O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/507
Sana22.01.2022
Hajmi5,44 Mb.
#400278
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   507
Bog'liq
Ozbekiston tarixi (2)

9-modda.

  O’zbekiston  Respublikasining  mulkini  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 

xususiylashtirish  respublika  qonunlariga  muvofiq  amalga  oshiriladi.  Respublika  hududida 

joylashgan,  Ittifoq  qaramog‘ida  bo‘lib  kelgan  davlat  korxonalarini  aksiyali  jamiyatlarga 

aylantirish,  ularni  mulkning  boshqa  shakllariga  o‘tkazish  faqat  O’zbekiston  Respublikasi 

qonunlarida ko‘zda tutilgan shartlar asosida va tartibda amalga oshiriladi. 

10-modda. 

O’zbekiston  Respublikasi  o‘z  hududida  oltin,  boshqa  qimmatbaho  metallar  va 

toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi hamda nazorat 

qiladi, o‘z oltin zaxirasini yaratadi. 


O’zbekiston Respublikasi SSSRning oltin zaxirasida, olmos va valuta jamg‘armalarida o‘z 

ulushiga ega. 

11-modda.

  O’zbekiston  Respublikasi  o‘z  pul  birligi  –  milliy  valutasini  joriy  etishga,  jami 

pul  oboroti,  pul  va  boshqa  davlat  qimmatli  qog‘ozlari  emissiyasi  hajmlarini  mustaqil 

belgilashga haqli. 

12-modda.

 O’zbekiston Respublikasi mustaqil moliya va kredit siyosatini amalga oshiradi. 

Respublika  hududida  olinadigan  soliqlar  va  yig‘imlar  O’zbekiston  Respublikasining  davlat 

budjetiga va mahalliy budjetlarga tushadi. 

13-modda.

  O’zbekiston  Respublikasi  chet  davlatlar  bilan  diplomatik,  konsullik,  savdo 

aloqalari  va  boshqa  aloqalar  o‘rnatadi,  ular  bilan  muxtor  vakillar  ayirboshlaydi,  xalqaro 

shartnomalar tuzadi, xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo‘lishi mumkin. 

14-modda.

 O’zbekiston Respublikasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mustaqil subyekti 

bo‘lib,  chet  el  investitsiyalarini  amalga  oshirish  shartlarini,  investorlarning  huquqlarini 

belgilaydi,  o‘zining  konversiya  qilinadigan  valuta  jamg‘armasini  yaratadi,  oltin  va  boshqa 

zaxiralarni, ayirboshlanadigan valutani sotadi va sotib oladi. 

15-modda.

  O’zbekiston  Respublikasi  hududida  inson  huquqlari  umumiy  deklaratsiyasiga 

muvofiq holda O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi joriy etiladi. 

O’zbekiston  Respublikasining  barcha  fuqarolari  millatidan,  elatidan,  ijtimoiy  chiqishidan, 

qaysi  dinga  mansubligidan va e’tiqodidan qat’i nazar  bir  xil fuqarolik huquqlariga  egadirlar, 

respublika konstitutsiyasi hamda uning qonunlari himoyasida bo‘ladilar. 

O’zbekiston  Respublikasining  fuqarolari  respublikadan  tashqari  ham  O’zbekiston 

Respublikasining himoyasida bo‘ladilar. 

16-modda.

 O’zbekiston Respublikasi o‘z taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini aniqlaydi, o‘z davlat 

ramzlarini: gerbi, bayrog‘i, madhiyasini ta’sis etadi, o‘z davlat tilini belgilaydi. 

O’zbekiston  Respublikasi  davlat  mustaqilligining  ramzlari  muqaddasdir  va  ularni  har 

qanday tahqirlash qonun bilan jazolanadi. 

17-modda.

  O’zbekiston  Respublikasi  o‘z  tarkibidagi  Qoraqalpog‘iston  Respublikasining 

hududiy  butunligini  va  mustaqilligini  e’tirof  etadi.  O’zbekiston  Respublikasi  bilan 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlar  teng  huquqlilik  asosida,  ular 

o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnomalar va bitimlar vositasida quriladi. 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  O’zbekiston  Respublikasi  tarkibidan  tegishli  qonunlar 

asosida erkin chiqish huquqini saqlab qoladi. 

 

                                                               Toshkent shahri, 1991-yil 31-avgust.  



                                             O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov 


O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  VII  sessiyasida  1991-yil  30-sentabr  kuni 

«O’zbekiston  Respublikasining  Davlat  mustaqilligi  asoslari  to’g’risi»gi  Qonunga 

Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi. Qarorda O’zbekiston Respublikasining 

amaldagi Konstitutsiyasi moddalari  «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari 

to’g’risida»gi  Qonunning moddalariga zid  kelgan hollarda mazkur Qonunga  amal qilinsin, deb 

belgilab qo’yildi. 

Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro’yobga chiqdi. Mamlakatimiz, 

xalqimiz  siyosiy  mutelikdan,  asoratdan  qutildi.  Dunyo  xaritasida  yana  bitta  mustaqil  davlat  – 

O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi. 

O’zbekiston  Respublikasining  aholisi  mustaqillik  e’lon  qilingan  paytda  21,5  mln.  kishini 

tashkil etardi. 2015-yilga kelib aholi soni 31 mln. dan ortdi. 


Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   507




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish