Shirinsuxanlik ham katta san‘at.
Shirin so‗z bilan kishining ishonchi va
qalbini egallash mumkin. Unda yuz ifodasi tilning ko‗rki hisoblanadi. Muomala
madaniyatida so‗z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi. Til shunday kuchga egaki,
suyaksiz bo‗lsa ham ―suyakka tegishi‖mumkin.
Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo‗yishni,
an‘anaviy axloqiy me‘yoriy talablarini bajarishni taqazo etadi. Shuning barobarida, u
insondagi yaxshi jihatlarni namoyon yetishi, ko‗zga ko‗rsatishi bilan ham ajralib
turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo‗lishi so‗z, nutq
vositasida ro‗y beradi. So‗zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati –
muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois, muomala odobi o‗zini, eng
avvalo, shirinsuxanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, xushfe‘llilik singari axloqiy
me‘yorlarda namoyon qiladi. Muomala odobining yana biri bu –
insoniy
15
Фрейд З. Остроумие и его отношение к бессознательному.
Минск. Попурри , 1999.-.5 с.
46
nigoh
.
Ma‘lumki, odamning nigohida, yuz ifodasida, qo‗l harakatlarida uning qay
sabablardandir tilga chiqmagan, so‗zga aylanmagan hissiyoti, talablari o‗z aksini
topadi. Chunonchi, suhbatdoshining gapini oxirigacha eshitmay, qo‗l siltab kyetishi
yoki fikrini bo‗lib, qo‗pol muomalada bo‗lishi madaniyatsizlikni anglatadi.
Suhbatdoshni fikrini noto‗g‗ri deb bilgan taqdirda ham tarbiyali va kamtar inson
“Menimcha adashdingiz?” “Uzr, men boshqa fikrdaman”, “Kechirasiz, men sizning
fikringizga qo„shilmayman”
degan tushunchalar bilan murojaat qiladi. Hech qachon
“umuman noto„g„ri”, “bu to„g„rida hech narsani tushunmaysiz”, “ bu narsani yosh
bola ham biladi”
degan tushunchalarni ishlatish mumkin emas.
Gapirayotgan insonni fikrini bo‗lib,
“Bo„lishi mumkin emas”, “O„zingiz
ishonasizmi?
”
tarzidagi tushunchalar bilan chalg‗itish ham odobsizlik sanaladi.
Xushmuomalalik
va
xushfe‘llilikning
mug‗ombirlikdan
va
qalbaki
tortinchoqlikdan kelib chiqmasligi, samimiy, tabiiy va beg‗araz, har qanday
mug‗ombirlik va soxta tortinchoqlikdan xoli bo‗lishi kerak.
Hamma davrlarda suhbat, muloqot inson muomalasining asosini tashkil qilgan.
Suhbat – bu insonlar o‗rtasidagi fikrlar almanishuvi bo‗lib, u aqllilik va chiroyli
so‗zlashdan ibora bo‗la olmaydi. Ba‘zi insonlar qanday qilib gap boshlashni
bilishmaydi, gapirganda o‗zlarini yo‗qotib qo‗yadilar. Juda ko‗p keraksiz so‗zlarni,
ishlatadilar. Bugungi kunda ba‘zi yoshlarimiz nutqidan mamnun emasmiz. Chunki
ularning nutqi umuman yo‗q hisob, gaplari faqat jargon va xunuk so‗zlardan iborat.
Agar suhbatdoshingizning nutqi jargon so‗zlar bilan to‗lib, toshgan bo‗lsa, o‗zi
qiynalib poyma-poy gapirsa, talaffuzi yaxshi bo‗lmasa, ohangi quloqqa yoqmasa, eng
mazmundor suhbat ham o‗z qimmatini yo‗qotadi. Hamma vaqt aniq-ravshan,
hovliqmasdan, muloyimlik va mayin ovoz bilan gapirishga harakat qilish kerak.
Hovliqib aytilgan so‗zni tushunish qiyin bo‗ladi, juda cho‗zib, sekin gapirish esa
kishining sabr-kosasini to‗lib toshiradi. Talaffuz etilgan har bir so‗z, bo‗g‗in va ohang
aniq va ravshan jaranglashi lozim. Juda nozlanib gapirish ham xunuk odat.
O‗z ona tilini hurmat qilgan inson uni buzilishiga yo‗l qo‗ymaydi. Horijiy
so‗zlarning aniq ma‘nosini bilgan va ularni to‗g‗ri talaffuz eta oladigan kishi, zarurat
bo‗lsa, ularni o‗z nutqida ishlatishi mumkin.
Ovoz, ohang
.
Suhbatning tavsifini belgilab berish uchun so‗z boyligi va so‗zning
grammatik qurilishi etarli emas, bu erda gaplashish ohangi va intonatsiya muhim rol
o‗ynaydi. So‗zlashish ohangi iroda va emotsional ta‘sirni, hissiyotni aks ettiradi.
So‗zlashish ohangidan hatto kishining kayfiyatini bilish mumkin. Ohang ma‘lum
darajada kishining xulqini ham aks ettiradi. Yani suhbatdoshimizning tarbiyali yoki
tarbiyasizligini ko‗rsatadi. Yurish-turish vaziyatlari qanchalik ahamiyatga ega bo‗lsa,
so‗zlashish ohangi ham shunchalik ahamiyatga ega.
Bitta so‗z yoki iboraning o‗zi qanday qanday ohangda aytilganligiga qarab bizga
har xil ta‘sir yetishi mumkin. Ko‗pincha aytilgan so‗z emas, balki haqoratomuz
47
ohang kishini ranjitadi. Ohangizning chiroyligi yoki ingichkaligi bilan siz bevosita
atrofdagilarda og‗ir yoki yengil kayfiyat uyg‗otasiz. Ifodalanayotgan so‗zlarning
ma‘nosi
umuman
tinglovchilarga
hech
qanday
ta‘sir
bermaydi.
U
suhbatdoshingizning javob berish imkoniyatini yaxshilash darjasida bo‗lsa bas.
Haqiqiy ma‘lumot so‗z ohangizdadir. Asosiy xavf shundaki na siz va na sizning
suhbatdoshingiz nishonga teguvchi bu bevosita ifodalanuvchi ma‘lumotni onglangan
tarzda ham onglanmagan tarzda ham tahlil qila olmaysiz. Har bir zamonaviy inson
o‗z ohangini o‗zgartirish imkoniga ega. Avvalambor, haqqoniy eslashga harakat
qiladigan bo‗lsangiz, qachondir siz o‗z ohangizga nisbatan maqtovlar eshitganmisiz
yo‗qmi buni bilib olasiz. Agar ohangizning yaxshiligiga ishonchingiz komil bo‗lsa,
unda ovozingizni tasmaga yozib olib, uni eshitib ko‗ring. Birinchi eshitishdayoq
ko‗pchilik o‗z ohangini hayrat bilan tanib qolishadi.
Yoqimli ohang – bunda biz ayollarni nazarda tutyapmiz – odatda nafis ohangdir,
baland ham, past ham, tez ham sekin ham emas. Agar sizning ovozingiz boshqalarga
yoqmasa, hayotingizdagi tutgan o‗rningizga ohangni mos kelmaganidan bo‗lishi
mumkin. Ehtimol, siz gaplashayotganda charcharsiz. Boshqa nutqdagi qusurlar ham
to‗g‗irlansa bo‗ladi. Ammo chiroyli nutq uchun faqat ohangning nafisligi etmaydi.
Dunyoqarashning boyligi nutqni yanada go‗zallashtiradi. Zero, quruq so‗zlardan
iborat chiroyli nutq odamlarda sizga nisbatan bo‗lgan kinoyani uyg‗otadi.
Buyuk mavlono Jaloliddin Rumiy
«Ichindagi ichindadir»
nomli asarida «So‗z –
idrok qilishda so‗zga muhtoj bo‗lganlar uchundir. So‗zsiz idrok etganning so‗zga
qanday ehtiyoji qoladi? Idrok eta bilgani uchun ko‗klarning, erning hammasi so‗zdir.
Hafif bir sasni eshitganga baqirib-chaqirishning nima hojati bor? Dunyo ham
Qur‘ondagi «Bo‗l» (Uning amri bo‗l demak edi edi. U hamon bo‗ldi) so‗zidan bino
bo‗lgandir»
16
, -
degan fikrni bildirib ketadi. Shunday ekan, so‗zlarni mazmun bilan
boyitish ham muhimdir. Chiroyli nutq egasi o‗z nutqi bilan bir necha marotabagina
odamlarni o‗ziga jalb qilishi mumkin. Lekin mazmunsiz chiroyli so‗zlar odamlarni
me‘dasiga tegadi. Ish, martaba, kechinmalar va kayfiyatning yomonligi, betoblik
atrofdagilar bilan qo‗pol muomalada bo‗lish huquqini bermaydi. Hatto buyruqni ham
muloyimlik, bosiq ohang bilan va shu qatori bir vaqtda ishga doir qat‘iyyatlik bilan
berish mumkin.Buyruq ohangidan faqat bajarilishi shart va majbur bo‗lgan soxalarda
ya‘ni harbiylar foydalanishi mumkin.
16
JaloliddinRumiy. Ichindagiichindadir. Yangi asr avlodi, - Toshkent, 2003. - 29 b.
48
Do'stlaringiz bilan baham: |