O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/107
Sana07.07.2022
Hajmi1,77 Mb.
#755537
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   107
Bog'liq
O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to

Xalqaro vaziyatning o‘zgarishi. 
XXI asr bo‘sag‘asida jahon taraqqiyotining 
mazmuni tubdan o‘zgardi. Ilgari bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan - SSSR va AQSH 
yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok mavjud edi. 
Dunyoda «sovuq urush» siyosati hukmronlik qilardi. Butun insoniyat yadro urushi 
xavfi ostida yashardi. 
XX asrning 90-yillariga kelib, sotsialistik dunyoning yetakchisi bo‘lgan ulkan 
imperiya - SSSR parokanda bo‘ldi, sotsialistik sistema halokatga uchradi. Varshava 
Shartnomasi bloki tarqalib ketdi. Dunyoda yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. 
Birgina SSSRning parchalanishi natijasida 15 ta mustaqil davlat, jumladan, mustaqil 
O‘zbekiston davlati tashkil etildi. «Sovuq urush» siyosati barham topdi. 
Xalqaro vaziyatda tub o‘zgarishlar sodir bo‘lsa-da, dunyo tinchligiga tahdid 
soluvchi xavf-xatarlar, ziddiyatlar saqlanib qoldi. Bu quyidagi hollarda namoyon 
bo‘lmoqda: 
• Turli darajada rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida ijtimoiy – iqtisodiy notenglik 
va ziddiyatlar yanada o‘sdi. Mamlakatlar o‘rtasida ilmiy-texnikaviy bilimlar, ilg‘or 
texnologiya, erkin sarmoyalarni to‘plash va joylashtirishda hamon tafovutlar katta. 
Dunyoning katta qismida iqtisodi zaif, aholisi qashshoq yashayotgan mamlakatlar 
mavjud. 
• Bir qator mintaqalarda, hatto bir mamlakat fuqarolari o‘rtasida milliy-etnik va 
diniy nizolar kelib chiqib mojarolarga, qonli urushlarga aylanmoqda. Mintaqaviy 
mojarolar tufayli 30 milliondan ortiq odam o‘zi yashaydigan joylarni tashlab, boshqa 
mamlakatlarga qochoq sifatida ketishga majbur bo‘lgan; 
• Umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka terrorizm, ayirmachilik va diniy 
ekstremizm tahdid qilmoqda. Xalqaro terroristlar, dinni siyosiylashtirish natijasida 
vujudga kelgan ekstremistlar, shu jumladan, islom fundamentalistlari odamlar 
o‘rtasida «haqiqiy» va «soxta» dindorlik belgilari bo‘yicha qarama-qarshilik 
chiqarishga, millatlarni parchalashga, islom sivilizatsiyasi bilan boshqa sivilizat-
siyalar o‘rtasida yangi qarama-qarshiliklar, mojarolar keltirib chiqarishga 
urinmoqdalar;
• «Sovuq urush» siyosatiga chek qo‘yilishi natijasida yalpi yadro urushi xavfi 
kamaygan bo‘lsa-da, bu turdagi ommaviy qirg‘in qurollarning ko‘p miqdorda 
saqlanayotganligi, yadro quroliga ega bo‘lgan davlatlar sonining ko‘payib 
borayotganligi dunyo uzra umumiy xavfsizlikka jiddiy tahdid bo‘lib qolmoqda; 


215 
• Jahon miqyosida atrof-muhitning ifloslanayotganligi, nosog‘lom ekologik 
vaziyat, jumladan, Markaziy Osiyoda Orol dengizining qurib borishi bilan bog‘liq 
ekologik tanglik insoniyat boshiga xavf solib turibdi; 
• Tobora kuchayib borayotgan korrupsiya, uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik, 
yashirin qurol oldi-sotdisi insoniyatni tashvishlantirmoqda. 
Bularning barchasi dunyo hali ham ilgarigidek mo‘rt bo‘lib turganligidan 
dalolat beradi. Bizni qurshab tugran olam g‘oyat murakkab va muammoli bo‘lib 
keldi, hozir ham shunday bo‘lib qolmoqda. 
Bugungi kunda butun insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari 
xalqaro munosabatlarga bog‘liq bo‘lib qoldi. Xalqaro maydondagi har bir siyosiy 
tanglik, mojaro barcha mamlakatlar va xalqlar manfaatiga daxldor bo‘lib qoldi. Hatto, 
ayrim olingan mamlakat ichkarisidagi nizoli jarayonlarni, urushlarni bartaraf etish 
ham jahon hamjamiyatining vazifasiga aylandi. 
Davrimizning muhim xususiyati aholi talab-ehtiyojlarining g‘oyat darajada 
o‘sganligi bilan belgilanadi. Alohida olingan bir mamlakat resurslari bilan uning 
aholisi talablari, ehtiyojlarini to‘liq qondirib bo‘lmaydi. Hatto rivojlangan mamlakat 
uchun ham boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik 
qilish obyektiv zaruriyat bo‘lib qoldi. 
Hozirgi dunyoda biron-bir mamlakat, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi 
ham boshqalardan ajralgan hudud emas. Sayyoramiz yaxlit va bo‘linmasdir. Shu bois, 
barcha mamlakatlar, xalqlar bir-biri bilan bog‘langan, o‘zaro aloqadadir. 
O‘zbekiston xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish nuqtayi nazaridan va o‘z 
taraqqiyot istiqbollari jihatidan qulay geografik-strategik imkoniyatlarga ega. 
Qadim zamonlarda Sharq bilan G‘arbni bog‘lab turgan Buyuk ipak yo‘li 
O‘zbekiston hududi orqali o‘tgan. Bu yerda savdo yo‘llari tutashgan, tashqi aloqalar 
hamda turli madaniyatlar tutashib bir- birini boyitgan. Bugungi kunda ham Yevropa 
va Osiyoni bog‘laydigan yo‘llar Markaziy Osiyodan, uning o‘rtasida joylashgan 
O‘zbekistondan o‘tmoqda: 
• Markaziy Osiyoda geografik-siyosiy jihatdan markaziy o‘rin tutgan O‘zbekiston 
ushbu mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, barqarorlikni ta’minlash, 
hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlariga ega. 
• O‘zbekiston Markaziy Osiyoning transport, energetika, suv tizimi markazida 
joylashgan. 
• Aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqada 
yetakchi o‘rinda turadi. 
Tabiiy iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral xomashyo zaxiralari va strategik 
materiallarga ega, dehqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o‘zini 
ta’minlashga qodir. 


216 
• O‘zbekiston sanoatning bazaviy va zamonaviy tarmoqlariga ega, o‘zini neft, gaz, 
rangli metallar bilan ta’minlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga ega. 
• Yurtimizning jahonga mashhur boy ma’naviy merosi bor, shu tufayli insoniyat 
sivilizatsiyasida salmoqli o‘rin egallab, dunyoning ma’naviy va siyosiy jarayonlariga 
ta’sir o‘tkazish salohiyatiga ega. 
O‘zbekistonda qulay imkoniyatlar bilan bir qatorda geografik-siyosiy jihatdan 
qiyinchiliklar tug‘diruvchi omillar ham mavjud. Jumladan: 
• O‘zbekiston Fors ko‘rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Qrim havzasining neft va 
gazga juda boy konlari joylashgan yarim xalqaning strategik markazida joylashgan. 
Shu bois, bu hududda butun dunyoda energiya taqchilligi sharoitida ko‘pgina yirik 
davlatlarning bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari o‘zaro to‘qnashmoqda; 
• 
Yana 
bir 
noqulaylik 
shundan 
iboratki, 
O‘zbekiston 
etnik, 
demokratik, 
iqtisodiy 
va 
boshqa 
muammolar 
yuki 
ostida 
qolgan 
mamlakatlar bilan chegaradoshdir; 
• Sovetlar davrida Markaziy Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda kommunikatsiyalar 
nomaqbul 
ravishda 
shakllantirilgan. 
Janubiy 
yo‘nalishda 
transport 
kommunikatsiyalari amalda rivoj topmagan. O‘zbekiston bevosita dengizga chiqa 
olmaydigan, buning ustiga dengiz bandargohlaridan eng uzoqda joylashgan 
mamlakat. Bir necha davlatlar hududidan o‘tadigan olis yo‘llar, O‘zbekistonning iqti-
sodiy aloqalarini chegaralaydi, yuk tashishni qimmatlashtirib, mahsulotlarning 
raqobatga bardosh berishiga salbiy ta’sir etadi; 
• 
Suv 
resurslarining 
cheklanganligi, 
ekologik 
muammolar, 
Orol 
fojiasi ham mamlakatimiz uchun noqulay omildir. 
Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O‘zbekistonning milliy manfaatlariga 
mos keladigan puxta tashqi siyosiy yo‘lni belgilash, jahon hamjamiyatiga qo‘shilish, 
xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy 
aloqalar o‘rnatish masalalari dolzarb vazifa sifatida ko‘ndalang bo‘lib turardi. Bu 
osongina yechiladigan vazifalar emas edi. Masalaning murakkabligi shundan iborat 
ediki, Ittifoq davrida tashqi siyosat yuritish, tashqi dunyo bilan aloqa qilish, tashqi 
savdoni tashkil etish Moskva, markaziy hokimiyat tomonidan olib borilar edi. 
Respublikalar esa, jumladan, O‘zbekiston ham tashqi dunyodan ajralgan, to‘g‘ridan 
to‘g‘ri aloqa qilolmaydigan yopiq mamlakat edi. Shu bois, davlatimiz tashqi siyosat 
yuritish tajribasiga ham, jahon diplomatiyasini, tashqi iqtisodiy faoliyatni biladigan 
kadrlarga ham ega emas edi. Respublikada bunday kadrlar tayyorlovchi birorta ham 
o‘quv yurti yo‘q edi. Vaziyat zudlik bilan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni 
shakllantirishni talab qilmoqda edi. 
Prezident Islom Karimovning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot 
yo‘li» va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalari nazariy va 
amaliy jihatdan puxta asoslab berildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 


217 
17-moddasida tashqi siyosat qoidalari qonunlashtirildi va u jahondagi ko‘plab 
mamlakatlar bilan hamkorlik jarayonlari ortga qaytmasligining huquqiy kafolati 
bo‘lib xizmat qilmoqda.O‘zbekistonni xalqaro huquq subyekti sifatida belgilaydigan, 
respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan 
qonunlar qabul qilindi. «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy 
prinsiplari to‘g‘risida»gi, «Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining 
kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlar 
hamda normativ hujjatlar ana shular jumlasidandir. Bular faol va keng ko‘lamli 
hamkorlik uchun mustahkam huquqiy kafolat yaratib berdi. 
Tashqi aloqalarni ta’minlaydigan vazirliklar va muassasalar tashkil etildi. 
Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, 
Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalari shular 
jumlasidandir. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, O‘zbekiston Respubli-
kasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi va boshqa 
universitetlarda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi uchun mutaxassis 
kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 
Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo‘li asos qilib olindi. 
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan 
iborat: 
- mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiq- lik, 
umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik
- davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; 
- boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 
- nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish; 
- kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; 
- inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish; 
- ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e’tirof 
etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi; 
- davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash 
maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish; 
- tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; 
- davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, davlat milliy 
manfaatlarining ustunligi; 
- tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama kelishuvlar 
asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan 
uzoqlashmaslik. 
Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo‘lib tushgan 
tinchliksevar tashqi siyosati uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini 
ta’minladi. O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyodagi nufuzli 


218 
davlatlar tan oldi, ularning 130 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnika-
viy va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Toshkentda 45 mamlakatning elchixonasi, 
yigirmaga yaqin xalqaro tashkilot va moliyaviy muassasa vakolatxonalari faoliyat 
ko‘rsatmoqda. Shuningdek, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar huzurida 
O‘zbekistonning 46 diplomatik va konsullik vakolatxonalari ochilgan va faoliyat 
ko‘rsatmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining xohish-irodasi va taklifiga ko‘ra 1992-yil 2-
martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot - Birlashgan Millatlar Tashkilotiga
a’zo bo‘ldi. 1993-yil 24-avgustda Toshkentda BMTning vakolatxonasi ochildi va ish 
boshladi. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 
1993-yilda bo‘lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda 27-sentabrda qilgan 
ma’ruzasi O‘zbekistonni jahonga ko‘hna va yosh, navqiron davlat sifatida namoyon 
etdi. O‘zbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va 
hamkorlik masalalari bo‘yicha BMT ning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini 
chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va 
boshqa masalalar bo‘yicha bir qator takliflar o‘rtaga qo‘yildi. 
O‘zbekiston rahbariyati va BMT rahbarlarining sa’y-harakatlari natijasida 
O‘zbekiston BMTning Xalqaro telekommunikatsiya uyushmasi, Xalqaro taraqqiyot 
assotsiatsiyasi, Qochoqlar ishi bo‘yicha oliy qo‘mitasi, Jahon sog‘liqni saqlash 
tashkiloti, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro atom energiyasi agentligi, 
Aholi joylashish jamg‘armasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat 
taraqqiyoti tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti singari ixtisoslashgan 
muassasalarga a’zo bo‘ldi. 
O‘zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995- yil 15-16-sentabr 
kunlari Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan 
Toshkent kengash-seminari bo‘lib o‘tdi. Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat 
va 6 xalqaro tashkilotdan kelgan muxtor vakillar mintaqa xavfsizligini ta’minlash,
mojarolarning oldini olish, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishning ishonchli 
tizimini barpo etish masalalari yuzasidan o‘z fikrlarini, takliflarini aytdilar. Kengash 
yakunida qabul qilingan Bayonot jahon xalqlarini, xususan, Markaziy Osiyo 
xalqlarini, turli siyosiy kuchlarni mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga, iqtisodiy 
va ekologik hamkorlik tizimlarini barpo etishga chaqirdi. 
O‘zbekistonning BMT bilan hamkorligining yorqin sahifalaridan yana biri 
Markaziy Osiyo mintaqasini yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish masalasida o‘z 
ifodasini topdi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 
48-sessiyasi minbaridan turib so‘zlagan nutqida Markaziy Osiyoni yadro qurolidan 
xoli zonaga aylantirish g‘oyasini ilgari surgan edi. O‘zbekistonning bu tashabbusi 
xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. 


219 
1997-yil 15-16-sentabr kunlari Toshkentda 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish