O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet404/507
Sana22.01.2022
Hajmi5,44 Mb.
#400278
1   ...   400   401   402   403   404   405   406   407   ...   507
Bog'liq
Ozbekiston tarixi (2)

6-mavzu 

Chingizxon. O‘z dovyurakligi, ustomonligi, makkorligi bilan mashhur bo‘lgan Temuchin 




(1155—1227) XII asrning oxirlariga kelib nafaqat, mo‘g‘ul- larning ko‘p sonli urug‘-qabilalarini, 

shu bilan birga, ular bilan yon- ma-yon yashab kelgan ko‘plab turkiy elatlar, chunonchi, jaloyirlar, 

oyratlar, qaraitlar, naymanlar, qoraxitoylar, qirg‘izlar, uyg‘urlar, qar- luqlar va boshqalarni  ham 

birin-ketin  bo‘ysundirib,  kuchli  davlatga  asos  soldi.  Bu  davlat  harbiylashgan  tizimga 

asoslanganligi  bilan  ajra-  lib  turardi.  Qo‘shinlarga:  o‘n  jangchiga  bir  boshliq-o‘n  boshi,  shu- 

ningdek,  yuz  boshi,  ming  boshi  va  tuman  boshilar  boshchilik  qilar-  di.  Tuman,  deganda  o‘n 

minglik  qo‘shingina  emas,  balki  shu  qo‘shin  safini  doimiy  to‘ldirishi  kerak  bo‘lgan  butun  bir 

tuman, ya’ni besh- o‘n ming o‘tovli yoki 50 mingga yaqin aholisi bo‘lgan hudud nazarda tutilardi. 

Har  bir  shunday  tumanga  tayin  qilingan  tumanboshi  faqat  o‘n  ming  jangchining  qo‘mondoni 

bo‘libgina  qolmay,  ayni  zamon-  da  o‘z  tasarrufidagi  minglab  fuqarolarning  taqdirini  ham  hal 

etuv-  chi  hokimi  mutlaq  hisoblanardi.  Mazkur  tumandagi  barcha  sudlov,  jinoiy  javobgarlik  va 

fuqarolik ishlari ham to‘laligicha uning tasarru- fida bo‘lgan. 

Temuchin tumanlarda hokimiyat boshqaruvini o‘zining o‘g‘illari va eng yaqin kishilariga 

topshiradi. Jumladan, uning  yaqin safdosh- laridan Subitoy, Xubiloy, Jebe, farzandlari: Jo‘jixon, 

Chig‘atoy, O‘qtoy, Tulixonlar birinchi bo‘lib tuman sohiblari bo‘lganlar. 

Temuchinning  mo‘g‘ullarning  ulug‘  xoqoni  sifatidagi  o‘rni  va  mavqeyini  har  jihatdan 

mustahkamlash,  bunga  qonuniy  tus  berishda  1206-yili  poytaxt  Qoraqurumda  bo‘lib  o‘tgan 

umummo‘g‘ul  qurul-  toyi  alohida  ahamiyatga  molik  bo‘ldi.  Qurultoyda  Temuchin  barcha 

mo‘g‘ul-tatar xonlarining ulug‘ xoni (qooni), deb e’lon qilindi va unga Chingizxon laqabi berildi. 

Qurultoy  tomonidan  qabul  qilingan  «Yaso»  hujjati  (mo‘g‘ullar  davlatining  asosiy  qonunlari 

majmua-  si)  ulug‘  xon  hokimiyatini  yanada  mustahkamladi.  «Yaso»  yangi  paydo  bo‘lgan 

hukmron tabaqa - tarxonlarga katta imtiyozlar berilishi- ni ko‘zda tutardi. 

Chingizxon ulug‘ xoqon, deb e’lon qilingan birinchi kundayoq o‘zining eng yaqin kishilaridan 95 

nafarini bahodur, mingboshilar etib tayinlaydi va bir necha ming kishiga tarxonlik yorliqlari beri- 

ladi.  Chingizxon,  ayni  paytda,  10  ta  oliy  hokimiyat  lavozimlarini  ta’sis  etadi  va  mingta 

«dovyurak»  jangchilardan  tarkib  topgan  shax-  siy  gvardiya  tuzadi  (keyinchalik  uning  soni  10 

ming  kishiga  yetka-  ziladi).  Butun  mamlakatda  kuchli  temir  intizom,  qattiqqo‘l  tartib  o‘rnatilib, 

jangovar harbiy safarbarlik ishlari avj oldirib borildi. Bu hol Chingizxonning xorijiy ellarni zabt 

etishdan  iborat  o‘z  oldiga  qo‘ygan  yovuz,  agressiv  maqsadlarini  tez  orada  amalga  oshirishga 

imkon yaratib berdi.  

XIII asr boshlariga kelib Chingizxon qo‘shni davlatlar va xon- liklarni birin-ketin bosib 

olishga  kirishadi.  Agar  1206-yilga  qadar  bepoyon  Gobi  sahrosidagi  qavm-qabilalar  itoatga 

keltirilgan  bo‘l-  sa, 


Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   400   401   402   403   404   405   406   407   ...   507




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish