O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/507
Sana22.01.2022
Hajmi5,44 Mb.
#400278
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   507
Bog'liq
Ozbekiston tarixi (2)

Davlat  boshqaruvi. 

Qo‘qon  xonligi



da  quyidagi  mansablar  mavjud  bo‘lgan: 

mingboshi, 

otaliq,  shayxulis  lom,

  qozikalon,  q

ushbegi,  mehtar,  parvonachi,  naqib,  dodxoh,  eshik  og’asi, 

inoq, shig’ovul, to‘qsoba, miroxur, qoravulbegi 

va boshqalar.

 

Qo‘qon  xonligida  mavjud  bo‘lgan  harbiy  unvonlar  quyidagicha  bo‘lgan:  mingboshi  – 



odatda,  u  vazirlik  vazifasini  birga  olib  borgan.  Keyin 

ponsadboshi,  yuzboshi,  ellikboshi, 

o‘nboshi,

  zambarakchi  va  b.  Bulardan  tashqari,  boshqa  harbiy  mansablar  ham  bo‘lgan. 

Qo‘qonda  yashagan  sarboz  va  to‘pchilar  faqat  alohida  vazifadagi  noib,  dodxohning  doimiy 

tasarrufida bo‘lganlar. Urush davrida noib, dodxoh o‘z qismiga harakatdagi qo‘shinning hamma 




sarbozlarini  qabul  qilgan,  unga  vaqtinchalik  boshchilik  qilishni  maxsus  tayinlangan 

amiri 

lashkar

 (bosh qo‘mondon)ga topshirardi. 

XIX  asrning  1-yarmida  Qo‘qon  xonligi  tarkibiga  quyidagi  hududlar  kirardi:  Sirdaryoning 

so‘l  sohili  bilan  Qorategin  oralig’idagi  Qo‘qon  viloyati;  Sirdaryoning  o‘ng  sohilidan  to 

Olatovgacha  bo‘lgan  Namangan  viloyati;  Xo‘jand  shahri;  Xo‘jand  bilan  Toshkent  oralig’idagi 

Uratepa  viloyati.  Xonlikning  eng  shimoliy  viloyati  Turkiston,  Betpaqdala  sahrolariga  borib 

taqalardi.  Bundan  tashqari,  xonlik  tarkibiga  Olay  hududi,  Balxash  ko‘li  bilan  Sirdaryoning 

yuqori  oqimi  oralig’idagi  yerlar  kirardi.  Billurtog’ning  g’arbiy  tomonidagi  Qorategin,  Darboz, 

Ko‘lob,  Shug’non  singari  bir  qator  tog’li  tumanlar  ham  Qo‘qon  xonligiga  tegishli  edi.  Bu 

yerlarni qo‘qonliklar XIX asrning 30-yilllarida bo‘ysundirishgan bo‘lsa-da, ular tez-tez qo‘ldan-

qo‘lga, ko‘proq Buxoro amiri ixtiyoriga o‘tib turardi. Qo‘qon xonligi aholisining soni 3 mln.ga 

yaqin edi. Rossiya qo‘shinlari uning shimoliy- g’arbiy viloyatlarini bosib olgach, xonlik hududi 

ancha qisqarib, asosan, Farg’ona vodiysi bilan cheklanadi va aholi soni taxminan 2 mln.ga tushib 

qoladi. 


Qo‘qon  xonligining  aholisi,  asosan,  o‘zbeklar,  tojiklar,  qirg’izlar,  qozoqlar,  uyg’urlar, 

qoraqalpoqlardan  iborat  edi.  Qo‘qon  xonligida  ham  yerga  egalik  qilish  va  undan  foydalanish 

turli  xil  bo‘lgan.  Xonlikka  qarashli  bo‘lgan  yerlar  amlok  yerlar,  vaqf  yerlari,  mulki  xiroj  va 

mulki ushriyaga taqsimlangan. Dehqonlar o‘rtasida yakka dehqon xo‘jaligi ham rivojlangan. O‘z 

yerlaridan  ajralgan  kambag’al  dehqonlarning  ko‘pchiligi  yirik  yer  egalari  qo‘lida  chorakorlik 

qilganlar.  Yerning  bahosi  uning  unumdorligi  va  qanchalik  suv  bilan  ta’minlanganligiga  qarab 

belgilangan.  Xonlar  sug’orish  tarmoqlari  katta  daromad  manbai  bo‘lganligi  sababli  ma’lum 

darajada  ularni  saqlashga,  sug’orish  inshootlarini  yanada  kengaytirishga  yaxshi  e’tibor 

berishgan. Qo‘qon xonligida ko‘plab paxta va poliz ekinlari yetishtirilgan, bog’dorchilik hamda 

pillachilik  taraqqiy  etgan.  Hunarmand-kosibchilik  mazmunan  boy  va  serqirra  bo‘lgan.  Bular: 

misgarlik,  zargarlik,  o‘ymakorlik,  harbiy  qurol  ishlab  chiqarish,  sopol  va  ko‘zagarlik, 

qog’ozgarlik, badiiy to‘qimachilik, do‘ppichilik, kashtachilik, ko‘priksozlik, temirchilik va sh.k. 

Bulardan  tashqari,  xonlikda  yer  osti  boyligi  ham  ma’lum  darajada  qazib  olingan.  Ammo 

ularni  ishlab  chiqarish  sodda  va  kam  ediki,  ular  ehtiyojni  qondira  olmasdi.  Masalan,  xonlikda 

ishlab  chiqarilgan  metall  Rossiyadan  olib  kelingan  metalldan  qimmatga  tushardi.  Qo‘qon 

xonligida ishlab chiqilgan mahsulotlar esa chet ellarga ham olib chiqilar edi va ularga talab ham 

bor edi. Shuning uchun bu soha ma’lum darajada rivojlana borgan. 

Savdo-sotiq  xonlik  hayotida  katta  va  muhim  o‘rin  egallagan.  U  ichki  va  tashqi  savdoga 

bo‘lingan.  Osiyo  xonliklarida  ichki  savdo,  asosan,  qadimgi  davrdan  beri  o‘zaro  ko‘chmanchi 

chorvador,  o‘troq  dehqonlar  va  shahar-qishloq  hunarmandlari  mahsulotlariga  asoslangan  edi. 

Aholi o‘zining ehtiyojlarini asosan o‘z xonligidagi mahsulotlar bilan qondirishgan. 



Xonlikning  iqtisodiy  hayotida  Buxoro,  Xiva,  Qashqar,  Hindiston,  Afg’oniston,  Eron  va 

ayniqsa, Rossiya bilan bo‘lgan tashqi savdo katta o‘rinni egallagan. Rossiya bilan olib borilgan 

savdo  munosabatlari  Qo‘qon  xonligi  qishloq  xo‘jaligi  ayrim  tarmoqlarining  rivojlanishiga  olib 

keldi va rus madaniyatining ba’zi jihatlari aholi turmush tarziga kira boshladi. Qo‘qon xonligi 

Rossiyaning  xom  ashyo  bazasiga  va  tashqi  savdo  bozoriga  aylana  bordi.  Rossiya  sanoati 

tovarlarining olib kelinishi mahalliy sanoat korxonalarini va ayrim hunarmandlarning inqirozga 

uchrashiga sabab bo‘ldi. 

Qo‘qon,  Marg’ilon  va  Namangan  shaharlarida  ip  va  ipak  matolar  (atlas,  shoyi,  beqasam, 

adras,  chit,  bo‘z  va  b.)  to‘qilgan.  Shuningdek,  boshqa  hunarmandchilik  tarmoqlarida  xo‘jalik 

asboblari, dehqonchilik uchun kerakli uskunalar, qurol-yaroqlar, zargarlik buyumlari, qog’oz va 

b.  narsalar  ishlab  chiqarilgan.  Yer  osti  boyliklaridan  neft,  oltin,  kumush,  mis,  rux,  temir, 

qo‘rg’oshin  va  b.  ham  ma’lum  miqdorda  qazib  olingan.  Xonlikda  paxta  va  poliz  ekinlari 

yetishtirilgan, bog’dorchilik va pillachilik ham taraqqiy etgan. 

Qo‘qon xonligi dan chet davlatlarga quritilgan mevalar, jun, teri, ipak, gilam, paxta va ipak 

matolar chiqarilgan. tashqi mamlakatlardan esa turli metall rudalari, metall buyumlar, qand va b. 

mahsulotlar keltirilgan. 




Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   507




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish