Futbol, seriallar,
qo„shiqlar, teleko„rsatuvlar v.x.k
. Hech qachon oilaviy muammolar, shaxsiy
hayotdagi kelishmovchiliklar, o‗zi tushunmagan va ma‘lumotga ega bo‗lmagan tor
mutaxassislikka oid mavzular haqida gaplashish nojoiz.
42
Barcha xursand holatda suhbatlashayotgan vaqtda, kayfiyatni tushuruvchi,
qo‗rqinchli voqealar, ko‗ngilsiz holatlar haqida gapirish boshqalarni kayfiyatini
tushirib yuboradi.
Bemorni ko‗rgani borganda o‗lim haqida, uning kasal tarixi, mayda-chuyda
jihatlari haqida gapirish yaxshi emas. Uning o‗rniga yolg‗on bo‗lsa ham ko‗rinishini
yaxshiligi, albatta, yaxshi bo‗lib kyetishi mumkinligi haqida suhbat qurish lozim.
Dasturxon atrofida ishtahani bo‗g‗uvchi mavzular haqida gapirilmaydi.
Ovqatni yomonlash, kamchilik axtarish yomon odat. Aksincha, uni tayyorlagan
insonni ko‗nglini ko‗tarish lozim.
Tarbiyali va madaniyatli inson tanishi haqida umumiy fikr bildirayotganda
yolg‗on ishlatmaydi, uni g‗iybat qilmaydi. Bir inson haqida (hatto u yomon inson
bo‗lganda ham) fikr bildirayotgan paytda to‗satdan kirib qolgan mavzu
«qahramoniga», ko‗pchilik ta‘sirida miyg‗ida kulib, sinchkov nigoh bilan piching
hamda qochiriqlar qilish ba‘zida betga aytilgan haqiqatdan ham kuchliroq dilga ozor
beradi.
Suhbatlashish jarayoni nafaqat suhbatlashish balki, tinglash holatiga ham
bog‗liq. Tinglash faqat eshitib o‗tirishi kerak degani emas. Yaxshi suhbatdosh
hamsuhbat fikrini mantiqiy tugatgandan so‗ng, o‗z fikrini to‗liq bayon qilib beruvchi
insonga aytiladi. Juda ham kerak bo‗lib qolgan vaqtda uzr so‗rab, M:
Kechirasiz,
menimcha shu fikringiz...., yoki Fikringizni bo„lganim uchun uzr so„rayman,
menimcha...
degantushunchalarni
qo‗llagan
ma‘qul.
Bu
vaqtda
ushbu
tushunchalarning egasi suhbatdoshiga so‗zlashga imkoniyat berishi lozim. Bunda
dunyoqarash ham katta ahamiyat kasb etadi. Insonning dunyoqarashi haqida gap
ketganda, albatta yoshlar bilan kattalar o‗rtasida tushunmovchiliklar bo‗ladi. Shunday
paytlarda yoshlar o‗zlarini fikrlarini yoqlamasdan xo‗p deb, mavzuni boshqa yoqqa
burib yuborishlari kattalarni dilini og‗ritib qo‗yishdan asraydi.
Muomalada gapning ohangi har–xil bo‗lishi mumkin bular: takabburlik bilan,
sovuq, o‗ziga qaratgan holda, achchiq-tirziq tarzdagi ohanglar. Bir xil ya‘ni
monotonli gapirish ham boshqalar nazdida zerikarli bo‗lib, qiziqarli ma‘lumotni ham
xazm qilish qiyin bo‗ladi.
Muomala madaniyatining yana asosiy tavsifnomasi shundan iboratki, bu
insonning manerasi, ya‘ni hatti–harakatining ohang bilan uyg‗unligi. Bularga
qomatni turishi, qo‗l harakati, yuzdagi imolalar kirib ketadi.
Hayotimizni ko‗p qismini bizga notanish bo‗lgan odamlar bilan birga – ko‗cha-
kuy, transport, turli xil jamoat joylarida o‗tkazamiz. Nafaqat o‗zimizning
kayfiyatimiz, balki atrofimizdagi odamlarning kayfiyati ham jamoatda o‗zimizni
qanday tutishimizga bog‗liqdir. Uydan ko‗chaga chiqayotganingizda kerakli bo‗lgan
narsalarni: hujjatlar, dastro‗molcha, pul solingan karmon, taroq va boshqa zarur
bo‗lgan mayda-chuyda narsalarni o‗zingiz bilan olganingizga ishonch hosil
43
qilishingiz ma‘qul. Kiyim bosh, oyoq kiyim, soch turmagi, xullas, boshdan-oyoq
o‗zimizga razm solib, so‗ng tashqariga chiqishimiz kayfiyatni ko‗tarib, uyda
tashqarida o‗zimizga bo‗lgan ishonchni yanada kuchaytiradi. Ko‗chada o‗zini
tutishning eng asosiy qoidasi – bu atrofdagilarning o‗zini noqulay va noxush
sezishiga sabab bo‗lmasligidir.
Davrada erkak kishi ayol kishi bilan yumshoq munosabatda bo‗lishi shart,
ammo oshirib yubormasligi lozim. Haddan ziyod mulozamatlarga vaqtliroq va
bosiqroq javob bermoq lozim. Bunday vaziyatlarda
Do'stlaringiz bilan baham: |