Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kompetensiyasi
A1
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi va qoidalarini biladi;
turli jarohatlanish, shikastlanish, epidemiologik kasalliklarning oldini olish tushunchalariga ega bo‘ladi;
jarohatlanganda, kuyganda, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar, epidemiologik kasalliklar tarqalganda va nurlanishdan shikastlanganlarga, favqulodda vaziyatlarda ruhiy zo‘riqish holatlarida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatadi.
Hayot va turmush odobi (Oilashunoslik)”:
Milliy urf-odatlar, o‘zaro muloqot, oilada ota-ona o‘rni, farzand tarbiyasi va burch tushunchalariga ega bo‘lish kompetensiyasi
A1
Milliy urf-odatlar, marosim va an’analarning shaxsning kamolotidagi o‘rnini, farzandlik burchi va uni ado etishni, ota-onani hurmat qilish, odob-axloq va reproduktiv salomatlik, hayo, ibo tushunchalariga ega bo‘ladi;
muloqot qoidalari, kun tartibini rejalashtirish, etiket me’yorlari va ko‘rkamlik sirlarini, kiyinish odobi va ozodalik, gigiyena qoidalari, uy-ro‘zg‘or yumushlari, kelinlik odobi hamda farzand tarbiyasini biladi.
2-Mavzu: Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanidan yoshlarda mulohaza yuritish, modellashtirish, muammoni hal qilish, ma’lumotlar bilan ishlash amaliy kompetensiyalarni shakllantirish
Do'stlaringiz bilan baham: |