uch qardosh davlatlar o‘rtasida abadiy do‘stlik haqida
shartnoma imzolandi.
Bu hujjatda o‘zbek, qozoq, qirg‘iz xalqlarining orzu-niyatlari o‘z ifodasini
topdi. Mazkur shartnoma uch qardosh davlat xalqlarining iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy-
texnikaviy hamkorligini yangi asoslarda rivojlantirishga yo‘naltirdi.
1997-yil 12-dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasining yangi poytaxti - Ostona shahrida
Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Prezidentlarining kengashi bo‘lib o‘tdi. Kengashda uch
mamlakat o‘rtasida energetika, suv zaxiralaridan oqilona foydalanish, oziq- ovqat ta’minoti,
kommunikatsiya hamda mineral xomashyo zaxiralarini o‘zlashtirish va qayta ishlash sohalari
bo‘yicha xalqaro konsorsiumlar tuzish to‘g‘risida muzokara bo‘ldi. Prezidentlar xalqaro
konsorsiumlar tuzish bo‘yicha uch mamlakat hamkorligi tamoyillari konsepsiyasini
ma’qulladilar. 1998-yilda Tojikiston Respublikasi Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo
bo‘lib kirdi.
2000-yil 20-21-aprel kunlari Toshkentda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va
Tojikiston Respublikalari Prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda mintaqaviy
hamkorlik va mamlakatlararo munosabatlarga doir masalalar muhokama qilindi. To‘rt mamlakat
rahbarlari terrorchilik, siyosiy va diniy ekstremizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi
kurash va mintaqa davlatlariga tahdid soladigan boshqa xavf-xatarning oldini olishga qaratilgan
hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzoladilar.
2001- yil 28-dekabr kuni Toshkentda MOIH davlatlari boshliqlarining navbatdagi kenga-
shi bo‘lib o‘tdi. Kengashda hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni
ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Mazkur kengashda MOIH tashkiloti faoliyatini
to‘xtatishga qaror qilindi. Islom Karimov taklifiga binoan MOIH negizida Markaziy Osiyo
Hamkorligi Tashkiloti (MOHT), deb qayta tuzishga kelishib olindi.
2004-yil 28-may kuni Ostona shahrida MOHT tashkilotiga a’zo mamlakatlar davlat
rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilot qamragan mintaqada xavfsizlikni
mustahkamlash, umumiy bozor barpo etish masalalari muhokama etildi. Muzokaralar yakunida
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Prezidentlarining qo‘shma bayonoti
MOHTga a’zo mamlakatlar o‘rtasida televideniye va radio dasturlarini o‘zaro tarqatish
to‘g‘risida bitim imzolandi.
2005-yil 6-7-oktabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan MOHT Davlat
rahbarlarining sammitida o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishar sarhisob qilindi. Kengashda
Markaziy Osiyo umumiy bozorini barpo etish konsepsiyasi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Prezidenti taklifiga binoan MOHT bilan Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati
(YeOIH) ni birlashtirishga kelishib olindi. Negaki, ikki tashkilotning maqsad va vazifalari
deyarli bir-biriga yaqin edi.
Rossiya, Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida 1995-yilda tuzilgan
Bojxona ittifoqi negizida Yevroosiya iqtisodiy hamjamiyati tashkil topgan edi. YeOIHning
2006-yil 24- 25-yanvar kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan sammitida O‘zbekiston
unga a‘zo bo‘lib kirdi. Mazkur sammitda O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatini
ta’sis etish to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shilishi to‘g‘risidagi protokol, «YeOIHni ta’sis etish
to‘g‘risidagi shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» qarorlar imzolandi.
YeOIH a‘zo mamlakatlar o‘rtasida integratsiyaning rivojlanishiga, yagona umumiy
bozorning shakllanishiga, Bojxona ittifoqiga, erkin savdo zonasining tarkib topishiga
ko‘maklashmoqda.
Qozog‘iston Prezidenti N.Nazarboyev 1994-yil 10-12-yanvarda rasmiy davlat tashrifi bilan
O‘zbekistonda bo‘ldi. Ikki Prezident O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida tovarlar, xizmatlar,
sarmoyalar va ishchi kuchlarining erkin o‘tib turishini nazarda tutuvchi hamda o‘zaro kelishilgan
kredit-hisob-kitob, budjet, soliq, narx, boj va valuta siyosatini ta’minlash to‘g‘risida shartnomani
imzoladilar. 1998-
Do'stlaringiz bilan baham: |