DAVLAT BAYROG‘I
– davlatning asosiy ramzlaridan biri bo‘lib, uni
boshqa davlatlardan farqlovchi belgisidir. Davlat bayrog‘i davlat mustaqilligining
ramzi sifatida davlat rahbari joyida, oliy qonun chiqaruvchi organ, hukumat, davlat
tashkilotlari, elchixonalar, konsulliklar binolarida, xalqaro qatnovdagi havo va
dengiz kemalarida va boshqa qonunlarda belgilab qo‘yilgan vaziyatlarda
ko‘tariladi.
Davlat bayrog‘i har bir mustaqil xalqning dini, qadriyati, an’anasi va milliy
ruhiyatidan kelib chiqib yaratiladi. SHuning uchun ham davlat bayrog‘ini haqorat
qilgan va unga nisbatan hurmatsizlik qilgan shaxs jinoyat qonunchiligiga binoan
jazoga tortilishi belgilab qo‘yilgan.
DAVLAT GERBI
– davlatning rasmiy emblemasi bo‘lgan farqlovchi belgisi.
Bayroq, pul belgilari, muhrlar va ba’zi bir rasmiy hujjatlarda aks ettiriladi. Davlat
gerbining mazmuni konstitutsiya yoki maxsus qonun bilan belgilanadi.
SUVERENITET
(fr. souverainite – oliy hokimiyat) – hokimiyatning
ustunligi va mustaqilligi. Suverenitetning ikki xil ko‘rinishi farqlanadi. Davlat
suvereniteti va xalq suvereniteti.
Davlat suvereniteti hozirgi davlatshunoslik fanida davlatning ichki va
tashqi siyosatidagi to‘la mustaqilligi sifatida talqin etiladi. Xalq suvereniteti
xalqning davlatni boshqarishdagi to‘la hukmronligi, xalq hokimiyati, xalq
boshqaruvini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan, Davlat gerbi Oliy
Kengashning 1992 yil 2 iyul kuni bo‘lgan X sessiyasida “O‘zbekiston
Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish bilan
tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi dumaloq ko‘rinishiga ega bo‘lib,
uning o‘ng tomoni bug‘doy boshoqlari, so‘l tomoni ochilgan paxta chanoqlari aks
ettirilgan davlat bayrog‘i bilan o‘ralgan chambardan iborat. Gerbning markaziy
qismida Humo qushi, uning orqasida tog‘lar, daryolar va serquyosh o‘lkamizning
manzarasi aks etgan. Gerbning yuqori qismida yarim oyli ozodlik ramzi – sakkiz
burchakli yulduz tasvirlangan. Gerbning pastki qismida davlat bayrog‘ini
ifodalovchi uch rangdagi chambar tasmaga “O‘zbekiston” deb yozib qo‘yilgan.
DAVLAT GIMNI
(yun. hymnos – madhiya, maqtov ashullasi, tantanali
qo‘shiq) – Vatanni, davlatni, tarixiy voqealarni, ularning qahramonlarini
ulug‘lovchi she’riy-musiqiy asar, davlatning ramzlaridan biri. O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining
5-moddasiga
binoan,
O‘zbekiston
Respublikasining Davlat madhiyasi uning tasvirlanishi va rasmiy qo‘llanilish
tartibi qonun bilan belgilanadi. “O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi
to‘g‘risida” gi qonuni 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |