Vatanimiz tarixi
ajdodlarimizning qadimgi davrlardan buyon
bosib o’tgan taraqqiyot yo’lini, ilk davlat birlashmalarining vujudga
kelishi, xalqimizning millat sifatida shakllanish bosqichlarini, uning
ajnabiy bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashi,
jasorat ko’rsatgan xalq qahramonlarini, xalqimizning ma’naviyati va
ma’rifatini dunyoga tanitgan buyuk siymolari, davlat arboblari, qatag’on
davri qurbonlari, nihoyat pirovardida xalqimizning mustaqil taraqqiyot
yo’lini belgilab milliy, huquqiy-demokratik, fuqarolik jamiyati qurish,
erkin bozor iqtisodiyotini yaratishi sohalarida faoliyatini va
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilish tomon borganligini
o’rgatadi.
«Sovet davrida yozilgan tarixni men tarix sanamayman. O’zgalar
yozib bergan tarixni o’qitishga mutloqo qarshiman. Mustamlakachi
qachon qaram bo’lgan xalq haqida xolis va adolatli fikr aytgan! Ular bor
kuch-g’ayratilarini
Turkistonning
o’tmishini
kamsitishga,
bizni
tariximizdan judo qilishga sarflaganlar».
I.A.Karimov.
METODOLOGIYA
(yunon. «methodos» - yo’l, usul, «logos» -
ta’limot) - insonning amaliy va nazariy faoliyatini to’g’ri uyushtirish va
tuzish to’g’risidagi ta’limot. Boshqacha qilib aytganda 1) ilmiy bilish
metodlari va usullari to’g’risidagi ta’limot; 2) inson faoliyatining biron
bir sohasiga qo’llaniladigan metod, usullar majmuasi.
X r o n o l o g i k u s u l – voqea-hodisalar haqida turli bosqich yoki davrda to‘plangan
tarixiy faktlarni o‘zaro bog’liqlikda o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu esa turli zamonda ilmiy fikrlar-
ning harakatini, muammoga yondashuvda kontseptsiyalar, qarashlar, g’oyalarning o‘zgarib
borishini xronologik tartibda takroriy yoki xilma-xil jihatlarini ochib beradi;
D a v r i y l a s h t i r i s h u s u l i – ma’lum bir tarixiy-davriy chegarada tarix fanining sifat,
uslub va xususiyatlarining o‘zgarishiga ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning ta’siri, har bir yangi
bosqichda vujudga kelgan ilmiy g’oyalarni harakatlantiruvchi omil va yo‘nalishlar aniqlanadi;
R e t r o s p e k t i v t a h l i l u s u l i – har bir ilmiy adabiyot o‘z davriga taalluqli bo‘lib,
uning kuchli va kuchsiz jihatlarini o‘zida aks ettiradi. Avvalgi bosqichlarda yaratilgan ilmiy asarlarni
zamonaviy bilimlar nuqtai nazaridan o‘rganish, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini taxlil
qilishdan.
Tarixiy manbalar
Moddiy (ashyoviy) manbalar
Yozma manbalar
- Mehnat qurollari
- Sopol idishlar
- Taqinchoqlar
- Harbiy qurol-aslahalar
- Uy-joylar, qabrlar
- Me’moriy obidalar
- Qal’alar, shaharlar
- Tanga pullar
- Avesto
- Behistun bitiklari
- Antik davr tarixchilari
asarlari
- O‘rta asr sharq qo‘lyozmalari
- Arxiv xujjatlari
- Yer, qimmatbaho narsalarni
in’om qilish, meros
qoldirish, sotib olish
yuzasidan rasmiylashtirilgan
tarixiy hujjatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |