O‘zbekiston Respublikasi
bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik
va o‘zaro yordam haqida
shartnoma
asosida yo‘lga qo‘yildi va rivojlantirilmoqda. Bu shartnoma Qirg‘iziston Prezidenti
Askar Akayevning O‘zbekistonga rasmiy davlat tashrifi paytida Toshkentda 1992-yil 29-sen-
tabrda I.Karimov va A.Akayev tomonidan imzolangan edi. I. Karimovning 1993-yil avgustga
Qirg‘izistonga qilgan rasmiy davlat tashrifi paytida O‘sh shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston
o‘rtasida 1994-2000-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish to‘g‘risida
Bayonot imzolandi. Bu hujjat ikkala respublikada ishlab chiqarilgan milliy dasturlarni muvofiq-
lashtirishga, xomashyo va ishchi kuchidan, ilmiy salohiyatdan unumli foydalanishga qaratilgan.
Ikki davlat o‘rtasida iqtisodiyot, savdo, madaniyat, sog‘liqni saqlash, fan va ta’lim, sport va
turizm bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash haqida bitmlar imzolangan.
1994-yil 16-yanvarda O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov Qirg‘izistonda bo‘ldi.
Rasmiy tashrif yakunida tovarlar, xizmatlar, sarmoya, ishchi kuchlarining erkin yurish, o‘zaro
kelishilgan kredit – hisob-kitob, budjet, soliq, narx, bojxona va valuta siyosatini belgilovchi
shartnomalarni imzoladilar. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida savdo-iqtidodiy hamkorlik,
madaniyat, sog‘liqni saqlash, fan va ta’lim, sport va turizm bo‘yicha hamkorlikni yanada
mustahkamlash haqida bitimlar imzolandi. Bu hujjatlar asosida ikki mamlakat o‘rtasidagi ikki
tomonlama hamkorlik rivojlanib bormoqda. 2000-yilda O‘zbekistonda 22 ta o‘zbek-qirg‘iz
qo‘shma korxonasi, Qirg‘izistonda 62 ta qirg‘iz-o‘zbek qo‘shma korxonasi faoliyat yuritdi.
2000-yil iyunda Qirg‘izistonda ekstermistik kuchlar tomonidan Prezident hokimyayining
ag‘darilishi, millatlararo qonli voqealar sharoitda O‘zbekiston Prezidenti oqilona yo‘l tutdi. 100
mingdan ortiq qochqinlar, xotin-qizlar, bolalar, qariyalarni O‘zbekiston hududiga qabul qilindi,
joylashtirish va barcha zarur narsalar bilan ta’minlandi. Islom Karimov harakatlari natijasida
Markaziy Osiyo qarama-qarshiliklarning keng ko‘lamli o‘chog‘iga aylanib ketishining oldi
olindi. Jahon Hamjamiyati O‘zbekiston Prezidentining qaltis vaziyatda amalga oshirgan oqilona
tadbirlarini to‘liq ma’qulladi.
Tojikistonda 1992-1996-yillarda davom etgan birodarkushlik urushi Tojikistonning iqtisodiy
taraqqiyotiga salbiy ta’sir etdi, uning qo‘shni mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston bilan
hamkorligiga ham salbiy ta’sir etdi.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan 1998-yil 4-yanvar kuni
Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonov O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi. Ikki
mamlakat rahbarlari tashrif yakunlari bo‘yicha qo‘shma axborot imzoladilar. O‘zbekiston va To-
jikiston Bosh vazirlari sog‘liqni saqlash, madaniyat va gumanitar soha, fan, texnika va axborot
sohalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitimlarni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari
o‘rtasida yuk tashish hamda gaz yetkazib berish, Tojikistonniig qarzi bo‘yicha o‘zaro hisob-kitob
to‘g‘risidagi bitimlar ham imzolandi. O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlari o‘zining yangi,
mustahkamlanish va taraqqiyot davriga o‘tdi. O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida tovar ayir-
boshlash hajmi 1997-yilda 50 mln AQSH dollaridan oshdi, bu avvalgi yilga nisbatan 50 foiz
ko‘pdir. 2000-yilda O‘zbekistonda 15 ta o‘zbek-tojik qo‘shma korxonasi, Tojikistonda 3 ta tojik-
o‘zbek qo‘shma korxonasi faoliyat yuritdi.
1991-yilda O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari uchrashuvida
Do'stlaringiz bilan baham: |