O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishi



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/107
Sana07.07.2022
Hajmi1,77 Mb.
#755537
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   107
Bog'liq
O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to

Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishi. 
O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
13-moddasida 
O’zbekiston Respublikasida demokratiya 
umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, qadr-
qimmati va boshqa dahlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi, deb belgilab 
qo’yilgan. 
O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega 
bo’lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy 
mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida tengdirlar. O’zbekistonda yagona fuqarolik 
o’rnatilgan. Har bir foqaro yashash, shaxsiy daxlsizlik, turar joy daxlsizligi, bir 
joydan ikkinchi joyga ko’chish, so’z va e’tiqod erkinligiga ega bo’lib, bu huquqlar 
davlat tomonidan himoya qilinadi. Fuqarolarning istagan dinga e’tiqod qilish yoki 
hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqi qonun bilan mustahkamlab qo’yilgan. 


191 
O’zbekistonda shaxs erkinligi, inson huquqlarining muhofazasi va kafolati
mehnat va kasbni erkin tanlash huquqi, ta’lim olish, ijtimoiy muhofaza va boshqa 
huquqlari qonun bilan himoya qilinadi. 
1995-yil 23-fevralda birinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasida Oliy 
Majlisning Inson huquqlari bo’yicha Vakili (Ombudsman) lavozimi ta’sis etildi va bu 
lavozimga Sayyora Rashidova saylandi. Uning maqomi va faoliyat doirasi 1997-yil 
26-aprelda qabul qilingan Oliy Majlisning "Inson huquqlari buyicha vakili 
(Ombudsman) to’g’risida" gi qonun bilan belgilab berildi. Vakil BMTning inson 
huquqlari bo’yicha markazi, EHXTning demokratik institutlar va inson huquqlari 
bo’yicha byurosi bilan yaqin hamkorlikda faoliyat ko’rsatmoqda. 
O’zbekiston 
Respublikasining 
1995-yil 
30-avgustda 
qabul 
qilingan 
"Fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzuvchi harakat va qarorlar ustidan sudga 
shikoyat qilish to’g’risida"gi qonuni Inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga 
xizmat qilmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil oktabr oyida e’lon qilingan 
"Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazini tuzish 
to’g’risida"gi Farmonga binoan inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi 
Milliy markazi tashkil etildi. 
O’zbekistonda foqaro va davlat bir-biriga nisbatan bo’lgan huquqlari va burchlari 
bilan bog’langan. Davlat o’zining foqarolar oldidagi vazifalarini bajarmoqda. 
Fuqarolarning erkinliklari va huquqlarini amalda himoya qilmoqda. Shuningdek, 
fuqarolarning ham davlat oldidagi burchlari, majburiyatlari belgilab qo’yilgan. 
Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning 
huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar. Davlat 
har bir inson zimmasiga tarixiy, ma’naviy va madaniy merosni avaylab asrash, atrof 
tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, soliq va yig’imlarni to’lash 
majburiyatini yuklaydi. Konstitutsiyaning 52-moddasida "O’zbekiston Respublikasini 
himoya qilish-O’zbekiston Respublikasi har bir foqarosining burchidir. Fuqarolar 
qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o’tashga majburdirlar", 
deb belgilab qo’yilgan. 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish