124
Buxoro amiri faoliyatini Rossiya imperatori agentligi orqali (1886-1917), Xiva xonini
esa Amudaryo bo’limi (1873-1917) boshlig’i orqali nazorat qilib turgan.
Turkiston general-gubernatorligi viloyatlarga,
viloyatlar uyezdlarga, uyezdlar
uchastkalarga bo’lingan. Viloyat harbiy-gubertanorligiga general darajasidagi, uyezd
boshlig’iga polkovnik darajasidagi, uchastka boshlig’iga kapitan darajasidagi zobitlar
tayinlangan. Mazkur ma’muriy tuzulmaning o’zagi uyezd bo’lib, uning boshlig’i
general-gubernator tomonidan tasdiqlangan va katta vakolatga ega bo’lgan. Uyezd
boshlig’i ma’muriy, politsiya, harbiy hokimiyatlarni o’zida birlashtirgan, odamlarga
jarima solish, 7 kungacha hibsda saqlashi mumkin bo’lgan, shu boisdan uni «hokim
to’ra» deb ham atashgan. Uchastka boshliqlari ham odamlarga jarima solish, 3
kungacha hibsda saqlab turishi mumkin bo’lgan.
Qishloqlarni boshqarish uchun uchastka boshlig’iga bo’ysunuvchi bo’lis (volost)
va ovul ma’muriy boshqaruvi joriy etildi. 1-2 ming xonadon yashovchi hudud bo’lis,
1-2 yuz o’tovli hudud ovul deb ataldi. Mahalliy aholi orasidan bo’lis boshqaruvchisi
(oqsoqol yoki mingboshi), qishloq oqsoqollari (yuz boshi,
ellik boshi, o’n boshi)
hamda ovul oqsoqollari, ularning o’rinbosarlari saylanadigan bo’ldi. Ammo bu
mahalliy boshqaruv tizimi Rossiya ma’muriyati qo’lida bo’lgan, nomigagina
saylangan mahalliy aholi vakillari ularning qo’lida qo’g’irchoq bo’lganlar.
Mustamlakachilar Toshkent shahrini Turkiston general-gubernatorligining
ma’muriy markazi etib tanlashdi. Shaharda 80
mingcha aholi yashardi, uning
hududida 270 ta mahalla, 310 ta masjid, 17 ta madrasa, 11 ta hammom, 15 ta do’konli
saroy va boshqa inshootlar bo’lgan. Bosqinchilar Toshkentning sharqiy qismidan joy
tanlab, tanlangan joydagi mahalliy aholini ko’chirib, Rossiyadan kelganlar
yashaydigan uylar, ko’chalar, oromgohlar qurdilar. Shaharning bu qismi Yangi
shahar deb ataldi. Shaharni hokim boshqargan.
Toshkent shahar Dumasi. Toshkent shahrini boshqarish Nizomi ishlab chiqildi va
u 1877-yilda Sankt-Peterburgda tasdiqlangach kuchga kirdi. Nizomga ko’ra Toshkent
shahar Dumasi va boshqarma saylash nazarda tutilgan. Toshkent shahar Dumasi
noiblarining uchdan
ikki qismi yangi shahardan, uchdan bir qismi eski shahar
aholisidan saylanadi, deb belgilangan edi. Ko’chmas mulki miqdoriga qarab,
saylovchilar uch toifaga ajratiladi. Mulk senzi nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda,
ko’chmas mulk qiymatining bir foizi hisobidan 3000, 1000, 500 so’mdan ziyod
ko’chmas mulk egalaridan uch toifali saylovchilar ro’yxati tuziladi.
Yetarli mulkka
ega bo’lmagan ziyolilar, ishchilar, dehqonlar, hunarmandlar saylov huquqidan
mahrum bo’lib qoldilar.
1877-yilda Toshkent shahar hokimi raisligida har bir toifa bo’yicha
saylovchilar
yig’ini bo’lib o’tdi va Dumaga 71 noib (glasniy) saylandi. Dumaga Toshkentning 80
mingdan ortiq aholi yashaydigan eski shahar qismidan, ya’ni tub yerli aholidan atigi
21 nafar noib saylandi, aksariyat ko’pchilik noiblar esa 4000 mingga yaqin kishi
125
yashaydigan
yangi
shahar
qismidan
saylandi.
Bu
holat
boshqaruvning
mustamlakachilik mohiyatini yaqqol ochib beruvchi dalildir.
Toshkent shahar Dumasi farmoyish beruvchi organ bo’lib, uni shahar hokimi -
oqsoqol boshqarardi. Turkiston general-gubernatori tomonidan Duma oqsoqoli
(glava) etib shahar hokimi polkovnik E.P.Pukalov tayinlanadi. Noiblar
orasidan ijro
etuvchi hokimiyat - shahar boshqarmasi (mahkamasi) tuziladi.
Toshkent shahar Dumasi ma’muriy va o’quv binolari, yo’l qurilishi,
obodonlashtirish, suv ta’minoti va boshqa shahar xo’jaligi bilan bog’liq ishlar bilan
shug’ullanardi. Jumladan, 1892-yilda shaharda telefon aloqasining yo’lga qo’yilishi,
1901-yilda ot tortuvchi tramvay yo’li (konka)ning, 1912-yilda elektr toki bilan
yuruvchi tramvay yo’lining barpo etilishi, ko’chalarni
yorituvchi elektr
lampochkalarining o’rnatilishi kabilarni Toshkent shahar Dumasining ijobiy ishlari
qatoriga kiritish mumkin.
O’lkada tashkil etilgan politsiya va sud idoralari ham mustamlakachilik tartibini
mustahkamlashga, mahalliy aholining har qanday norozilik harakatini bo’g’ish va
bostirishga qaratilgan edi. Podshoizmning ma’muriy idora usuli o’lkani iqtisodiy
o’zlashtirish, aholini ma’naviy jihatdan tobelikda saqlash, ruslashtirish siyosati bilan
uyg’unlashtirilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: