakllantirishda eng muhim vositalardan biri bo’lib xizmat qiladi.

AKTni ta’lim jarayoniga joriy etish o’qituvchilardan bir qator ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlikni talab etadi: didaktik materiallarni va faoliyatiga oid xujjatlarni tayyorlashda matn muxarriridan samarali foydalanish, multimedia taqdimotlarini tayyorlash, tarmoq ichida ma’lumotlarni izlash va muloqot qilish.

Ushbu vazifalarni bajarishda o’qituvchilardan kompyuter savodxonligiga ega bo’lishlik talab etiladi. Bugungi kunda kompyuter savodxonligi keng qamrovli tushuncha bo’lib, o’z ichiga juda ham ko’plab ko’nikmalarni oladi. Shular ichidan o’qituvchilar tomonidan kompyuter savodxonligiga ega bo’lishlikning eng kerakli va zarur bo’lgan tayanch qismini ajratib olish muhimdir.

Fan o’qituvchilarining AKT savodxonligi bo’yicha egallashi lozim bo’lgan tayanch ko’nikmalar:

·   Kompyuter haqida tushunchaga ega bo’lish va uning ishlash prinsiplarini bilish (asosiy va qo’shimcha qurilmalari haqida ma’lumotga ega bo’lish);

·  Dasturiy ta’minot haqida bilimlarga ega bo’lish;

·  Didaktik materiallar va ishchi xujjatlarni tayyorlashda matn muxarrirlari, elektron jadvallar va boshqa amaliy dasturlar to’plamidan foydalana olish;

·  Internet tarmog‘i imkoniyatlaridan foydalanishni bilish.

Yuqorida keltirilgan ko’nikmalar AKT savodxonligiga erishish uchun zarur bo’lgan minimal ko’nikmalar hisoblanadi. Bugungi kun o’qituvchisi uchun axborot texnologiyalari uning kasb faoliyatidagi vazifalarnigina (dars rejasini tuzish, taqdimotlar yaratish, Internet tarmog‘idan o’z faniga oid materiallarni to’plash) bajarish uchun emas, balki o’qitadigan fani yuzasidan didaktik materiallar yaratish, o’quvchilarning o’quv faoliyatini tashkil etishda AKT vositalaridan foydalanish (kompyuter tarmog‘i orqali turli vazifalar berish, Internet resurslarini yaratish va ularda ta’lim materiallarini joylashtirish) uchun ham xizmat qilishi kerak.

AKT sohasiga oid savodxonlikni tashkil etuvchilarni alohida tavsiflab chiqsak.

1. Kompyuter haqida tushunchaga ega bo’lish va uning ishlash prinsiplarini bilish:

·  Kompyuter nima?

·  Kompyuter nimalardan tashkil topadi (arxitekturasi qanday)?

·  Kompyuter qanday ishga tushiriladi va ishi to’xtatiladi.

2. Dasturiy ta’minot haqida bilimlarga ega bo’lish:

·  Windows operatsion sistemasida ishlash (fayl va kataloglarni tashkil etish, ular ustida turli amallarni bajarish);

·  Amaliy va o’rgatuvchi dasturlarni o’rnatish va kompyuter xotirasidan o’chirish;

3. Didaktik materiallar va ishchi hujjatlarni tayyorlashda matn muharrirlari, elektron jadvallar va boshqa amaliy dasturlar paketidan foydalana olish:

·  Matnli hujjatlarni yaratish, ularni formatlash, bosmaga chiqarish va ularni uzatish;

·  Matn muharrirlarida jadval, rasm va diagrammalar bilan ishlash;

·  Elektron jadval muxarrirlarida jadvallarni tashkil etish, formulalar bilan ishlash, grafika va diagrammalar yasash;

·  Multimedia dasturlari yordamida pedagogik taqdimotlarni yaratish;

·  Grafik muharrirlar yordamida rasmlarni tahrirlash.

4. Internet tarmog‘i imkoniyatlaridan foydalanishni bilish:

·  Internet tarmog‘ida ta’lim jarayoniga oid materiallarni ma’lumotlarni izlash, ularni yuklab olish va kompyuterga saqlash;

·  Tarmoq orqali veb-forumlarda va vebinarlarda (Internet tarmog‘i orqali o’tkaziladigan seminarlarda) ishtirok etish;

·  Elektron pochta xizmatidan foydalanish;

·  Internet tarmog‘i orqali muloqotlarni amalga oshirish (Skype da audio va videokonferensiyalar tashkil etish);

·  Ijtimoiy tarmoq imkoniyatlaridan foydalanish (Facebook, Twitter, Linkedin va b.).

Yuqorida keltirilgan AKT savodxonligi elementlariga ega bo’lishlik – ta’lim jarayoniga AKTni samarali joriy etishning tashkiliy bir qismi hisoblanadi. Bugungi kunda o’qituvchilarning AKT sohasiga oid kasbiy mahoratini oshirish yo’nalishida asosiy e’tibor ularning kompyuterdan foydalanuvchi sifatida tayyorlashga qaratilgan.

 O’qituvchilar AKT savodxonligiga ega bo’lish bilan chegaralanib qolmasdan, AKT vositalaridan ta’lim samaradorligini oshirish yo’lida to’g‘ri foydalanish metodikasiga ham ega bo’lishlari zarur. Ya’ni, har bir fan o’qituvchisi o’zining darsida AKT vositalaridan didaktik vosita sifatida foydalana olishlari zarur. Shu sababli, malaka oshirish kurslarida nafaqat kompyuter savodxoniligiga oid mashg‘ulotlarni, balki AKTdan foydalanish metodikasiga oid mavzularni ham o’qitish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Taxlillar shuni ko’rsatadiki, kompyuter savodxonligiga ega bo’lgan o’qituvchilar ham dars jarayonida AKT vositalaridan samarali foydalana olmaydilar. Ushbu xolat ko’plab davlatlarning ta’lim tizimiga xos bo’lgan muammodir. Ko’rinib turibdiki, aktuallik jihatidan AKTdan dars jarayonida foydalanish metodikasi AKT savodxonligiga ega bo’lishlikdan ko’ra muhimroq xisoblanadi.

AKTdan dars jarayonida foydalanish metodikasiga oid ko’nikmalarga matn va jadval muharrirlari yordamida pedagogik vositalar yaratishda ularning didaktik imkoniyatlaridan foydalanishni (matn muharririda formulalar kiritish, jadval muxarrirlarida funksiyalarning grafiklarini yaratish va b.) ta’kidlab o’tish mumkin. Bundan tashqari, ushbu metodika AKT vositalaridan darsning qaysi qismida, qancha vaqt davomida foydalanishni nazarda tutadi.

Ushbu fikrlarni tasdig‘i sifatida YUNESCO tomonidan ishlab chiqilgan "O’qituvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilimlarga ega bo’lishlik bo’yicha tavsiyalari"ni keltirish mumkin. Mazkur tavsiyalarni quyidagi saytdan yuklab olish mumkin: www.iite.ru.

Mazkur tavsiyalarda ham zamonaviy o’qituvchining texnologik jihatdan savodxon bo’lishligi va o’quvchilarda ushbu ko’nikmalarni shakllantirish yetarli emasligi alohida ta’kidlanadi.

Xulosa qilib aytish kerakki, zamonaviy o’qituvchi o’quvchilarda AKTdan foydalanishda xamkorlik qilish, vujudga kelgan muammolarni xal etish, bilimlarni izlash, turli manbalardan olgan ma’lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan taxlil qila olish va umumlashtirish kabi ko’nikmalarni hosil qilishga ko’mak berishga qodir bo’lishligi kerak bo’ladi.

Har bir fan o’qituvchisi dars jarayoniga AKT vositalarini joriy etar ekan, ularning tuzilishi va ishlash prinsiplaridan xabardor bo’lishlari kerak.

Axborot texnologiyalarining multimedia vositalari o’quv jarayonida quyidagi


eng muhim jihatlari bilan alohida ahamiyatga egadir:

- differentsial va individual o’qitish jarayonini tashkil qilishi;

- o’qish jarayonini baholash, teskari aloqa bog'lashi;

- o’zini-o’zi nazorat qilish va tuzatib borishi;

- o’rganilayotgan fanlarni namoyish etishi va ularning dinamik jarayonini
ko’rsatishi;

- fan mavzularida animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz kabi kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalanishi;

- o’quvchi – talabalarga fanni o’zlashtirish uchun strategik ko’nikmalar hosil
qilishi va hokazo.

Shuningdek, multimedia vositalarining amaliy tomoni, ulardan o’quv


jarayonida foydalanish va kelgusida ta'lim tizimida o’quv jarayoni uchun
ma'lumotlar bazasini va animatsion taqdimotlar yaratishdek muhim vazifani amalga oshirishga zamin hozirlaydi. Multimedia - jadal rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi:

- axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va


boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar,
animatsiya va boshqalar), turlarini bir dasturiy mahsulotda integratsiyalaydi.
Bunday integratsiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli
qurilmalari;

- muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan


farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum oralig'ida ko’rib
chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish
uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma'lumotlarni uzatish shinasining
o’tkazish kobiliyati operativ va video-xotira, katta sig'imli tashqi xotira, hajm va
kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki
barovar oshirilishi talab etiladi;

- “inson-kompyuter” interaktiv muloqotning yangi darajasi, bunda muloqot


jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki,
mazkur holat ta'lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi;

- multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta'lim berish va kadrlarni qayta


tayyorlashni yo’lga qo’yish hozirgi kunning dolzarb masalasidir.
Rivojlangan mamlakatlarda o’qitishning usuli hozirgi kunda ta'lim sohasi
yo’nalishlari bo’yicha tadbiq qilinmokda. Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish ikki barobar unumli va vaqtdan
yutish mumkin. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30% gacha vaqtni tejash mumkin bo’lib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar o’quvchilar berilayotgan materiallarni ko’rish asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlash 25-30% oshadi. Bunga qo’shimcha sifatida o’quv materiallari audio, video va grafika ko’rinishda mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75% ortadi. Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish kuyidagi afzalliklarga ega:

- berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o’zlashtirish


imkoniyati borligi;

- ta'lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada


ortadi;

- ta'lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga


erishish;

- olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq saqlanib, kerak bo’lganda amaliyotda


qo’llash imkoniyatiga erishiladi.

Multimedia vositalari asosida o’qitish jarayonida aniq fanni kompyuter


asosida to’liq o’qitish, ma'ruza matnlarini taxrirlash, talabalar topshirgan nazorat
natijalarining taxlili asosida ma'ruza matnlarini bayon qilish uslubini yaxshilash,
o’quvchi-talabalar axborot texnologiyalarini multimedia vositalari asosida
animatsiya elementlarini dars jarayonida ko’rishi, eshitishi va mulohaza qilish
imkoniyatlariga ega bo’ladi.

Video orqali o’qitish metodikasi juda samarali bo’lishiga qaramay, bu metodika, asosan texnik sabablarga ko’ra, 2000-yillarga qadar keng tarqalmadi. Bunga asosan o’sha paytdagi video va audio yozadigan qurilmalarining qimmatligi, yozish mumkin bo’lgan ma’lumotning hajmi juda kichikligi, ishlatishda noqulayligi va qiyinchiliklar hamda qurilmalar hajmining kattaligi va foydalanish davri juda qisqaligi sabab bo’lgan. Videota’limga hozirgi kunda qiziqish ortib borayotganiga hayotimizga singib ketgan, o’zida katta hajmdagi ma’lumotlarni olib yura oladigan, USB, DVD, Blu-ray kabi vositalar paydo bo’lishi va keng tarqalishini, shaxsiy kompyuterlarning ommalashishini hamda Internetning ma’lumot uzatish tezligi kundan-kunga oshib borayotganini sabab qilib ko’rsatish mumkin.

Bundan tashqari, arzon foto va videokameralarning paydo bo’lishi hamda kundan-kunga video, audio va fotomontaj uchun oddiy kompyuter dasturlarining paydo bo’lishi, shunday o’zgarishlarni olib kirib keldiki, amalda deyarli har bir inson, bilim va tajribaga ega sohasida videoqo’llanma, videokurs va videodarsliklar yaratishi mumkin. Videodarsliklar, videoqo’llanmalar va videokurslar, odatda, ma’lum bir sohaning ustalari va tajribali mutaxassislar yoki boshqalarga ulashgudek tajribaga ega odamlar tomonidan yaratiladi hamda yoritilayotgan mavzu atroflicha batafsil ko’rib chiqiladi.


Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish