1921-yil 4-martda Moskvada BXSR va RSFSR o’rtasida Ittifoq shartnomasi va iqtisodiy
bitim imzolandi. Bu esa Rossiya Federatsiyasi va uning Turkistondagi vakolatli namoyandalariga
Buxoro Respublikasi ichki ishlariga bevosita aralashish, u yerdagi o’zgarishlarni nazorat etish va
uni aniq sotsialistik maqsadlar sari yo’naltirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi.
Shuningdek, Buxoro Xalq Sovet respublikasining asosiy rahbar tashkiloti - Buxoro Kompartiyasi
RKP (b) MQ 1922-yil mayida “Turkiston-Buxoro ishlari haqida” qaror qabul qildi. Unda
O’rta Osiyoda, jumladan, Buxoroda jadallik bilan “sotsialistik tuzumni mustahkamlash” qat’iy
uqtirildi. Shuningdek, RKP (b) MQ ning 1923-yil 12-iyunda qabul qilgan Buxoro masalasiga
doir maxsus qarori ham bu davlatning ichki ishlariga qo’pollik bilan aralashish edi. Negaki, unda
Buxoroning rivojlanish jarayonini “sotsialistik izga” burib yuborish maqsadi ko’zda tutilgandi.
Buxoro xalqining tub milliy manfaatlari yo’lida fidoyilik bilan faoliyat yuritgan, inqilobiy
A.Fitrat, M.Aminov, Otaxo’jayev, Yoqubzoda va boshqalar Moskva vakillarining talabi
bilan respublika hukumati tarkibidan chetlatildi. Buxoro XSRning 1921-yil sentabrida qabul
qilingan Konstitutsiyasi ham RSFSR Konstituttsiyasi andozasida tuzilgan edi. Hukmron Markaz
tashabbusi bilan 1923-yil martida
O’rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi
ning tuziliish va uning
tarkibiga Buxoro XSRning ham jalb qilinishi bu uning iqtisodiy mustaqilligining asta-sekin
qo’ldan boy berib borilishiga sabab bo’ldi. Moskva tazyiqi ostida bu hududda sotsialistik
o’zgarishlar izchil amalga oshirilib borildi. 1924-yil 18-20-sentabrda bo’lib o’tgan V
Butunbuxoro qurultoyi BXSRni
Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi
deb e’lon qildi. Nihoyat,
1924-yilda o’tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi natijasida uning hududlari O’zbekiston va
Turkmaniston Sovet sotsialistik respublikalari tarkibiga qo’shib yuborildi, Buxoro davlat sifatida
tugatildi.
Sovet hokimiyatiga qarshi ko’tarilgan bu qurolli harakatning mazmun mohiyatini sovet
mustamlakachilari muttasil buzib, soxtalashtirib keldilar. Uni sovet tarixshunosligida
«bosmachilar harakati», «aksilinqilobiy kuchlar bosqini», «bir to’da yurt buzg’unchilari
harakati»
singari nomlarda ta’riflab kelindi. Biroq tarixiy haqiqat milliy istiqlol sharofati bilan
to’liq tiklanib, o’z haqqoniy, xolis bahosini topdi. Bu harakat sovetlar mafkurasi to’qib chiqargan
shunchaki
«bosmachilar»
harakati emas, balki sovet hokimiyatining zo’ravonlikka asoslangan
siyosati va amaliyotiga qarshilik ko’rsatish harakatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: