Oʻzbekiston respuplikasi oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi muqimiy nomidagi qoʻqon davlat pedagogika instituti


Globallashuv sharoitida Oʻzbekiston taʻlim modelining namoyon boʻlish xususiyatlari



Download 0,65 Mb.
bet5/22
Sana12.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#660453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
GLOBOLLASHUV SHAROITIDA MILLIY TAʼLIM TIZIMIDAGI ISLOHATLARNI AMALGA (2)

1.2. Globallashuv sharoitida Oʻzbekiston taʻlim modelining namoyon boʻlish xususiyatlari
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan soʻng barcha sohalarda islohotlar amalga oshirila boshlandi. Chunki, kishilar ongida yillar davomida qotib qolgan totalitar tuzum, boqimandalik kayfiyatidan qutulish kerak edi. Zero, mamlakat mustaqilligi har bir fuqarodan mustaqillik, tashabbusni, yangicha dunyoqarashni talab etadi. “Eski qolipda, mustabid davrda yozilgan darsliklardan foydalanib, eski mafkuradan xalos boʻlmasdan bolalarimizni yangicha fikrlashga oʻrgata olmaymiz”28. Taʻlim-tarbiya tizimiga yondoshuv negizida bevosita shaxs shakllanishi ham alohida eʻtiborga molik hodisadir. “Taʻ
limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. Oʻzining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega boʻlgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega boʻlamiz. Ana shundan keyin ongli turmush kechirish jamiyat hayotining bosh mezoniga aylanadi. Shunda odam olomon boʻlib, har lahzada serkaga ehtiyoj sezib emas, aksincha – oʻz aqli, oʻz tafakkuri, oʻz mehnati, oʻz masʻuliyati bilan, ongli tarzda, ozod va hur fikrli inson boʻlib yashaydi. Bunday odamlar uyushgan jamiyatni ular barpo etgan maʻnaviy-ruhiy muhitni soxta aqidalar, baqirik-chaqiriqlar, havoyi shiorlar bilan aslo buzib boʻlmaydi. Ularni oʻzlari aql-idrok va qalb amri bilan tanlab olgan hayotiy maqsadlardan chalgʻitib boʻlmaydi”29. Mamlakatimizda taʻlim-tarbiya tizimi bilan bogʻliq huquqiy baza yaratilgan va bu keyingi yillarda oʻz natijalarini koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston yoshlari rivojlangan mamlakatlar yoshlari bilan bir qatorda, tengma-teng dunyoning yirik oʻquv yurtlarida tahsil olishmoqda. Mamlakatimiz oʻquv yurtlari chet-el oʻquv yurtlari bilan uzviy hamkorlikni yoʻlga qoʻygan, oʻzaro tajriba va talaba almashish izchil davom etmoqda. Mamlakatimiz talabalarining salohiyati, iqtidori hukumat tomonidan ham muntazam kuzatib boriladi. Talabalarni ragʻbatlantirish, ularga qoʻshimcha kuch bagʻishlash maqsadida oʻquv yurtlari va hukumat tomonidan turli yoʻnalishlarda maxsus stipendiyalar, imtiyozlar joriy etilgan. Oliy oʻquv yurtlarida “Yosh olimlar” klublari va axborot resurs markazlari faoliyat koʻrsatmoqda. Shu oʻrinda aytish kerakki, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan va hozirda davom etayotgan taʻlim-tarbiya tizimidagi islohotlar oʻqituvchi, murabbiylardan ham yuksak maʻnaviyat, bilim, doimiy izlanishni talab etadi. Bu esa oʻz navbatida, umumiy samaraning yuqori boʻlishini taʻminlaydi. Shuni mamnuniyat bilan qayd etish lozimki, oʻquv yurtlari talabasi boʻlishni istovchilar soni yildan-yilga oshib bormoqda. Zero, islohotlar koʻlami keng miqyosda va jadallik bilan olib borilmoqda. Shu bilan birga, bu islohotlarning davlat siyosati darajasida koʻrilishi taʻlim-tarbiyaning mamlakat taraqqiyotidagi oʻrnining nechogʻlik muhim va dolzarb vazifa ekanligini belgilaydi. Prezidentimiz mazkur sohadagi islohotlar samarasini ijobiy maʻnodagi “portlash effekti” deb atagan edi. Hozirda bu “portlash” yuz berdi deb bemalol aytish mumkin. “Maʻlumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik boʻlmish ilmu maʻrifat, taʻlim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti deb bilgan. Albatta, taʻlim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, yaʻni xalq maʻnaviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, taʻlim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni oʻzgartirmasdan turib, maʻnaviyatni rivojlantirib boʻlmaydi”30. Oliy oʻquv yurtlarida ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, uning samaradorligini oshirish shuning uchun ham muhimki, talabalar yosh xususiyatlariga koʻra mustaqil faoliyat yuritish, mikrosotsiumda oʻz oʻrnini topish va hayotiy maqsadini belgilab olishga nisbatan jiddiy munosabatda boʻladilar. Shuning uchun ham talabalarga ijtimoiy munosabatlarning huquqiy meʻyorlarini singdirish, ularda nomaqbul xatti-harakatlarni sodir etishdan himoya qiluvchi mezonlar haqida tasavvur hosil qilish muhimdir. Oliy oʻquv yurtlarida talabalar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari uchun quyidagi shart-sharoitlarni yaratish taqozo qilinadi:
1) talabalarda ilmiy tadqiqotchilikka oid madaniyatning shakllanishiga zamin hozirlash;
2) talaba-yoshlarda ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish nafaqat davlat, balki shaxs manfaatlarini ham qondirishiga ishonchning qaror topishiga erishish;
3) talabalarda ilmiy tadqiqot ishlariga oid bilimlarni oʻzlashtirishga boʻlgan ichki ehtiyoj va qiziqishning yuzaga kelishini taʻminlash;
4) talabalarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish meʻyorlariga nisbatan hurmatni qaror toptirish;
5) talabalarda ilmiy tadqiqot faoliyatiga oid koʻnikma va malakalarni shakllantirish;
6) talabalarda ilmsizlikka qarshi kurash tuygʻusini tarbiyalash;
7) talablarda ilmiy-pedagogik madaniyat va faollikni qaror toptirish;
8) talabalarda ilm orqali bilim olish koʻnikmalarini shakllantirish.
Oliy oʻquv yurtlarida ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish uchun uzluksiz taʻlim tizimining barcha boʻgʻinlari, shuningdek, ijtimoiy tashkilotlar, oila, mahalla va jamoat tashkilotlari bilan mustahkam aloqa oʻrnatish muhim ahamiyatga ega. Zero, shaxsda ilmiy tadqiqot madaniyati ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida namoyon boʻladi. Binobarin, shaxsning ilm-fanga boʻlgan munosabati jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas bogʻliqdir.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvi taʻlim tizimi oldiga ijtimoiy-pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishning ilmiy-pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash kabi dolzarb vazifalarni qoʻymoqda. Bu vazifalarning yechimi amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining sifati va samaradorligiga bogʻliq. Respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov oliy oʻquv yurtlarida ilmiy tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish jamiyat rivojlanishining muhim omili ekanligiga alohida urgʻu berib kelmoqda.
Jamiyat taraqqiyoti uchun zarur, dolzarb muammolarning hal etilishiga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish ushbu jarayonning asosiy maqsadlaridan biridir.
Jamiyat aʻzolarining ijtimoiy faolligi ularning ilmiy salohiyati hamda ilmiy dunyoqarashi bilan belgilanadi. Hozirgi davrda taraqqiy etgan davlatlarning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy ravnaqi fan taraqqiyoti bilan chambarchas bogʻliqdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligining 2007-yil 28-fevraldagi №37-sonli buyrugʻi 4-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy taʻlim muassasalarida talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida namunaviy nizom”ning 9-bandida oliy taʻlim muassasalarida talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etishning asosiy tamoyillari quyidagicha belgilangan:
- taʻlim-tarbiya, oʻquv va ilmiy tadqiqot jarayonlari integratsiyasini taʻminlash;
-taʻlim jarayonini tashkillashtirishda talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatining turli shakllarini joriy etishni nazarda tutish hamda uning uzviyligi va uzluksizligini taʻminlash;
- talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyati ishtirokchilarini moddiy va maʻnaviy ragʻbatlantirishning turli shakllarini joriy etish;
- talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etishda oliy taʻlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, doktorant va aspirantlari hamda soha mutaxassislari va ilmiy tadqiqot muassasalari xodimlarini keng jalb etish.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish