Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni qut-
qarish xalqaro jamg‘armasi ta’sis etildi.
1993-yil avgustda
Nukusda
Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug‘ullanuvchi
Davlatlararo kengash va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining qo‘shma majlisi bo‘ldi. 1994-
yil 11-yanvarda Nukusda Markaziy Osiyo mamlakatlari boshliqlarining Rossiya Federatsiyasi
davlat delegatsiyasi (Yuriy Yakovlev, RF Bosh .vaziri o‘rinbosari) ishtirokida konferensiyasi
bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada Orol dengizi havzasidagi ahvol bilan bog‘liq ko‘pgina masalalar,
Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi mablag‘lari qanday to‘planayotgani muhokama qilindi,
faoliyati ma’qullandi. Ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan yaqin 3-5 yil ichida bajarilishi
lozim bo‘lgan muayyan vazifalar belgilandi. Orol dengizini qutqarish bo‘yicha Davlatlararo
kengash Nizomi tasdiqlandi hamda uning ijroiya organining rahbari tayinlandi. Bu masalalar
bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.
1994-yil 30-aprelda Cho‘lponota shahrida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston o‘rtasida
yagona iqtisodiy makon tuzish to‘g‘risida uch tomonlama shartnoma imzolandi. O‘zbekiston,
Qozog‘iston va Qirg‘iziston Prezidentlarining 1994-yil iyul oyi boshida Almati shahrida bo‘lib
o‘tgan uchrashuvida o‘zaro integratsiyani kuchaytirish bo‘yicha, Markaziy Osiyo hamkorlik va
taraqqiyot bankini tuzish to‘g‘risida bitimlar imzolandi. Tomonlar Davlatlararo kengash hamda
uning doimiy ijroiya organini, shuningdek, Bosh Vazirlar kengashi, Tashqi ishlar vazirlari
kengashi, Mudofaa vazirlari kengashini ta’sis etdilar. O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izision
o‘rtasida Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etildi. Shu tariqa, Markaziy
Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH) tashkil topdi.
1995-yil 15-dekabrda Jambulda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Respublikalari
Davlatlararo kengashining navbatdagi majlisi bo‘ldi. Prezidentlar 2000-yilgacha bo‘lgan
iqtisodiy integratsiya va birinchi navbatda sarmoya sarflanishi lozim bo‘lgan loyihalar
dasturlarini hayotga joriy etish, kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish masalalarini
muhokama etdilar. Integratsiya dasturida 53 ta loyihalar ishlab chiqildi. BMT rahnamoligida
harakat qiladigan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Respublikalarining tinchlikni saqlash
kollektiv batalyonini tashkil qilish haqida qaror qabul qilindi. Uch davlatning tinchlikni saqlash
kollektiv batalyoni shakllantirildi.
1997-yil 9-10-yanvar kunlari Bishkekda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlat
boshliqlarining kengashi bo‘lib unda
Do'stlaringiz bilan baham: |