O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/507
Sana22.01.2022
Hajmi5,44 Mb.
#400278
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   507
Bog'liq
Ozbekiston tarixi (2)

Yer mulkchilik shakllari. 

Buxoro davlatida yer-suv mulkchiligining uch shakli mavjud edi: 

1) davlat yerlari (bu amlok yerlar deb ham atalgan); 2) mulk yerlari (xususiy); 3) vaqf yerlari. 

Davlat  yerlarining  suvsiz  dasht,  to‘qayzor  qismi  ko‘chmanchi  jamoalarga  bo‘lib  berilgan 

bo‘lib,  ular  bu  yerlardan  foydalanganliklari  uchun  davlatga  xiroj  to‘lar  edilar.  Bunday  yerlar 

sotilmasdi va ayirboshlanmasdi. Davlat yerlarining boshqa hir qismi hukmron sulola a’zolariga, 

yirik  davlat  mansabdorlariga,  lashkarboshilariga  davlat  oldidagi  xizmatlari  evaziga  suyurg‘ol 

shaklida  in’om  etilgan  edi.  Suyurg‘ol  olganlar  u  yerni  boshqarish  huquqini  ham  olganlar. 

Suyurg‘ol egasi davlat xazinasiga xiroj to‘lashi hamda oliy hukmdorning chaqirig‘iga ko‘ra, o‘z 

qo‘shini bilan harbiy yurishlarda ishtirok etishi lozim edi. 

XVI asrdan boshlab davlat yerlarini „tanho“ deb nom olgan shaklda in’om etish qaror topa 

borgan.  Bunday  in’omga  sazovor  ho‘lgan  kishi  yerga  emas,  mansabining  darajasiga  qarab  shu 

yerdan  olinadigan  soliqning  ma’lum  qismiga  egalik  qilgan.  XIX  asrda  ham  amirlikda 

tanholarning soni tobora ortib borgan. Eng kichik tanho yeri 3-5 gektarni tashkil etgan. 

Davlat yerlarining yana bir qismi dehqonlarga ijaraga berilgan. Xazinaga eng ko‘p soliq ham 

ana shu yerlardan tushar edi. 

Xususiy yerlar (mulk)ning bir qismi xususiy shaxslarning yerlari bo‘lib, ularning bu yerlarga 

egalik qilishlari davlat xizmati bilan bog‘liq bo‘lmagan. 



Bunday yerlar, asosan, amirlikda asrlar 

osha yashab kelayotgan arablarga qarashli bo‘lgan.

 Bu yerlardan 1/10 qismi miqdorida o‘lpon 

to‘lanardi.  Mulk  yerlarining  ikkinchi  qismi  (mulki  hur  yoki  mulki  hurri  xolis)  davlat  xizmati 



bilan  bog‘liq  bo‘lib,  bunday  yerlar  urushlarda  jasorat  ko‘rsatgan  yoki  hukmdorning  alohida 

topshiriqlarini  bajarishda  namuna  ko‘rsatgan  shaxslarga  berish  natijasida  vujudga  kelgan. 

Bunday  yerga ega bo‘lgan shaxslarga maxsus  yorliqlar berilgan hamda  ular barcha soliqlardan 

ozod etilgan. 



Vaqf  yerlari

  –  bu  masjid,  mozor,  xonaqoh,  madrasa  va  maqbaralar  uchun  ajratilgan  yerlar 

edi.  Bunday  yerlar  musodara  etilgan,  davlat  hamda  yirik  yer  egalari  tomonidan  hadya  etilgan 

yerlar  hisobiga  vujudga  keltirilar  edi.  Masjid,  madrasa,  qabristonlarning  asosiy  sarf-xarajatlari, 

shuningdek,  talabyu,  mudarris  hamda  mutavallilarga  beriladigan  nafaqa  va  maoshlar  vaqf 

yerlaridan  olinadigan  daromad  hisobidan  qoplanar  edl.  Yaqf  mulkini  mutavalli  tasarruf  etishi 

belgilab qo‘yilgan edi. 


Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   507




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish