O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Shayboniylar davrida davlat boshqaruvi



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/507
Sana22.01.2022
Hajmi5,44 Mb.
#400278
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   507
Bog'liq
Ozbekiston tarixi (2)

Shayboniylar davrida davlat boshqaruvi.

 Buxoro xonligi ma’muriy jihatdan viloyatlar va 

tumanlarga  bo‘lingan.  Xonlikda  oliy  davlat  idorasi 

dargoh

  deb  atalgan.  Uning  tepasida  xon 

turgan.  Ijro  etuvchi  hokimiyat 

devon

  (vazirlik)  deb  atalgan.  Unga 



devonbegi

  (bosh  vazir) 

rahbarlik qilgan. Katta nufuzga ega bo‘lgan devonbegi ayni paytda davlatning moliya va xo‘jalik 

ishlarini ham boshqargan.  

Yana  bir  katta  davlat  mansabi  – 

otaliq

  edi.  Xon  siyosatining  viloyatlardagi  ta’siri  otaliq 

mansabiga  tayinlanganlarning  nufuzi  bilan  belgilangan.  Xon  viloyatlarni  shahzodalarga 

taqsimlab  berar  ekan,  ularga  rahnamo  etib  o‘z  nazoratchisini,  ishongan  kishisini  tayinlagan. 

Bunday  nazoratchi,  ishonchli  shaxs 

otaliq

  deb  atalgan.  Balog‘atga  yetmagan  shahzodalar 

ulg‘ayib,  mustaqil    faoliyat  yuritgunlariga  qadar  viloyatlardagi  davlat  ishlarini  uning  nomidan 

otaliqlar boshqargan. 

Yana bir davlat mansabi – 

parvonachi

 deb atalgan. Uning vazifasi xon farmonlarini, rasmiy 




hujjatlarni mas’ul shaxslarga, ijrochilarga yetkazishdan iborat bo‘lgan. 

Dodxoh

  mansabida  ishlagan  amaldor  dargohga  tushgan  arizalarni  qabul  qilgan  va  ularga 

javob  qaytargan.  Shuningdek,  dodhoh  mamlakatda  adolat  mezonlariga  amal  qilinishini  ham 

nazorat qilgan. 

Muhim  davlat  mansablaridan  yana  biri 

–  ko‘kaldosh

  mansabi  edi.  Bu  mansabga  xon 

sulolasiga  eng  yaqin  shaxslardangina  tayinlangan.  Ko‘kaldosh  xon  siyosatiga  fuqarolarning 

munosabatini o‘rgangan va bu siyosatning daxlsizligini ta’minlagan. 

Xon va shahzodalar o‘rtasidagi  ichki munosabatlar masalasi  bilan 

xon  yasovuli

  mansabida 

ishlagan amaldor shug‘ullangan. 

Shayboniylar davlatida 



eshikog‘aboshi

 lavozimi ham muhim sanalgan. U dargoh xavfsizligi, 

undagi tartib hamda kelgan-ketganlardan xabardor bo‘lib turish masalalari bilan shug‘ullangan. 

Yuqori  davlat  lavozimlari  ichida  katta  mavqega  ega  bo‘lgan  lavozimlardan  yana  biri 



shayxulislom

  hisoblangan.  Shayxulislom  shariat  qonunlari  bajarilishi  ustidan  nazoratni  amalga 

oshirgan. 

Qozikalon

 bo‘lgan amaldor esa sud ishlariga yetakchilik qilgan. 

Yana  bir  muhim  davlat  lavozimi 

muhtasib

  (rais)  deb  atalgan.  Bu  lavozimni  egallagan 

amaldor  mamlakatda  jamoat  tartibining  saqlanishini,  diniy  marosim  va  amallarga  rioya 

qilinishini  kuzatgan,  bozorlarda  narx-navo  va  tarozilarning  to‘g‘riligini  nazorat  qilish  bilan 

shug‘ullangan. 

Mehtar

  lavozimiga  tayinlangan  mansabdor  esa  zakot  va  boshqa  tushumlardan  tushgan 

mablag‘larni zarur o‘rinlarda ishlatishni nazorat qiluvchi amaldor hisoblangan. 

Xonlikda  davlat  lavozimi  mansabdori  hisoblanmasa-da, 



naqib 

unvoniga  sazovor  bo‘lgan 

shaxsning xon saroyida nufuzi baland bo‘lgan. Chunonchi, u xonning yaqin va ishonchli kishisi 

sanalgan. Ayni paytda, u davlat ichki va tashqi siyosati masalalarida xonning maslahatchisi ham 

hisoblangan. Zarur bo‘lganda elchilik vazifasini ham bajargan.  


Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   507




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish