O’zbekiston Respulikasi 2021-yilgi xizmat ko’rsatish sohasi makroiqtisodiy ko’rsatkichlari 1.Sarvar Suxanberdiyev 2. Xolnazarov Shuhrat 3. Habibullayev Hasan 4. Otaboyev Islom Loyihalar Reja- 458 Amalda- 493
Talab etilgan mablag’
Jami-10884 mln
Shaxsiy mablag’lar- 7073 mln
Bank kreditlari- 3811 mln
Sarflangan mablag’
Jami-41231
Shaxsiy mablag’lar-19401
Bank kreditlari-21830
Yaratilgan yangi ish o’rinlari Ish o’rni Reja-785 Amalda-1714 Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlatirish dasturi ijrosi Bugungi kun zamon talablaridan kelib chiqib, sohani rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risi”gi hamda “2013-2016 yillarda qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlari qabul qilindi. Xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan dasturlar va chora-tadbirlar natijasida sohaning YAIMdagi ulushi sezilarli darajada o‘sdi. Ushbu ko‘rsatkich 2011 yilda 50,5 % ni tashkil etgan bo‘lsa bugungi kunda 54,5% ni tashkil etishi kutilmoqda. Sohada band bo‘lganlar bugungi kunda jami band aholining 50% dan ortig‘ini tashkil qiladi. Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturining bajarilishi haqida Respublikada 2006-2008 yillarda xizmatlar bozori iste’molchilarning ehtiyojlari ta’sirida hamda 2010 yilga qadar xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturida belgilangan chora-tadbirlarning natijalarida shakllanmoqda. Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 apreldagi PQ-325 sonli qarori bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 21 maydagi PQ-640 sonli qarori bilan xizmatlar sohasini rivojlantirishni yanada jadallashtirishga, aholiga yangi zamonaviy va sifatli xizmatlar ko‘rsatishga, sohani iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirishga, qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etishga qaratilgan qo‘shimcha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlangan. O‘tgan davr davomida xizmatlar Yalpi ichki mahsulotning o‘sish hajmidan yuqori ko‘rsatkichlarda rivojlandi, bu esa sohaning iqtisodiyotdagi ulishini ortib borayotganini va bu dasturda belgilangan chora-tadbirlarning bajarilayotganini bildiradi. Natijada Dasturda belgilangan xizmatlarning respublika Yalpi ichki mahsuloti tarkibidagi ulushi 2006 yildagi 39,9%dan 2008 yilda 44,7% gacha o‘sdi.
Xizmat ko’rsatish va servis sohasida 39,8 mlrd so’m mablag’ sarflash hisobiga 493 ta (107,6%), jumladan, 264 ta savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, 2 ta aloqa va axborotlashtirish, 4 ta kompyuter dasturlashtirish xizmati, 25 ta qishloq xo’jaligi texnikalarini ta’mirlash va texnika xizmati, 136 ta maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, 8 ta moliya xizmati, 20 ta sog’liqni saqlash xizmati, 1 ta turizm xizmati, 1 ta transport xizmati, 1 ta qishloq xo’jaligi sohasidagi xizmati va boshqa 31 ta turdagi xizmatlar ko’rsatish shoxobchalari tashkil etilib, 1541 ta ish o’rinlari yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |