Determinizm nima? Determinizm so'zi sabab va
oqibatning o'zaro birligini ifodalaydi. Bu prinsipga ko'ra
sababsiz oqibat bo'lmaydi. Determinizm prinsipiga ko'ra
psixika taraqqiyoti individning yashash muhiti bilan
belgilanadi, ya'ni muhit o'zgarishi bilan psixika ham o'zgaradi.
Masalan: qishloqda yaxshi dars o'ta olmaydigan qoloq bir
maktabning o'quvchisi bilan shaharda maxsus chuqur ta'lim
beriladigan lisey o'quvchisi tafakkuri o'rtasida farq bo'lishi
tabiiy. Farqning sababi mavjud. Sababi muhit, shart-
sharoitdir.
Agar muhit o'rtasidagi farq qanchalik kam bo'lsa, psixik
xususiyatlarning rivojlanishi va shakllanishida ham farq kam
bo'ladi. Aksincha esa farq katta bo'ladi.
Determinizm prinsipi nima uchun prinsip sifatida qabul
qilingan? Psixologik voqeliklarni tadqiq etishda, ularni
baholashda va rivojlantirishda determinizm prinsipiga amal
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |