O’zbekiston Respulplikasi Qurilish vazirligi Toshkent Arxetiktura Qurilish Instituti Qurilishni boshqarish fakulteti “Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyas” fanidan
Mavzu: Binolarni ketma ket usulda barpo etish.
Bajardi:Abdurahmonova R.
Tekshirdi:Dosimbetov N.
Toshkent 2022.
MUSTAQIL ISH
ISHLARNI BAJARISH KETMA-KETLIGI Ishlarni. bajarish ketma-ketligi qo’yidagi asosiy omillar bilan belgilangan bo’lib va ularni bosqichma-bosqich o’zlashtirilishi, qurilish jarayonini amalga oshishiga olib keladi.

Qurilishni amalga oshirishning birinchi bosqichi – bu qurilish territoriyasini tanlash. Bu bosqichda qo’yilgan masalaga qarab ma‘qul erda joylashgan , qurilish davrida qurilish materiallari, konstruksiyalari va resurslar bilan ta‘minlash talablariga va ekspluatatsiya (foydalanish) kerakli talablariga javob beradigan er uchastkasi ( maydoni) tanlaniladi. Davlat talablari asosida rasmiylashtirish , qurilish uchun er uchastkasini ajratish va arxitektura-rejaviy topshiriqni tayyorlash ishlari amalga oshiriladi.

Maydonni tayyorlash majburiy bosqich bo’lib, ishlar tarkibi bo’yicha sanoat va fuqaro qurilishidagidek bo’ladi. Asosan maydonni tayyorlashda muhandislik tadqiqotlarini o’tkazish, barpo etilayotgan binoni mahalliy sharoitga bog’lash, eski binolarni buzish, tarmoqlarni ko’chirib o’tqazish, vaqtinchalik bino va inshootlarni barpo etish kabi ishlar nazarda tutiladi. Alohida binoni yoki yaqin joylashgan bir xil tipdagi kompleks (majmua)ni barpo etish uchun qabul qilingan ishlarni bajarish ketma-ketligi sezilarli darajada umumiy qurilish muddatiga ta‘sir qiladi. Binolar qurilishining yoki o’zaro bog’liq ishlarni bajarilishining uchta asosiy usuli mavjud.