Taraqqiyotning “O’zbek modeli”.
Mustaqillikning dastalbki kunlaridayoq O’zbekiston
qanday taraqqiyot yo’lidan boradi, qanday jamiyat, qanday davlat quradi, uning qiyofasi qanday
bo’ladi, degan savollar ko’ndalang turardi.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, dunyodagi hamma mamlakatlar uchun maqbul bo’lgan bir
xil taraqqiyot yo’li, bir xil andoza bo’lishi mumkin emas. Mustaqillikka erishgan har bir
mamlakat o’ziga xos taraqqiyot yo’lini izlaydi, yangi jamiyat barpo etishda o’z andozasini ishlab
chiqishga intiladi. O’zbekiston oldida ham nazariy-ilmiy va amaliy jihatdan puxta asolangan
o’ziga xos yo’lni ishlab chiqish zarur edi. O’zbekistonning taraqqiyot yo’li bozor iqtisodiyoti va
demokratik tamoyillar qaror topgan ilg’or davlatlar tajribasiga, respublikamiz iqtisodiyotining
haqiqiy holati va imkoniyatlariga, xalqning mentaliteti va tarixiy an’analariga, aholining tub
o’zgartirishlarga tayyorlik darajasiga tayangan holda Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan
ishlab chiqildi.
O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li Islom Karimovning asarlari, ma’ruza va
nutqlarida yangi ma’no-mazmuni bilan to’ldirilib, aniqlashtirilib borildi. 1993-yilda nashr etilgan
«O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li» nomli asarida Islom Karimov
yangi jamiyat qurishning besh tamoyilini asoslab berdi.
1.
Iqtisodiyotni mafkuradan to’la xoli qilish, iqtisodning siyosatdan ustunligi, o’ziga xos
ichki qonunlarga muvofiq rivojlanishi.
2.
Davlat – bosh islohotchi, iqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori.
3.
Qonun ustivorligi, islohotlarning mustahkam huquqiy asoslarga qurilishi, qonun oldida
hammaning baravarligi va hammaning qonunga bo’ysunishi.
4.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish,
aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustivorligi.
5.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil ravishda o’tish, ya’ni islohotlarni
inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish.
Shunday qilib, O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li nazariy va amaliy jihatdan puxta
belgilab olindi. Taraqqiyotning «o’zbek modeli» bundan oldin yaratilgan va mavjud bo’lgan
modellarning birortasini takrorlamagan holda, o’z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi
taraqqiyot modelidir. Bu yo’l xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning
«O’zbek modeli» deb qabul qilindi.
Siyosiy islohotlar. Huquqiy demokratik davlat asoslarining barpo etilishi Mustaqillikning
dastlabki yillaridan boshlab O’zbekiston o’z siyosiy mustaqilligini mustahkamlash, demokratik
davlat va fuqarolik jamiyati qurishga yo’naltirilgan chuqur siyosiy islohotlar o’tkazish yo’lidan
bormoqda.
Milliy huquqiy davlat qurilishida quyidagi omillarga tayanildi:
>
Xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillar inobatga olindi;
>
Rivojlangan demokratik davlatlar tajribasiga tayanildi;
>
Ko’p ming yillik o’zbek davlatchiligi tarixi va o’ziga xos ma’naviy-axloqiy
qadriyatlariga asoslandi;
>
Vakillik hokimyatini vujudga keltirishning eng demokratik tizimi-qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud hokimiyatini barpo etish yo’lidan bordi;
>
Davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi prezidentlik boshqaruv
usulini yaratish yo’li tanlandi.
O’zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda 1990-yil fevralda saylangan qonun
chiqaruvchi hokimiyat organi-Oliy Kengash faoliyat ko’rsatmoqda edi. O’zbekistonda
demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lidan borilib, birdaniga Oliy
Kengashni tarqatib yuborilmadi. U 1990-1994-yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi
sifatida faoliyat yuritdi va o’z vakolat muddati davrida 200 ga yaqin qonun va 500 dan ortiq
qarorlar tayyorladi va qabul qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |