His-tuyg'ular-kishining o'z hayotida nimalar yuz berayotganiga,
nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg'ul bo'layotganiga
nisbatan o'zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir.
His-tuyg'ularning kechishi sub'yekt alohidla his etayotgan psixik
holat sifatida gavdalanadi. Bunda biron-bir narsani idrok etish va
tushunib yetish, biron-bir narsa to'g'risida bilib ldish idrok etilayotgan,
tushunib olinayotgan, ma'lum yoki noma'lum narsalarga nisbatan
shaxsiy munosabat bilan birlikda ro'y beradi. Ana shu hollarning
barchasida his-tuyg'ularning boshdan kechilishi xususida, kishining
alohida hissiy holati xususida gapiriladi. Shu bilan birga his-
tuyg'ularning kechishi o'z rivojlanishiga ega bo'lgan, joriy va o'zgarib
turadigan psixik jarayondir.
His-tuyg'ular shaxs extiyojlariga javob beradigan narsalarni
aniqlab olishga yordam beradi va ularning qondirilishiga qaratilgan
faoliyatga omil baxsh etadi. Ilmiy kashfiyot qilingan paytdagi quvonchli
kechinmalar olimning izlanuvchanlik faoliyatini rag'batlantiradi, bilish
extiyojini, qondirish jarayonini jadal tarzda saqlaydi. Ehtiyoj namoyon
bo'lishining alohida shakli sifatidagi qiziqish doimo yorqin hissiy tusga
ega bo'ladi.
Kishi uchun sub'yektiv hisoblangan his-tuyg'ular uning
ehtiyojlari qondirilishi jarayoni qanday kechayotganligining belgisi
sifatida namoyon bo'ladi. Munosabat va faoliyat jarayonida paydo
bo'lgan ijobiy hissiy holatlar (zavqlanish, mamnunlik va shu kabilar)
ehtiyojlarni
qondirish
jarayonining
xush
keladigan
tarzda
kechganligidan dalolat beradi. Ehtiyojlarning qondirilmasdan qolishi
salbiy hissiy kechinmalarga (uyalish, o'kinish, hasrat va shu kabilarga)
olib keladi. Barcha psixik jarayonlar kabi emosional holatlar, ularning
kechishi ham miya faoliyatining natijasi hisoblanadi. Emosiyalarning
paydo bo'lishi tashqi olamda ro'y beradigan o'zgarishlardan
boshlanadi. Bu o'zgarishlar kishi hayoti va faoliyatining jonlanishiga
yoki pasayishiga, bir xil ehtiyojlarning paydo bo'lishiga yoki
233
boshqalarning yo'qolishiga, kishi organizmi ichida yuz beradigan
jarayonlardgi o'zgarishlarga olib boradi.
Kishining tevarak-atrofida va uning o'zida yuz berayotgan
o'zgarishlar kishi uchun qanchalik katta ahamiyatga ega bo'lsa, his-
tuyg'u kechinmalari ham shu qadar chuqur bo'ladi. Shunga ko'ra ro'y
beradigan muvaqqat bog'lanishlar sistemasining jiddiy qayta qurilishi
katta yarim sharlar qobig'i bo'ylab tarqalgan holda qobiq osti
markazlariga ta'sir qiladigan qo'zg'alish jarayonlarini yuzaga keltiradi.
Miyaning katta yarim sharlar qobig'ining pastroqdagi bo'lmalarida
organizm fiziologik faoliyatining har xil markazlari: nafas olish, yurak-
qon tomirlari, ovqatni hazm qilish, ichik sekresiya bezlarini ishlatish va
boshqa markazlar joylashgandir. Shuning uchun qobiq osti
markazlarining qo'zg'atilishi bir qancha a'zolar faoliyatining kuchayib
ketishiga olib keladi. Shu boisdan ham his-tuyg'ularning kechirilishi
nafas olish maromining (kishi hayajonlanganidan bir lahza nafasi
chiqmay qoladi, og'ir va o'xti-o'xtin nafas oladi) va yurak ish
faoliyatining o'zgarishi (yurak urishdan to'xtab qoladi yoki tez-tez ura
boshlaydi) bir vaqtda sodir bo'ladi, organizmning ayrim qismlariga qon
kelishi o'zgarib (uyalganidan rangi qizarib, qo'rqqanidan oqarib ketadi),
sekresiya bezlarining ishi buziladi (g'am-g'ussa ko'z yoshi to'kilishiga
sababchi bo'lsa, hayajonlanib ketganda og'iz quriydi, qo'rqqanida
badandan «sovuq» ter chiqadi va hoqazo. Tananing ichki a'zolarida yuz
beradigan jarayonlarning qayd qilinishi va kishining o'zi tomonidan
kuzatib borilishi nisbatan oson. Shu sababdan ham qadimgi
zamonlardan buyon ularni ko'p hollarda his-tuyg'ularning sababchisi
deb hisoblab kelingan. Xalq orasida haliga qadar ham «yuragim sezib
turibdi», «yuragim g'ash» va shu kabi iboralar saqlanib qolgandir.
His-tuyg'ular ba'zan har qanday psixik jarayonning faqat ёqimli,
ёqimsiz yoki aralash asorati tarzida boshdan kechiriladi.
Ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligi kishida turli xil
shaklni kasb etadigan o'ziga xos kechinmalarni: emosiyalarni, affektlar
(hissiy bo'ronlar)ni, kayfiyatlarni, kuchli hayajonlanish (stress)
holatlarini va xususan his-tuyg'ular (tor ma'nodagi so'z bilan
aytganda)ni hosil qiladi.
«Hissiyot» («emosiya») va «his-tuyg'u» degan so'zlar ko'pincha
sinonimlar sifatida qo'llaniladi. Torroq ma'noda olganda, hissiyot bu
qandaydir bir oz doimiyroq his-tuyg'ularning bevosita va vaqtincha
boshdan kechirilishidan iboratdir. «Emosiya» so'zini o'zbek tiliga aniq
tarjima qilinganda u ruhiy hayajonlanish, ruhiy harakatlanish degan
ma'noni anglatadi. Hissiyot deb, masalan, kishining musiqaviy asarga
nisbatan o'rnashib qolgan xususiyati sifatidagi muhabbat tuyg'usining
o'zini emas, balki konsert paytida yaxshi musiqiy asarni eshitayotib,
boshidan kechirgan lazzatlanish, zavqlanish holatiga aytiladi.
234
Kishini tez chulg'ab oladigan va shiddat bilan o'tib ketadigan
jarayonlar affektlar (hissiy portlashlar) deb ataladi. Ular ongning
anchagina darajada o'zgarganligi, hatti-harakatlarni nazorat qilishning
buzilganligi, odamning o'zingi-o'zi idrok qila olmasligi, shuningdek
uning butun hayoti va faoliyati o'zgarib qolganligi bilan ajralib turadi.
Affektlar birdaniga katta kuch sarf qilinishiga sabab bo'lagni uchun
ham qisqa muddatli bo'ladi: ular his-tuyg'ularning bamisoli birdan lov
etib yonib ketishiga portlashiga, bir zumda hamma ёqni to's-to'polon
qilgan shamolga o'xshaydi. Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy
hayajonlanishni ifoda etsa, u holda affekt bo'rondir.
Kayfiyatlar ancha vaqt davomida kishining butun hatti-
harakatiga tus berib turadigan umumiy hissiy holatini ifoda etadi.
Kayfiyat shodu xurramlik yoki qayg'uli, tetiklik yoki lanjlik, hayajonli
yokima'yuslik, jiddiy yoki yengiltaklik, jizzakilik yoki muloyimlik va
hokazo tarzda bo'ladi. Kayfiyati yomon kishi o'rtog'ining xaziliga yoki
tanbehiga kayfiyati chog' vaqtidagiga qaraganda tamomila boshqacha
munosabat bildiradi.
Psixologik ta'rifiga ko`ra affеktiv holatga yaqin turadigan, lеkin
boshdan kеchirishining davomiyligiga ko`ra kayfiyatlarga yaqin bo`lgan
his-tuyg`ular boshdan kеchirilishning alohida shaqli kuchli
hayajonlanish (strеss) holati (inglizcha stress - tazyiq ko`rsatish,
zo`riqish dеgan so`zdan olingan)dan, yoxud hissiy zo`riqishdan
iboratdir. Hissiy zo`riqish xavf-xatar tug`ilgan, kishi xafa bo`lgan,
uyalgan, tahlika ostida qolib kеtgan va shu kabi vaziyatlarda ro`y
bеradi.
Strеss kishining o`ta faol yoki o`ta sust harakatida ifodalanadi.
Hissiy zo`riqish holatida individning hatti-harakati kishi nеrv
tizimining tipiga, nеrv jarayonlarining kuchliligi yoki ojizligiga jiddiy
ravishda bog`liqdir. (Masalan, imtihon oldidagi holat).
His-tuyg`ularning hissiyot (emotsiyalar), kayfiyatlar, kuchli
hayajonlanish tarzida boshdan kеchirilishi chog`ida ma'lum darajada
sеziladigan tash qi bеlgilariga ham ega bo`ladi. Yuzning ifodali
harakatlari (mimika), qo`l va gavdaning ma'noli harakatlari, turqi-
tarovat, ohang, ko`z qorachigining kеngayishi yoki torayishi kabilar
shular jumlasiga kiradi. Kishi o`zining qahr-g`azabini tеvarak
atrofdagilarga qo`llarini musht qilishi, ko`zlarini chimirib qarash, do`q-
po`pisali ohang bilan namoyish qiladi.
Asosiy hissiy holatlar quyidagilar (K.Izard klassifikatsiyasi
bo`yicha):
qiziqish malaka va ko`nikmalar rivojiga, bilim egallashiga moyillik
tug`diradigan ijobiy hissiy holat.
quvonch- to`la qondirilishi mumkin bo`lmagan, har holda
qondirilishi noaniq dolzarb bo`lgan ehtiyojni qondirilishi mumkinligi
bilan bog`liq ijobiy hissiy holat.
235
Do'stlaringiz bilan baham: |