O’zbekiston respulikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


Amaliy ko‘nikmalar ro‘yhati



Download 10,34 Mb.
bet122/140
Sana27.03.2022
Hajmi10,34 Mb.
#513220
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   140
Bog'liq
3 kurs 6 semestr majmua

Amaliy ko‘nikmalar ro‘yhati:

  1. Maktabgacha ta’lim muassasalari loyihasini ekspertizasi.

  2. Umum ta’lim maktablari loyihasini ekspertizasi.

  3. Bolalar o‘yinchoklarini gigiyenik baholash tartibini tushuntirib bering.

  4. Bolalar kiyimini sanitar ekspertizasi.

  5. Maktab darsliklarini gigiyenik baholash tartibini tushuntirib bering.

  6. Maktabgacha ta’lim muassasalari kun tartibini baholash.

  7. Maktabda o‘quv-tarbiya jarayonini gigiyenik baholash.

  8. Jismoniy tarbiyaning tashkil etilishi va gigiyenik sharoitlarini baholash.

  9. Bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanishini gigiyenik baholash.

  10. Jismoniy yuklamaning fiziologik egriligini aniqlang.

  11. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktabga yetukligini aniqlash.

  12. Bolalar poyabzallariga gigiyenik baho berish.

  13. Maktab jihozlariga gigiyenik baho berish.

  14. O’smirlarni kasbga yo‘naltirilishini gigiyenik baholash.



O’quv SEO va JSX Boshqarmasi amaliyotini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Talabalarning “Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi” fani bo‘yicha amaliy qismi ta’lim jarayonining 50%ini tashkil qiladi va amaliy mashg‘ulotlar “SEO va JSX Boshqarmasi” moduli, SEO va JSX Boshqarmasining “Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi” bo‘limida va laboratoriya xonasida o‘tkaziladi.
Amaliy mashg‘ulotda amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatish jarayoni batafsil rejalashtiriladi va bir necha bosqichni o‘z ichiga oladi:
1.Birinchi bosqich – mashg‘ulotning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda o‘rganilayotgan amaliy ko‘nikmani o‘rganish motivatsion asosi aniqlanadi, uning nazariy jihatlari muhokama qilinadi. Amaliy ko‘nikmalarni amalga oshirish uchun kerakli asbob anjomlar ishlash mexanizmi, ishlatish qoidalari bilan talabalar tanishtiriladi.
Birinchi bosqichni amalga oshirish uchun kafedrada barcha asbob-anjomlar mavjud va ishchi holatda bo‘lishi lozim.
2. Ikkinchi bosqich – amaliy ko‘nikmani namoyish qilib berish va ko‘p marta mashq qilish. Bu bosqichni amalga oshirish uchun amaliy ko‘nikmalarni kadamma kadam algoritmi pedagog tomonidan va videofilmlar orqali namoyish etiladi, algoritm asosida bosqichma bosqich to‘g‘ri bajarishga alohida e’tibor qaratiladi. Talaba amaliy ko‘nikmani mustakil, biroq pedagog nazorati ostida mulyajlar, trenajyorlar, fantomlar va manekenlarda, talabalar o‘zaro bir-birida ko‘p marta mashq qilib o‘rganadilar. Boshida barcha bosqichlarini alohida, keyin umumlashtirgan holda to‘liq va to‘g‘ri bajara olgandan so‘ng amaliyotda qo‘llashga ruhsat beriladi (imitatsion trening).
Ikkinchi bosqichni amalga oshirish uchun kafedra tomonidan ishlab chiqilgan amaliy ko‘nikmalar qadamma-qadam algoritmi va videofilmi, o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi, bajarish sxemasi yoki texnikasi va h.k., baholash mezonlari ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Mulyajlyar, trenajyorlar, fantomlar va manekenlar, imitatorlar, asbob anjomlar bo‘lishi lozim va kerakli shart sharoitlar (maksimal darajada ish sharoitiga yaqin modellashtirilgan) yaratilishi lozim. Bu bosqichda pedagog nazorat qiladi va kerak bo‘lganda talabalar ishidagi xatoliklarni to‘g‘irlaydi. Bu jarayonda talaba harakatlari videotasvirga olinib o‘ziga namoish etilishi, kritik muhokama qilinishi mumkin. Talaba, uning xatosi nimada ekanligini, o‘qituvchiga va boshqa talabalarga tushuntirib beradi va so‘ngra kunikmani takrorlaydi. Interfaollik shunda namoyon bo‘ladiki, bunda boshqa talabalar ekspert sifatida chiqishda va o‘qitilayotgan talabaning amaliy ko‘nikmani to‘g‘ri o‘zlashtirganligini baholashda ishtirok etadilar. Amaliy ko‘nikma avtomatizm darsigacha yetkazilishi maqsadga muvofiq.
3. Uchinchi bosqich - o‘rganilgan bilim va amaliy ko‘nikmani amaliyotda qo‘llash. Bu bosqichda talaba o‘zlashtirilgan bilim va amaliy ko‘nikmani turli xil holatlarda (shu jumladan epidemiologik vaziyatlarda) qo‘llashga, olingan natijalarni tahlil qilishga va shu ma’lumotlar asosida harakat taktikasini belgilashga pedagog nazoratida o‘rgatiladi.
Uchinchi bosqichni amalga oshirish uchun kafedra tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar, fotosuratlar, vaziyatli masalar va testlar to‘plami, keyslar, dalolatnomalar, namunalar olish bayonnomalari, o‘rgatuvchi etalon dalalatnomalar, bayonnomalar va sanitar-gigiyenik xulosalar va x.q. ishlatilishi lozim. Interfaollik shunda namoyon bo‘ladiki, bunda boshqa talabalar nafaqat ekspert sifatida chiqishda va o‘qitilayotgan talabaning amaliy ko‘nikmani to‘g‘ri o‘zlashtirganligini baholashda balki komandada ishlashda ishtirok etadilar.
4. To‘rtinchi bosqich – hulosa. Bu bosqichda pedagog talaba tomonidan olingan bilim va egallagan ko‘nikmani turli xil vaziyatlarda, faoliyat jarayonida to‘g‘ri va to‘liq qo‘llay olishiga ishonch hosil qilishi kerak va shunda amaliy ko‘nikma o‘zlashtirildi deb xisoblanadi.
To‘rtinchi bosqichni amalga oshirish uchun talaba tekshiruv ob’ekti va sanitar-gigiyenik laboratoriyada mustaqil ishlashi pedagog tomonidan nazorat qilinadi, tibbiy xujjatlarni, tekshiruv dalolatnomasi,namuna olish bayonnomasini (xisob shakllarini) va gigiyenik xulosalarni yozib himoya qilganda baholanadi.
Mashg‘ulot so‘nggida o‘qituvchi har bir talabaning amaliy ko‘nikmani o‘zlashtirganligini tasdiqlaydi. Talaba amaliy ko‘nikmani o‘zlashtira olmagan vaziyatlarda, mashg‘ulotdan tashqari vaqtda mustaqil o‘zlashtirish tavsiya etiladi va pedagogga qayta topshiradi. Talaba barcha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan holda fanni o‘zlashtirgan hisoblanadi.



Download 10,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish