PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI
R e j a :
1.
Psixologiya haqida tushuncha.
2.
Psixologiya fanining kelib chiqish tarixi.
3.
Psixologiya prinsiplari.
4.
Sohalari.
5.
Psixologiya tarmoqlari va fanlar tizimidagi o'rni
T a ya n ch s o' z v a i b o r a l a r :
Psixologiya, rux, aks ettirish, psixika, Aristotel, refleks,
emperizm,
sensualizm,
faktlar,
jarayonlar,
individual
xususiyatlar, vazifalar, psixik holatlar. Prinsip, determinizm,
ong, faoliyat, amaliyot, nazariya, soha, ijtimoiy psixologiya,
psixika, tadqiqot, psixik taraqqiyot, ijtimoiy borliq.
Psixologiya lotincha “psyuxe"-ruh, "logos"-fan, ta'Iimot degan so'zlardan
oiingan bo'iib, psixologiya fani inson ruhi haqidagi ta'limotdir. Boshqacha qilib
aytganda psixologiya ruhshunoslik, insonshunoslik haqidagi fandir.
Psixologiya, falsafadek juda qadimiy fanlardandir va
juda boy tarixga egadir.Pisxologiya dastlab falsafa doirasida
faoliyat ko'rsatgan. Psixologiya juda uzoq tarixga ega.
164
Dastlabki
psixologik
tasavvurlar
Qadimgi
Sharq
mamlakatlarida, Xitoy, Hindiston, Misr kabi mamlakatlarda
vujudga kelgan. Psixologik tasavvurlarning vujudga kelishida
odamlar o'rtasida farqlarning mavjud ekanligi, ammo bu
farqlarning sabablari aniq bo'lmaganligi bilan bog'liq.
Kishining psixikasi haqidagi ta'limotni birinchi marta Aristotel (eramizdan
avvalgi 384-322 yillar) «Ruh haqida» degan kitobida bayon qilgan. Shu sababli
Aristotel alohida fan bo'lgan psixologiyaga asos solgan olim yoki psixologiya
fanining «otasi» deb hisoblanadi. U bir qancha asarlar yozib, ularda psixologiya
masalalari bo'yicha o'z qarashlarini bayon qiladi. Aristotel ruh tan bilan uzviy
bog'langan, deb hisoblaydi. «Ruh-deydi u-o'z taiatiga ko'ra hukmron asosdir, tana
esa tobe narsadir». Aristoteldan keyin Demokrit, undan keyin Epikur (342-271
yillar), Rim shoiri va faylasufi Lukresiy Karr (99-95 yillar) psixologiya fanining
rivojlanishiga o'z nazariyalari bilan hissa qo'shdilar. Lukresiy psixik hodisalarning
tanaga bog'liqligini tajribada asoslab berdi.
0’rta asrlardan fransuz tabiatshunos olimi R.Dekart nomini tilga olmaslik
mumkin emas. Chunki bu olimning nomi bilan keyinchalik fiziologiyada va
Psixologiyada ko'p ishlatiladigan refleks tushunchasi bog’liqdir. R.Dekart o'z
zamonasida birinchi marta refleks tushunchasini odam hatti-harakatini
tushintirishda ishlatdi va harakatlarni tashqi muhit ta'siri ostida ro'yobga kelishini
refleks mexanizmi deb tushuntiradi. Lekin R.Dekart odam faoliyatini to'g'ridan-
to'g'ri jonsiz mexanizm, mashina sifatida tasavvur qiladi, odam ruhining bu xatti-
harakatlarga biron bir aloqasi bolishi mumkinligini butkul rad etadi. Ya ni refleks
tushunchasi uning risolalarida juda tor manoda, faqat fizik aks ettirish ma'nosida
qabul qilingan. Lekin shunga qaramay, bizning zamonga kelib, R.Dekart ta'limoti
mexanikligi uchun em'as, balkim materialistic dunyo qarashdan kelib
chiqayotganligi uchun refleks tushunchasi qaytadan tahlil qilingan holda qqabul
qilindi.
Psixologiya fanining rivojlanishida CH.Darvinning evolyusion nazariyasi
nihoyatda katta ahamiyatga ega bo'ldi.
Vilgelm Vund 1879 yili Leypsigda birinchi eksperimental psixologiya
amaliysini tashkil qildi. Oradan ko'p o'tmay, 1881 yili Berlin universiteti qoshida
eksperimental psixologiya instituti tashkil qildi.
XIX asrning oxirida Rossiyada Tokarskiy, Bexterev, Langerlar, 1911
Chelpanov rahbarligida eksperimental psixologiya amaliysi ochildi. XIX asrning
oxirlaridan boshlab, psixologiyaning boshqa sohalri: hayvonlar psixologiyasi,
tarixiy psixologiya, yoshga aloqador kishilar psixologiyasi maydonga keldi.
Eng muhimi-XX asrga kelib, psixologiyaning tatbiqiy sohalari paydo bo'ldiki,
endi qo'lga kiritilgan yutuqlar bevosita ta'lim, tarbiya, sanoat, biznes, marketing
xizmatlari, boshqaruv, sog'liqni saqlash, huquqbuzarlikning oldini olish sohalariga
dadil joriy etila boshladi. XXI asrning birinchi yiliga kelib, psixologiya nazariy,
tahliliy fandan bevosita amaliyotning ehtiyojlarini qondiruvchi tadbiqiy fanga
aylandi.
Biz sobiq sho’rolar davrida tabiatni birlamchi, ruhni ikkilamchi deb o'rgana'r
edik, birinchi o'ringa borliqni, ikkinchi o'ringa tafakkurni qo'yar edik.
Sharq mutafakkirlari ma'naviy hayot jamiyat taraqqiyotini, kishilar faoliyatini
belgilaydi, deb ta'lim beradilar. Shu bilan birga ular ijtimoiy hayot va ijtimoiy ong
o'rtasidagi munosabatlar murakkab ekanligini ta’kidlaydilar, ijtimoiy ong ijtimoiy
165
borliq bilan davlat, huquq, siyosat va boshqa shu kabilar bilan bog'liq ekanligini
uqtiradilar.
Psixologiya fanini rivojlantirish sohasida Sharq mutafakkirlaridan Abu Nasr
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy , Ibn Sino, Abu Homid Muhammad G'azzoliy kabilar
katta hissa qo'shganlar. Mustaqil O'zbekiston Respublikasida milliy psixologiya
fanini rivojlantirish uchun psixolog olimlarimizdan I.P.Ivanov, E.G.G'oziyev,
M.G.Davletshin, V.A.Tokoreva, B.R.Qodirov, G.B.Shoumarov, E.Z.Usmonova,
S.A.Axunjonova, R.l.Sunnatovlar ham munosib hissa qo'shib keldilar va
qo’shmoqdalar.
Har bir fanning o'z predmeti bo'lgani kabi, psixologiya
ham o'z predmetiga ega. Ammo psixologiya o'rganadigan
voqelik boshqa fanlardagidan tubdan farq qiladi. Chunki
uning predmetini ko'z bilan ko'rib, ushlab yoki bevosita
o'lchab bo'lmaydi. Ularni fikr yuritish, tasavvur qilish, his
qilish orqaligina bilib olish mumkin. Psixologiya predmetiga
quyidagi ta'rif berish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |