sherikchilik to‘g‘risida bitim imzolandi. Mazkur bitim o‘
zaro xavfsizlikni ta’minlash, iqtisodiy
va gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilmoqda.
2005-yil 14-noyabrda imzolangan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida shartnoma
hujjatlari o‘zaro xavfsizlikni ta’minlash, global tahdidlarga qarshi harakat qilish, siyosiy,
iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan mustahkam poydevor
bo‘lib xizmat qiladi. «O‘zbek neft-gaz» milliy xolding kompaniyasi bilan «Lukoyl» neft
kompaniyasi OAJ hamda «Gazprom» ochiq aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida mahsulot taqsimotiga
oid bitim imzolandi. Bu hujjat Rossiya tomonidan O‘zbekiston yoqilg‘i -energetikasi sohasiga
qariyb 2,5 mlrd. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritishni nazarda tutadi. Ikki mamlakat
o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayriboshlash hajmi 2004-yilda 1 mlrd 642 mln AQSH dollarini tashkil
etgan bo‘lsa, 2013-yilda 7 mild AQSH dollardan oshdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010-yil 19-20 aprel kunlari
Rossiyaga tashrifi jarayonida harbiy-texnik, bojxona, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik
qilish bo‘yicha hujjatlar imzolandi. Ikki davlat o‘rtasida turli sohalardagi munosabatlar 276
hujjat asosida amalga oshirilmoqda. 2010- yilda O‘zbekistonda 843 ta O‘zbek-Rossiya qo‘shma
korxonasi, Rossiyada esa o‘zbekistonlik sheriklar ishtirokida 385 ta qo‘shma korxonalar faoliyat
ko‘rsatdi. 2013-tilda O‘zbekiston Rossiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda 900 ga yaqin
qo‘shma korxona faoliyat yuritdi, ularning 150 dan ortig‘i to‘la Rossiya sarmoyasi asosida
tuzilgan.
Rossiyaning 2000-2014-yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari hajmi 8
milliard dollarni tashkil etadi. O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar tom ma’nodagi
teng huquqlilik, o‘zaro manfaatdorlik, bir-birlarining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va
manfaatlarini hurmat qilish tamoyillari asosida chuqurlashib bormoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari Prezidentlarining uchrashuvi 1991 -yil 13-15-avgust kunlarida
Toshkent
shahrida bo‘ldi. Unda uchrashuv yakunlari xususida Axborot hamda O‘rta Osiyo va
Qozog‘iston respublikalararo Maslahat kengashini tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi. Maslahat
kengashining vazifasi beshta mamlakat o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik qilish uchun shart-sharoit
yaratishdan, bozor munosabatlariga o‘tishda mintaqa manfaatlarini himoya qiluvchi kelishilgan
siyosat yuritishdan, iqtisodiyotning umumiy muammolarini hal etishga yagona yondashuvlarni
ishlab chiqishdan iborat, deb belgilandi.
1993-yil 4-yanvarda I.Karimov tashabbusi bilan Toshkentda O‘rta Osiyo Respublikalari va
Qozog‘iston Prezidentlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda
Markaziy Osiyo
atamasi tilga olindi
va bundan keyin Markaziy Osiyo, deganda O‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘iston
tushuniladigan bo‘ldi. Uchrashuv qatnashchilari mintaqa davlatlaridagi siyosiy va iqtisodiy
ahvolni muhokama qildilar. Mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama va ko‘p
tomonlama shartnomalar, savdo-iqtisodiy bitimlar qanday bajarilayotganligi tahlil etildi.
Orolni saqlab qolish xalqaro jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Jamg‘arma majlislarini Qizil O‘rda, Nukus va Toshhovuzda o‘tkazish zarur, deb topildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |