7-modda.
O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulkidir.
Respublika hududidagi yer, yerosti boyliklari, suv va o‘rmonlar, o‘simlik va hayvonot
dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning ma’naviy boyliklari O’zbekiston
Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi.
8-modda.
Davlat mulki obyektlari, shuningdek, davlat korxonalari, muassasalari va
tashkilotlarining, shu jumladan Ittifoq qaramog‘ida bo’lib kelgan korxonalar, muassasalar va
tashkilotlarning mol-mulki, ularning asosiy ishlab chiqarish, noishlab chiqarish va oborot yoki
boshqa fondlari hamda o‘zga mol-mulki, ichki kommunikatsiya, transport, aloqa va energetika
tizimlari, respublika kartografiyasi va geodeziyasi O’zbekiston Respublikasining mulkidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |