turar joy nomlari antroponimlar deb ataladi: Yo’ldoshobod, Yusufqo’rg’oncha,
Antroponimlar, ya’ni kishi ismlari, laqablari, taxallusslar, familiyalardan
Mallaxon singari qishloq nomlari va boshqalar. Antropooykonimlar juda uzoq tarixiy
38
davr mahsuli bo’lib, ularning vujudga kelishi ham ancha qadimiydir. Bu turdagi
toponimlar jamiyatda sinflarning paydo bo’lishi, quldorlik tizumining yuzaga kelishi
bilan yaratila boshlandi. Xususiy mulkchilikka asoslangan feodalizmning shakllanishi
bunday nomlarni yanada ko’paytiradi. Yerning har bir parchasi kimningdir xususiy
mulki bo’lgan bir paytda, tabiiyki, uning egasining nomi asosiy farqlovchi belgiga
aylanadi. Natijada, joylar katta yer egalari-feodallar, urug’ va jamoat boshliqlari,
mahalliy hukmronlar nomi bilan ataladigan bo’ldi.
Respublikamiz bo’yicha to’plangan faktik materiallar shuni ko’rsatadiki,
o’tmishda kishi atoqli otlarning joy nomiga aylanishi turli xil usullarda yuzaga kelgan.
Ularning eng muhim turlari quyidagilardir:
1.Kishi ismining o’zi bilan atalgan oykonimlar. Bunga ko’ra shaxs ismi hech
qanday qo’shimcha element qabul qilmasdan joy nomiga aylanadi. Masalan,
Shokirboy, Maqtosim (Moskva rayoni), Mamayusup (Baliqchi rayoni), Shomat
(Marhamat rayoni), Mirzaqul (Ishtixon rayoni), Xudoyberdi, Sotiboldi (Paxtachi
rayoni), Do’stmat (Baxmal rayoni), Sobirjon, Bekmurod (Leningrad rayoni), Islom,
Sulaymon (O’zbekiston rayoni), Nabi, Kimsan (Qirov rayoni), Salim, ro’ziqul,
To’raqul (Quva rayoni), Tangriqul, Rahmatullo, Shopo’lat (Frunze rayoni), Nodirmat
(Oxunboboyev rayoni) va boshqalar.
2.Kishi ismlari va unga qo’shilib qo’llangan titul nomidan iborat oykonimlar:
Badalboy (Lenin rayoni), Ahmadbek (Moskva rayoni), Alixon (Chortoq rayoni),
O’rmonbek, Olimbek (Baliqchi rayoni), Shodmonbek (Paxtaobod rayoni), Jalabek,
Jiyanbek (Oltinko’l rayoni), Hsanboy (Toshkent rayoni) Shoyimbek, Mallaxon,
Botirxo’ja (O’zbekiston rayoni) Melixo’ja, Yodgorxo’ja, Azizxo’ja, Mo’minxo’ja
(Kattaqo’rg’on rayoni), Avazboy (Rishton rayoni), Orifboy (Quva rayoni), Musobek
(Frunze rayoni) cingarilar.
Mazkur oykonimlar kopincha shu oykonim ucnun asos bo’lgan shaxsning tarixda
egallagan mavqeini eslatib turadi. Antropooykonimlar tarkibidagi shaxsning ijtimoiy
kelib chiqishi va sotsial ahvolini ko’rsatib turuvchi yuqori tabaqa vakillari manosi
39
yaqqol anglashiladi. Aniqrogi, bu so’zlar Ulug’ Oktyabr sotsialistik revolutsiyagacha
bo’lgan hayotning turli davrlari, o’sha davrdagi tabaqalanish, hokimlik
munosabatlarining tildagi tarixiy izlari sanaladi. Ulug’ Oktyabr sotsialistik
revolyutsiyasidan keyingi davr o’zbek tili taraqqiyotida bek, xon, boy, xo’ja
so’zlarida funksional o’zgarish yuz berdi, endi ular sotsial titullarni anglatmaydigan
bo’lib qoldi. Hozirgi o’zbek tilida mazkur so’zlar affiksond sifatida erkalash, hurmat
ma’nosini ifoda qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: