211
qoshida Harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi,
Bank-moliya akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti
va diplomatiya universiteti, Toshkent
aviatsiya instituti, Navoiy tog’-konchilik instituti, Toshkent
Moliya instituti va
boshqalar tashkil etildi.
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ta’limni tubdan isloh qilish yo’llari
ishlab chiqildi. 1997-yil 27-avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida O’zbekiston
Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
qabul qilindi. Milliy dasturning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni
o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan
demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob
beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iboratdir.
Milliy dastur ro’yobga chiqmoqda. Yoshlar umumiy o’rta ta’limni 9-yillik
maktablarda
oladilar, yana uch yil davomida yangidan tashkil etilgan akademik
litseylar va kasb-hunar kollejlarida o’rta maxsus bilim va kasb-hunar o’rganadilar.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish umumxalq,
umummillat ishiga aylandi. 2001-yilda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga
oshirishning birinchi bosqichi yakunlandi.
2001-yilda Respublikamizda 6742 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida 608500
nafar o’g’il-qizlar tarbiyalandi. Ularda 65862
nafar pedagog, tarbiyachi va boshqa
xodimlar xizmat qildi. 9727 ta umumta’lim maktablarida 440762 nafar o’qituvchi 6,3
mln. o’quvchiga ta’lim bermoqda. Umumiy o’rta ta’lim bo’yicha barcha o’quv
fanlaridan Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi va ular 346 ta maktabda tajribadan
o’tkazildi, ta’lim jarayoniga joriy etildi. Davlat ta’lim standartlariga mos o’quv
dasturlari va darsliklari yaratildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini eng muhim, O’zbekistonga xos xususiyati
yangi turdagi 3-yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini yaratishdir. 1998-
2004-yillar davomida zamonaviy o’quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan 54
ta akademik litsey va 533 ta kasb-hunar kolleji barpo etildi. Bu maqsadlar uchun 135
mlrd. so’m mablag’ sarflandi. O’rta maxsus o’quv yurtlariga zarur bo’lgan
jihozlar
sotib olish uchun jalb qilingan chet el investitsiyalarining miqdori 150 mln. AQSh
dollarini tashkil etdi. Davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari ishlab chiqildi,
amaliyotga kiritildi va darsliklar yaratildi. 2003-2004 o’quv yilida akademik
litseylarda 26,2 ming, kasb-hunar kollejlarida 531,6 ming o’quvchi ta’lim oldi.
Oliy ta’lim tizimida katta o’zgarishlar qilindi. Oliy ta’lim ikki bosqichdan –
bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta tashkil etildi. 62 ta oliy o’quv
yurtlarida ta’lim olayotgan bo’lajak bakalavr va magistrantlar soni 2003-2004 o’quv
yilida 254400 nafarni tashkil etdi. 18486 nafar professor-o’qituvchilar
mehnat
qilmoqdalar, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan nomzodidir. O’tgan 4-
yil davomida barcha yo’nalishlar bo’yicha bakalavr va magistrlar uchun qo’yiladigan
212
talablarni o’zida mujassamlashtirgan Davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari
yaratildi. Oliy ta’lim uchun 1129 nomdagi darslik va o’quv adabiyotlari nashr etildi
va Oliy o’quv yurtlari kutubxonlariga tarqatildi.
Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko’maklashish, qo’llab-
quvvatlash bo’yicha davlat siyosati sobit qadamlik bilan olib borilmoqda. Iste’dodli
yoshlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish, chet elda o’qishini qo’llab-quvvatlash
maqsadida “Respublika bolalar fondi”, “Sog’lom avlod uchun”, “Iste’dod”
jamg’armalari tashkil topdi. Ta’lim
sohasida AKSELS, AYREKS, AQSh kollejlari
konsortsiumi, SARE, Tinchlik korpusi (AQSh), Konrad Adenauer fondi, Britaniya
kengashi, SAUD Al-Baptin fondi (Misr) kabi xalqaro tashkilotlar
bilan hamkorlik
yo’lga qo’yildi. 2000 dan ortiq talaba va mutaxassislar chet elda o’qib keldi.
O’zbekiston ta’lim tizimi dunyo miqyosida kaеta qiziqish uyg’otmoqda.
Moskvadagi Oliy ta’lim Xalqaro Fanlar akademiyasi prezidenti V.Shukshunov
O’zbekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni mazmun-mohiyati jihatidan tengi
yo’q hujjat, deb ta’rifladi. O’zbekistonda yaratilayotgan ta’lim tizimi «Ta’limning
o’zbek modeli» deb e’tirof etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: