O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/507
Sana22.01.2022
Hajmi5,44 Mb.
#400278
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   507
Bog'liq
Ozbekiston tarixi (2)

Oliy  Majlis

.  1992-yil  8-dekabrda  qabul  qilingan  O’zbekiston  Respublikasining 

Konstitutsiyasiga  muvofiq  Respublika  parlamentining  nomi  Oliy  Majlis  deb  ataladigan  bo’ldi. 

Konstitutsiyaning 76-moddasida "O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik 

organi  bo’lib,  qonun  chiqaruvchi  hokimiyatni  amalga  oshiradi",  deb  belgilab  qo’yildi. 

Konstitutsiyaga  muvofiq  bir  palatali  parlament-O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisini 

shakllantirish tadbirlari ko’rildi. 1993-yil 28-dekabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 

saylovlar to’g’risida", 1994-yil 22-sentabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida" 

qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlis hududiy saylov okruglari bo’yicha ko’p partiyaviylik asosida 

besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo’lishi belgilandi. 

1994-yil  25-dekabr  kuni  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  birinchi-marta  erkin, 

demokratik  va  ko’p  partiyaviylik  va  muqobillik  asosda  saylovlar  o’tkazildi.  Har  bir  saylov 




okrugida  ikki-uch  nomzod,  jami  700  nafar  nomzod  deputatlik  uchun  kurashdi.  Saylovchilar 

birinchi-marta nomzodlarni  tanlab olish imkoniyatiga ega bo’ldi.  Nomzodlarning birontasi ham 

etarli  ovoz  ololmagan  saylov  okruglarida  1995-yil  8  va  25-yanvar  kunlari  takroriy  saylovlar 

bo’ldi. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi. 

Oliy  Majlis  1995-1999-yillarda  ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan 

demokratik davlat qurishdan iborat yo’lni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan 10 kodeks, 2 

milliy  dastur,  145  qonun,  452  qaror  qabul  qildi.  Shuningdek,  u  70  ta  xalqaro  shartnomani 

ratifikatsiya qildi, xalqaro konventsiyalarga qo’shilish to’g’risida 58 ta qaror qabul qildi. 

Ikkinchi  chaqiriq  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  1999-yil  dekabrda  saylovlar 

bo’lib  o’tdi.  Saylovlarda  7  ta  subekt-beshta  siyosiy  partiya,  hokimiyat  vakillik  organlari  va 

saylovchilarning  tashabbuskor  guruhlaridan  jami  1010  nafar  nomzod  qatnashdi.  Oliy  Majlisga 

O’zbekiston  xalq  demokratik  partiyasidan  48,  "Fidokorlar"  milliy  demokratik  partiyasidan  34, 

«Vatan  taraqqiyoti»  partiyasidan  20,  "Adolat"  sotsial-demokratik  partiyasidan  11,  "Milliy 

tiklanish"  demokratik  partiyasidan  10,  hokimiyat  vakillik  organlaridan  111  va  saylovchilar 

tashabbus guruhlaridan 16 nafar vakil deputat etib saylandi. 

O’zbekiston  Respublikasi  bir  palatali  parlamentining  2000-2004-yillarda  bo’lib  o’tgan  16 

sessiyasida 101 ta qonun, 300 dan ortiq qaror qabul qilindi, 55 ta xalqaro shartnoma va bitimlar 

ratifikatsiya qilindi. O’zbekiston Respublikasining 329 ta qonun xujjatiga 1357 ta o’zgartirish va 

qo’shimchalar kiritildi. 

Bir  palatali  O’zbekiston  Respublikasi  parlamenti-Oliy  Majlisi  1995-2004-yillarda  o’z 

faoliyatini quyidagi yo’nalishlarda samarali olib bordi: 

 



O’zbekistonda o’tkazilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini mustahkamlovchi 

qonunlar yaratish; 

 

qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish



 

parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash



 

shaxsning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish; 



 

amaldagi qonun hujjatlarimiz monitoringini xalqaro huquq normalarini o’rgangan holda 



olib borish; 

joylardagi hokimiyat vakillik organlariga amaliy yordam ko’rsatish. 



Muxtasar  qilib  aytganda,  1995-2004-yillarda  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  bir 

palatali parlament sifatida xalq fikrini e’tiborga olish, ochiqlik va oshkorolik tamoyillari asosida 

faoliyat  yuritdi.  Parlamentchilikda  demokratik  asoslar  yaratildi.  Bir  palatali  Oliy  Majlis  milliy 

parlamentarizm rivojlanish tarixida munosib o’rinni egalladi. 




Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   507




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish